Dunyoda

Omikron shtammining ilk surati chop qilindi – foto

© REUTERS / Dado Ruvic / IllustrationShpritsы na fone nadpisi Omicron SARS-CoV-2
Shpritsы na fone nadpisi Omicron SARS-CoV-2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Gonkong universiteti olimlari koronavirusning omikron shtammining suratini koʻrsatishdi.
TOSHKENT, 8 dek – Sputnik. Gonkong universiteti olimlari elektron mikroskop yordamida koronavirusning omikron shtammining suratini olishga muvaffaq boʻlishdi.
Tadqiqotchilar, jumladan, patologiya va virusologiya sohasidagi mutaxassislar, koronavirusning omikron shtammi bilan kasallangan maymun buyragi hujayrasini (Vero E6) mikrofotografiya qilishga erishishgan.
Olimlarning tushuntirishlaricha, kichikraytirilgan tarzdagi suratda mayda qora virus zarrachalariga ega zararlangan hujayralarni koʻrish mumkin. Surat kattalashtirilganda virusning toj shaklidagi zarralarini koʻrish mumkin.
Vesenniy prizыv na voyennuyu slujbu v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Dunyoda
Virusolog "omikron"ni tabiiy vaktsina deb atadi
Eslatib oʻtamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi dastlab 11 noyabr kuni ilk bor Botsvanada keyin JARda aniqlangan edi. Qisqa vaqt ichida "omikron" JARda koronavirusning "delta" va boshqa shtammlarini siqib chiqardi.
Mutaxassislar fikriga koʻra, ushbu shtamm s-oqsilida juda koʻp mutatsiyalarga uchrashi oqibatida bugungi kunda mavjud vaktsina va kasallanishdan keyingi immunitetga "chap berish" xususiyatiga ega.
Shu bilan birga, omikron-shtamm bilan kasallanganlar orasida shu kunga qadar biror kishida kasallikning ogʻir kechishi yoki oʻlim holatlari qayd etilmagan.
JSST maʼlumotlariga koʻra, omikron 60 taga yaqin mamlakatda aniqlangan. Afrikada bu shtamm sabab kasallanish surʼati oʻsa boshlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala