Dunyoda

“Sputnik Layt” va burunga sepiladigan vaktsinani bir vaqtning oʻzida olish mumkinmi

© Sputnik / Pavel LisitsыnVaktsina "Sputnik Layt"
Vaktsina Sputnik Layt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Gamaleya markazi direktori Aleksandr Gintsburg “Sputnik Layt” va burunga sepiladigan vaktsinani birgalikda qoʻllashni baholadi.
TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Koronavirusga qarshi “Sputnik Layt” va burunga sepiladigan vaktsina bilan bir vaqtning oʻzida emlanish mumkin. Bu haqda N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Gintsburg maʼlum qildi.
“Buning organizm uchun zarari yoʻq”, - dedi Gintsburg. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Oktyabr oʻrtalarida Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi burunga sepiladigan sprey koʻrinishidagi SPRAY 08-Gam-KOVID-Vak-2021 vaktsinasining klinik sinovlarini oʻtkazishga ruxsat bergan edi. Gamaleya markazi direktori Aleksandr Gintsburg bu vaktsinaning hech qanday nojoʻya taʼsirlari qayd etilmaganini maʼlum qildi.
Noyabr oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvaliga “Sputnik Layt”, bir necha kun oʻtib esa burunga sepiladigan vaktsina bilan qayta emlandi.
 Vaktsina Sputnik Layt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Jamiyat
Toshkent viloyatida “Sputnik Layt” vaktsinasidan buster doza sifatida foydalanilmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala