Dunyoda

Hindistonda 600 mingdan ortiq Kalashnikov avtomati ishlab chiqariladi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishRabota rossiyskogo mirotvorcheskogo kontingenta v Nagornom Karabaxe
Rabota rossiyskogo mirotvorcheskogo kontingenta v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Hindiston 600 ming donadan ortiq Kalashnikov AK-203 avtomatlarini ishlab chiqarish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Hindiston Rossiya bilan mamlakatda 600 ming donadan ortiq Kalashnikov AK-203 avtomatlarini ishlab chiqarish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi, deb xabar qildi Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev.
Uning soʻzlariga koʻra, Hindiston rossiyalik hamkorlar yordamida qurol ishlab chiqarish boʻyicha malaka oladi.
Press-konferentsiya ministra oboronы Indii R. Singxa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Dunyoda
Hindiston va Rossiya harbiy hamkorlik boʻyicha qator shartnomalar imzoladi
AK-203 xorijiy avtomatlardan qolishmaydi va hatto koʻp jihatdan ulardan oshib ketadi.
2019 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakat shimoli-sharqidagi “Korva” qurol-yarogʻ zavodida AK-203 avtomatlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi qoʻshma korxona ochilishini eʼlon qildi. Rossiyaning Kalashnikov kontserni Indo-Russian Rifles Private Limited aktsiyalarining 42 %ga, yana 7,5 % Rosoboroneksportga tegishli. Aktsiyalarning nazorat paketi (50,5%) davlatning oʻzida qoldi.
Kuni kecha Hindiston Rossiya bilan harbiy hamkorlik boʻyicha bir qator shartnomalar imzolandi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Rajnatx Singx Rossiya mudofaa vaziri general Sergey Shoyguning Nyu-Dehliga tashrifi chogʻida aytib oʻtdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala