Iqtisod

Oʻzbekiston YEOII kuzatuvchi-davlat maqomidan keng foydalanmoqda - Mishustin

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Fotobankka oʻtishPredsedatel pravitelstva RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote II Yevraziyskogo kongressa
Predsedatel pravitelstva RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote II Yevraziyskogo kongressa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Mishustin YEOII bilan hamkorlik qilishdan Oʻzbekiston uchun foydani baholadi.
TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ning aʼzolari va sheriklari uchun salohiyatni baholadi.
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinyal uchastiye v rabote sovmestnoy komissii Rossii i Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Siyosat
Aripov va Mishustin Oʻzbekiston va YEOII oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
YEOII xalqaro maydonda oʻz nufuzini faol oshirmoqda. Tashkilot hamkorlarga taklif qiladigan narsasi bor. Iqtisodiy birlashmaning umumiy salohiyati keng koʻlamli masalalarni muhokama qilish imkonini beradi, - dedi bosh vazir.
“Vyetnam, Eron, Singapur, Serbiya bilan oltita erkin savdo toʻgʻrisida kelishuvimiz va Xitoy bilan ikkita shartnomamiz bor”, - dedi Mishustin II Yevroosiyo kongressida.
Ayni vaqtda Misr, Isroil va Hindiston bilan savdoni erkinlashtirish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Mishustin YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini olgan Oʻzbekiston haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
“Oʻzbekiston va Kuba kuzatuvchi-davlat maqomlaridan keng foydalanmoqda. Ular Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan oʻzaro hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirdi va savdo-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar oldi”, - deb qoʻshimcha qildi Rossiya bosh vaziri.
Bularning barchasi YEOIIga oʻsish va rivojlanish uchun qoʻshimcha istiqbollarni beradi.
Flagi stran YEAES. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Iqtisod
YEOII yetakchilari yigʻilishi 10 dekabrda oʻtkazilishi mumkin
Bosh vazir yil yakunlari haqida gapirar ekan, ittifoq uchun yil yaxshi koʻrsatkichlar bilan yakunlanayotganini alohida taʼkidladi.
"”Beshlik” davlatlar koronavirus tarqalishi oqibatlarini yengib oʻtmoqda. Biz yilni pandemiyadan oldingi darajadan oshgan yaxshi koʻrsatkichlar bilan yakunlamoqdamiz. Yevroosiyo taraqqiyot banki hisob-kitobiga koʻra, joriy yilda YEOII yalpi ichki mahsuloti 4 foizga oʻsadi”, - dedi Mishustin.
Uning soʻzlariga koʻra, integratsiya jarayonlarida erishilgan tempni saqlab qolish va yangi muvaffaqiyatlarga erishish uchun muvofiqlashtirilgan harakatlar zarur.
"Tovarlar, xizmatlar, investitsiyalar va ishchi kuchi harakati yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish orqali biz turli sohalarda qoʻshma tashabbuslar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqdamiz", - deb taʼkidladi Mishustin.
Ayni vaqtda YEOII aʼzolari - Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Armaniston. Kuzatuvchi-davlatlar – Oʻzbekiston, Moldova, Kuba.
Oʻzbekiston barcha ochiq tadbirlarda va muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega, bu esa bu ittifoqqa keyingi integratsiya toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala