JSST omikron shtammdan birorta ham o‘lim qayd etilmaganini tasdiqladi

© Pixabay / Alexandra KochShtamm omikron
Shtamm omikron - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Obuna bo‘lish
Tashkilotga koronavirusning yangi omikron shtammini o‘rganishga yana bir necha hafta kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Dunyoda koronavirusning yangi omikron shtammidan hozircha birorta ham o‘lim holati qayd etilmadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar bermoqda.
JSSTning sog‘liq saqlash sohasidagi favqulodda holatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayanning aniqlik kiritishicha, tashkilotga yangi shtammning yuqumlilik darajasi va kasallikning og‘ir shaklini keltirib chiqarishini aniqlash uchun o‘rganishga yana bir necha hafta kerak bo‘ladi.
Tashkilot omikron boshqa shtammlarni siqib chiqarib, yaqin kunlarda Yevropadagi asosiy shtamm bo‘lishi mumkinligini istisno qilmagan.
Avvalroq Gamaleya nomidagi markaz virusologi Anatoliy Altshteyn pandemiya omikron shtamm bilan yakunlanishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Shuningdek, u koronavirusning bu shtammi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim borasida xavfsizroq ekanini ta’kidlagan edi.
Samolet v nebe, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
O‘zbekiston omikron shtamm sabab qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatadi
Yangiliklar lentasi
0