Jamiyat

Adliya vazirligi: avtomobilda quloqchin va garnituralarsiz telefonda gaplasha olmaysiz

Voditel za rulem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Ijtimoiy tarmoqlarda “endi mashina boshqarayotganda ham telefondan foydalanish mumkin” kabi xabarlar tarqalmoqda.
TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Adliya vazirligi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan haydovchilarga avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish imkonini beruvchi oʻzgartirish boʻyicha tushuntirish berdi.
1 dekabrdan kuchga kirgan oʻzgarishlarga koʻra, haydovchilarga avtomobni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishga ruxsat berildi.
Vazirligi xabarida yozilishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali "endi mashina boshqarayotganda ham telefondan foydalanish mumkin" yoki "rulda boʻlgan holda telefonda gaplashishga ruxsat berildi" va shunga oʻxshash xabarlar tarqalmoqda.
“Agarda haydovchilar rulda boʻlgan vaqtida telefondan “bluetooth”siz, quloqchinsiz va boshqa qoʻlni band qilmaydigan garnituralarsiz foydalansa javobgar boʻladi. Shuni unutmaslik lozim”, - deyilgan xabarda.
Voditel za rulem avto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Jamiyat
Haydovchilarga quloqchin orqali telefondan foydalanishga ruxsat berildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala