Migratsiya

YEOIIda migrantlar qanday muammolarga duch kelmoqda?

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Fotobankka oʻtishRabochiy na stroyke
Rabochiy na stroyke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
YEIK vakili YEOIIda migrantlar duch kelayotgan muammoli masalalar maʼlum qildi.
TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (YEIK) Mehnat migratsiyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti rahbari Oltinay Omurbekova Moskva vitse-meri Andrey Bochkarevning Moskva hukumati kelajakda xorijiy ishchi kuchidan voz kechish niyati borligi haqidagi bayonoti yuzasidan izoh berdi.
Rabochiy na stroitelnoy ploщadke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston YEOIIga aʼzo boʻlsa, migrantlar qanday imtiyozlarga ega boʻladi – roʻyxat
“Balki vitse-mer qurilishni texnologiyalar va avtomatlashtirishni joriy etish natijasida ishchilar soni qisqarishini nazarda tutgandir”, - deb taklif qildi Oltinay Omurbekova.
Oʻz navbatida, u Mehnat migratsiyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti YEOII mamlakatlarida yagona mehnat bozorini yaratishga, ishchilarni tashkillashtirilgan tartibda jalb qilishga maksimal darajada hissa qoʻshadi va ularning mamlakatlarda boʻlishlari uchun qulay sharoit yaratishga yordam beradi.
2020 yildagi cheklov choralariga qaramay, bugungi kunda mehnat migratsiyasi oqimi nafaqat tiklandi, balki oʻsdi: 2020 yildagi koʻrsatkichlardan 3 baravar oshdi. Hattoki, pandemiyadan oldingi davr bilan solishtirganda ham u ikki baravar faolroq boʻldi, dedi Oltinay Omurbekova.
Djamshid Kuchkarov na Vtorom Yevraziyskom kongresse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va YEOII: Qoʻchqorov hamkorlikning eng ustuvor yoʻnalishlari haqida
Bundan tashqari, 29 dekabr kuni "Chet el fuqarolari toʻgʻrisida"gi Rossiya qonuniga yangi tuzatishlar kuchga kiradi. Endi migrantlar Rossiyaga kirgan kundan boshlab 30 kun ichida toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishi, jumladan barmoq izlari, qonda psixotrop va giyohvand moddalar bor-yoʻqligini aniqlash boʻyicha testlardan oʻtishi kerak boʻladi.
Departament boshligʻi bugungi kunda YEOIIda migrantlar duch kelayotgan muammoli masalalar haqida gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, eng dolzarb muammolar bu:
Roʻyxatdan oʻtish. Qonunga koʻra, chet eldan kelganlar 30 kun ichida migratsiya roʻyxatidan oʻtishlari kerak. Biroq migrantlarga uy-joy ijaraga berayotganlar har doim ham ularni roʻyxatdan oʻtkazishni istashmaydi. Bundan yana bir muammo yuzaga keladi – mamlakatda boʻlish qoidalarini buzganliklari uchun maʼmuriy javobgarlik, bu esa davlatdan chiqarib yuborish chorasini qoʻllashga sabab boʻlishi mumkin.
Majburiy tibbiy sugʻurtadan foydalanish masalasi ham dolzarb. YEOIIga aʼzo boʻlgan barcha davlatlarda majburiy tibbiy yordam tizimiga ega emas – masalan, Armaniston uni faqat 2023 yilda joriy qiladi.
Mehnat migratsiyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti yuqoridagi barcha masalalarni hal qilish ustida ishlamoqda, dedi Omurbekova.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala