Jamiyat

Ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga oid qonun tayyorlandi

© Depositphotos / LofiloloJenщina zakrыvayet litso
Jenщina zakrыvayet litso - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
“Himoya orderi” cheklovlarini buzganlik uchun jarima miqdori oshiriladi.
TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. IIV “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2061-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasini tayyorladi.

“Qonun loyihasi bilan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik oʻtkazilishining oldini olish va ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 2061-moddasining sanktsiyasida belgilangan jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida oshirilishi nazarda tutilmoqda”, - deyilgan hujjatda.

Hujjatda qayd etilishicha, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyasini taqdim etuvchi, ularga tazyiq oʻtkazayotgan yoki zoʻravonlik sodir etayogan shaxslarga nisbatan taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanilishiga sabab boʻladigan himoya orderi berilishiga qaramasdan tazyiq va zoʻrovonlikka uchragan xotin-qizlar sonining kamayishiga erishilmadi.
Tsentr reabilitatsii dlya jenщin, gorod Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2020
Jamiyat
Samarqand viloyatida "tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish oyligi" eʼlon qilindi
2020 yilda xotin-qizlarga 14 774 ta himoya orderi berilgan boʻlsa, 2021 yil 10 oyda bu koʻrsakich 26 105 tani tashkil etdi. Shuningdek, tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik boʻyicha
903 ta holat aniqlandi.
Shuningdek, joriy yil 10 oyi davomida himoya orderlari zoʻravonlik oʻtkazgan shaxslarga nisbatan 403 ta holatda uzaytirilgan boʻlsa, 613 ta takroran tazyiq va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan shaxslardan jabr koʻrganlarga himoya orderlari rasmiylashtirib berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala