Turizm

Samarqand 2023 yilda turizm boʻyicha nufuzli tadbirga mezbonlik qiladi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishMavzoley Gur-Emir
Mavzoley Gur-Emir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
Madridda boʻlib oʻtgan UNWTOning 24-sessiya doirasida ovoz berishda 2023 yilda nufuzli anjumanni oʻtkazish joyi sifatida Samarqand shahri tanlandi.
TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 2023 yilda boʻlib oʻtadigan 25-sessiyasi Samarqandda boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bu haqida ayni damda Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtayotgan oʻtayotgan UNWTOning 24-sessiya doirasida maʼlum boʻldi. Ushbu tadbirdagi ovoz berish yakunlariga koʻra, nufuzli anjumanni oʻtkazish joyi sifatida Samarqand shahri tanlandi, deyilgan xabarda.
Maʼlumot uchun, tashkilotning 2 noyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisida Oʻzbekistonning UNWTOdagi doimiy vakili Jahongir Gʻaniyev 2023 yilda boʻlib oʻtadigan UNWTO Bosh assambleyasining 25-umumjahon anjumanini Samarqandda oʻtkazishni taklif qilgani haqida xabar bergan edik. Gʻaniyev aytishiga koʻra, Oʻzbekiston hukumati tomonida Samarqandda zamonaviy infratuzilma yaratish, logistka masalalari hamda turizm sektorini rivojlantirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.11.2021
Turizm
Jahon turizm tashkiloti anjumani Samarqandda boʻlib oʻtishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala