Jamiyat

Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi oʻzgartirildi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishStatuya Femidы
Statuya Femidы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
Jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi 14 yosh etib belgilanmoqda. Amalda 13 yosh edi.
TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam yoshi 13 yoshdan 14 yoshga oshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunga imzo chekdi.
Qonun bilan 16 yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar bilan moddiy boyliklarni yoki mulkiy manfaatlarni oʻtkazish yoʻlida jinsiy aloqada boʻlganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanib, ushbu sohadagi jinoyatlar uchun ham jazo kuchaytirildi.
Jinoyat kodeksining 128-moddasida (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) ozodlikdan mahrum qilish jazosining maksimal muddati 5 yildan 7 yilgacha oshirildi.

Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismida (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 yildan 2 yilgacha koʻpaytirildi.
Statuya bogini pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortish yoshi oʻzgarishi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala