Siyosat

Kamilov: Afgʻonistondagi vaziyatda quruq soʻzdan amaliy ishlarga oʻtish vaqti keldi

© Foto: MID UzbekistanaMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri qish yaqinlashayotganini inobatga olib, afgʻon xalqiga aniq yordam koʻrsatish nihoyatda muhim hisoblanishini qayd etdi.
TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT) Ijroiya qoʻmitasi direktori lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Jumaxon Gʻiyosovni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Kamilov Afgʻonistonni qoʻllab-quvvatlash masalasiga yana bir bor toʻxtaldi.
Afgʻonistondagi vaziyat haqida gapirganda bugungi kunda quruq soʻzdan amaliy ishlarga oʻtish vaqti keldi. Chunki qish yaqinlashmoqda va mamlakatdagi vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin boʻlgan gumanitar falokatning oldini olish uchun afgʻon xalqiga aniq yordam koʻrsatish nihoyatda muhim hisoblanadi.
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Abdulaziz Kamilov
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri
Muloqotda Oʻzbekiston tashkilotga aʼzo davlatlarning terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashdagi oʻzaro hamkorligini taʼminlash boʻyicha SHHTning asosiy organi boʻlgan MATT faoliyatiga katta ahamiyat qaratyotgani taʼkidlandi.
2022 yil 1 yanvardan SHHT MATT Ijroiya qoʻmitasi direktori lavozimida Oʻzbekiston vakili Ruslan Mirzayev faoliyatini boshlaydi.
Ismatulla Irgashev v Kabule provel vstrechi s chlenami Vremennogo pravitelstva Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Afgʻoniston qator sohalardagi yirik loyihalarni muhokama qildi

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Toliblar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala