Jamiyat

“Omikron” pandemiyani tugatishi mumkin – virusolog

© Sputnik / Dmitriy EtmanovVrach-virusolog, doktor meditsinskix nauk, professor Anatoliy Altshteyn
Vrach-virusolog, doktor meditsinskix nauk, professor Anatoliy Altshteyn - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2021
Yangi shtamm inson organizmida yengil kechadi va ushbu shtamm orqali orttirilgan immunitet koronavirusning boshqa shtammlaridan himoya qilishi mumkin
TOSHKENT, 4 dek – Sputnik. Koronavirusning yangi shtammi - “omikron” pandemiyani tugatishi mumkin, deb hisoblaydi Gamaleya nomidagi Immunologiya markazi virusolog professori Anatoliy Altshteyn, Sputnik radiosiga.
Uning soʻzlariga koʻra, omikron-shtamm aniqlanganiga yaqinda bir oy boʻladi, lekin oʻtgan vaqt ichida omikron-shtammi yuqqan bemorlarning birortasida kasallik ogʻir kechgani yoki oʻlim holatlari boʻlgani kuzatilmagan. Lekin shu bilan birga ushbu shtamm oʻta yuqumliligi aniqlangan.
“Omikron odamlarga yuqadi, biz yengil koʻrinishdagi kasallarni koʻramiz va shundan soʻng hech qanday koronavirus bizga xavfli boʻlmaydi”, - dedi Altshteyn.
Masalan, JARda u bir oydan kam vaqt ichida koronavirusning delta va boshqa shtammlarini siqib chiqarib yuborgan va soʻnggi kunlarda aniqlanayotgan holalatlarning aksariyati omikron-shtammga toʻgʻri kelmoqda.
Oʻta yuqumlilik - yangi virus xususiyatlaridan biri. Uning S-oqsilida mutatsiyalar juda koʻpligi bilan izohlanadi. Yaʼni virusning genomi barqaror boʻlmasa, kasallik ogʻir oqibatlarga olib kelmaydi.
Koronavirusdan oʻlim holatlari soni grippning oʻlim holatlari soniga tenglashganda pandemiya tugagani haqida xulosa qilish mumkin, dedi virusolog.
"Hozircha virus yoshik katta kishilarga yetib bormagan, lekin dastlabki xulosalarga koʻra "omikron" oʻz oqibatlariga koʻra, unchalik qoʻrqinchli virus emas", — deb qoʻshimcha qildi shifokor.
Eslatib oʻtamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi ilk bor Botsvanada 11 noyabr kuni aniqlangan edi. Shundan soʻng JAR, Gonkong va boshqa davlatlarga tarqaldi. Bugungi kunda omikron 27ta davlat hududida aniqlangan.
Uning asosiy xususiyati – oʻta yuqumli va insonning kasal boʻlib tuzalish va vaktsinalash orqali orttirgan immunitetini chaplab oʻta oladi. JSST yangi shtammni “xavotirli” deb tan olib unga grek alfavitining 15 harfi – “omikron” nomini bergan edi.
Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko vaktsina COVID-19dan himoya qilishning eng yaxshi yoʻli – vaktsina olish boʻlib qolayotganinimaʼlum qilgan edi. Darhaqiqat vaktsina olgan kishi koronavirusga chalinsa-da uning ogʻir oqibatlariga chalinmaydi, kasallik yengil kechadi. Rossiyada vaktsina olganlar orasida kasallanganlar soni 0,03 foizdan oshmaydi.
Omikron-shtamm koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
Jamiyat
Janubiy Koreyada Oʻzbekiston fuqarosida "omikron" shtammi aniqlandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala