Jamiyat

Feruza Babashevaning deputatlik vakolati muddatidan avval tugatildi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
Xalq deputatlari Oʻrta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Xalq deputatlari Oʻrta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Toshkent viloyati kengashi kotibiyati.
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Hodisalar
Reydda aniqlangan ishratxona: shaxsiy yozishmalarda tarqalgan holat yuzasidan maʼlumot berildi
Xalq deputatlari Oʻrta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi deputatlarning tashabbusi bilan chaqirilgan holda oʻtkazildi. Unda bitta masala, tuman Kengashining 30-“Uyshun” saylov okrugidan saylangan deputat Feruza Babashevaning deputatlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish masalasi koʻrib chiqildi.
Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi “Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiya” raisi Dilorom Zulyorovaning axboroti eshitildi.
Komissiya raisining axboroti va deputatlarning qoʻshimcha taklif, fikr-mulohazalarini inobatga olib, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasiga asosan, Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qarorni, sessiyada qatnashgan 24 nafar deputatdan 23 nafari yoqlab ovoz berishdi.
Sessiya ishida Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala