Jamiyat

COVID-19 va shamollashdan soʻng organizmni nimalar bilan tiklash mumkin?

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishPrilavok s fruktami i ovoщami
Prilavok s fruktami i ovoщami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Kuz va qish- shamollash davri. Immunitet pasayishi aynan hozir, pandemiya sharoitida juda xavfli. Qanday oddiy mahsulotlar bilan kasallikdan keyingi immunitetni tiklash mumkin, bizning ruknimizda oʻqing.
Virusning navbatdagi yangi shtammi rasmiylarni yangi cheklovlar joriy etishga, shifokorlarni esa infektsiyaga qarshi kurashishning samarali usullarini qidirishga majbur qilmoqda. Endi biz barcha gigiyena qoidalariga va shifokorlarning tavsiyalariga amal qilishimiz, shuningdek, immunitetni iloji boricha mustahkamlashimiz kerak. Sputnik Belarusiyadagi hamkasblarimiz siz uchun eng arzon virusdan himoya vositalari roʻyxatini tayyorladi.

Koʻkatlar

Koʻkatlar, ayniqsa salat va ismaloq, zaiflashgan tana uchun haqiqiy quvvat. Unda hujayralarni shikastlanish va yalligʻlanishdan himoya qiluvchi muhim antioksidantlar mavjud.
Eksport ovoщey i fruktov iz Uzbekistana v Rossiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Infografika
Oʻzbekiston Rossiyaga qancha meva va sabzavot sotdi

Foydali yogʻlar

Qizil baliq, avakado va zaytun moyi Omega-3 ning asosiy manbalari. Yogʻ kislotalari immunitet tizimini mustahkamlaydi, yalligʻlanishni dastlabki bosqichda toʻxtatadi va organizmni bakteriyalar va infektsiyalardan himoya qiladi.

Tsitrus mevalar

Vitamin C virusga qarshi mashhur kurashuvchi. Shuning uchun mavsumiy menyuda limon, apelsin va rezavorlar boʻlishi lozim. Bundan tashqari, bir piyola issiq limonli choy nafaqat immunitetingizni himoya qiladi, balki kayfiyatingizni ham koʻtaradi.
Meditsinskiy gradusnik i zaщitnaya maska, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Jamiyat
Bolalarda OʻRVI nega qaytalaydi

Brokkoli

Brokkoli allaqachon mavsumning super taomi ekanligini daʼvo qilmoqda. Bu sabzavot haqli ravishda vitamin va mineral bomba deb ataladi. Brokkoli immunitet tizimini mustahkamlaydi va kaltsiy, magniy va juda zarur boʻlgan S vitamini koʻp miqdori bilan yaxshi taʼsir qiladi.

Tovuqli bulon

Tovuq shoʻrvasini sovuqqa chalinganlarning barchasiga berish odati kino anʼanasi emas, balki immunitetni mustahkamlash yoki sovuqdan xalos boʻlish uchun juda samarali usul. Parranda goʻshti oqsilida tananing himoyalanish jarayonlariga taʼsir qiluvchi B vitaminlarining dozasi mavjud.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala