Jamiyat

Oʻzbekiston Rossiya yaratayotgan koronavirusga qarshi bolalar vaktsinasiga qiziqish bildirmoqda

Puzыrek s vaktsinoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Oʻzbekiston Rossiyada yaratilayotgan koronavirusga qarshi bolalar vaktsinasiga qiziqish bildirayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Rossiyada yaratilayotgan koronavirusga qarshi bolalar uchun vaktsinasiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.
Respublikada preparatdan u muvaffaqiyatli sinovdan oʻtib roʻyxatga olingan soʻng foydalanishlari mumkin.
“Tabiiyki, yangi vaktsinalar haqida barcha xabarlar bizni qiziqtiradi. Agar klinik sinovlari tegioʻli protokolllar bilan tasdiqlansa, biz ham emlashga tayyormiz”, - dedi Otabekov RIA Novosti bilan suhbatda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda jami 35,3 million dozadan ortiq vaktsinadan foydalanilgan. Emlanishi rejalashtirilganlarning 84,2 foizi vaktsinaning birinchi dozasini olib boʻlgan
Avvalroq Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Gintsburg markaz olti yoshdagi bolalar oʻrtasida koronavirusga qarshi vaktsina tadqiqotlarini oʻtkazishga ruxsat olish uchun hujjat topshirganini maʼlum qilgan edi.
Noyabr oxirida Rossiyada COVID-19 ga qarshi 12-17 yoshli oʻsmirlar uchun moʻljallangan “Sputnik-M” vaktsinasi roʻyxatdan oʻtkazilgan edi.
Vaktsina Sputnik Layt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Dunyoda
“Sputnik Layt” va burunga sepiladigan vaktsinani bir vaqtning oʻzida olish mumkinmi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala