Jamiyat

Qurilish sohasiga sarflangan har bir soʻm egasigacha toʻliq yetib borishi zarur – prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveщaniye po razvitiyu turizma na Aydarkule
Shavkat Mirziyoyev provel soveщaniye po razvitiyu turizma na Aydarkule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Kelgusi yildan qurilishlarda korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yangi tizim yaratiladi.
TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Qurilish sohasiga sarflangan har bir soʻm egasigacha toʻliq yetib borishi zarur. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.
Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka tizimida hali oʻz yechimini topmagan koʻplab masalalar koʻrsatib oʻtdi. Masalan, ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kam. Bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul boʻlgani uchun qiymati 255 milliard soʻmlik 950 ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi.
Ipoteka uchun byudjetdan ajratilgan 1,1 trillion soʻm subsidiyadan 220 milliard soʻmi ishlatilgan, xolos. Respublika boʻyicha 36 mingdan ziyod ijobiy xulosasi bor oilalarga 900 milliard soʻmdan ziyod subsidiyalar toʻlanmay turibdi.
Bundan tashqari, aholi tomonidan talab yuqori boʻlgan oʻrta meʼyordagi uylar boʻyicha quruvchilar bozorga yetarli taklif chiqarmayapti. Viloyat hokimlari va ularning qurilish boʻyicha oʻrinbosarlari uy-joy qurilishi uchun pudratchi tanlashda 2-3 ta tashkilot bilan cheklanmoqda.
“Qurilish sohasiga sarflangan har bir soʻm egasigacha toʻliq yetib borishi zarur” – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Kelgusi yildan qurilishlarda korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yangi tizim yaratiladi.
Bosh prokuror oʻrinbosari boshchiligida respublika shtabi va viloyat shtablari tuziladi.
Ular qurilish narxlarini asossiz oshirish, raqobatni buzish, tasdiqlangan loyihalarni oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish, tanish-bilishchilikka yoʻl qoʻymaslik ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatadi.
Shavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Jamiyat
Prezident: “Yangi Oʻzbekiston” massivlari barpo etiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala