Jamiyat

Poraxoʻrlik maksimal muddatni 20 yilgacha oshirish taklif qilinmoqda

Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Oʻzbekistonda korruptsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralari keskin kuchaytirilishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Korruptsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi. Bu haqda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov oʻzining telegram kanalida maʼlum qildi.
Jinoyat kodeksi loyihasida “korruptsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga aniq taʼrif berilmoqda va 15 turdagi jinoyatlar bu toifaga kiritilmoqda. Muhim oʻzgarish sifatida korruptsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirilmoqda.
Endi oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish yoki firibgarlik jinoyatlarini mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish qilmishlari uchun 10 yilgacha (ilgari 5 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilmoqda.
Shuningdek, pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
“Eng asosiysi, poraxoʻrlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi va jazo yengilrogʻi bilan almashtirilmasligi va boshqa qator dolzarb oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda”, - deya yozgan Burhonov.
Vzyatka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.11.2021
Jamiyat
Davlat korruptsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlarini himoya qiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala