O‘zbekiston bilan transchegaraviy xab migratsiya tarkibini o‘zgartiradi – ekspert

© Fotolia / KadmyGruzovie konteyneri v portovom terminale
Gruzovie konteyneri v portovom terminale  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bilan transchegaraviy xablarni tashkil etish migratsiya tarkibini o‘zgartiradi – ekspert
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekiston logistika va texnologiya sohasida ishlay oladigan yuqori malakali kadrlarga e’tibor qaratmoqda, deb hisoblaydi iqtisodchi Nikita Maslennikov.
Gruzovie furi na territorii terminala - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada transchegaraviy xab quradi
Qozog‘iston hukumati 4ta transchegaraviy xab quradi: 1tadan O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegarada, shuningdek 2ta Rossiya bilan chegaradosh hududda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti qarorgohi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu loyiha postsovet hududida migratsiya tuzilmasini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin, deydi Siyosiy texnologiyalar markazi yetakchi eksperti, iqtisodchi Nikita Maslennikov.
“Transchegaraviy xablar tarmog‘i Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash uchun muhim ahamiyatga ega”, - dedi ekspert Sputnik O‘zbekistonga bergan izohida.
Gap shundaki, xablar tovarlarni tashish uchun tranzaksiya xarajatlarini kamaytiradi, shuning uchun tovar oqimining jadalligini oshiradi.
Transchegaraviy xablar tovarlarni to‘plash imkonini beradi va bu O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasi bilan ham (joriy yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich 7 mlrd $ni tashkil etishi kutilmoqda) va Qozog‘iston bilan (4 mlrd $ga yetishi mumkin) savdo aylanmasini tezlashtiradi.
Maslennikov tushuntirganidek, Tovarlarni tizimsiz jo‘natish qimmatroq, chunki transport bilan muammolar bo‘lishi mumkin, yetkazib berish muddati cho‘ziladi.
“Infratuzilma taqchilligi (xablar yo‘qligi – Sputnik) savdoni cheklaydi”, — dedi ekspert.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikaning, eng avvalo, hududlar o‘rtasida hamkorlikka katta e’tibor qaratmoqda, deydi iqtisodchi. "Bunday hamkorlikning afzalliklari aniq: qo‘shni davlatlar bilan ishlash osonroq", - deb tushuntiradi Maslennikov.
Sklad slojnoy bitovoy texniki  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Qozog‘iston O‘zbekistonda 3ta ulgurji-savdo markazini qurmoqchi
Ammo uni rivojlantirish uchun respublika hukumati hozirdanoq qabul qilayotgan tizimli qarorlar kerak".
Gap O‘zbekiston va Rossiyaning ta’lim sohasidagi hamkorligi haqida bormoqda – shu tariqa respublikada ma’lum bir demografik “suyanch” vujudga keladi, chunki xablar yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutadi. Xablar faoliyati birinchi navbatda yuqori texnologiyali yoki o‘rta texnologiyali eksport bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni yuqori malakali kadrlar kerak.
“Rossiya ham umumiy hudud – MDH yoki O‘zbekiston yaqinlashib kelayotgan YeOII doirasida talab qilinadigan ishchi kuchini birgalikda tayyorlashdan manfaatdor”, - deydi Nikita Maslennikov. Rossiya Federatsiyasida migratsion pik allaqachon o‘tdi, qo‘shma loyihalar va korxonalar yaratish tendensiyasi kuchayib bormoqda va bu kelajakda mehnat bozorini shakllantiradi".
Yangiliklar lentasi
0