Turkmanistonning yangi prezidenti saylandi

© REUTERS / Vyacheslav SarkisyanSerdar Berdimuxamedov
Serdar Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
Saylovda Turkmaniston aholisining 97,17 foizi ishtirok etgan.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida Serdar Berdimuhamedov g‘alaba qozondi. Bu haqda Turkmanistonda saylov va referendum o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Serdar Berdimuhamedov saylovchilarning 72,97 foiz ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Saylovda Turkmaniston aholisining 97,17 foizi ishtirok etgan. Yangi saylangan prezidentning inauguratsiyasi 19-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Serdar Berdimuhamedov amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li. U Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Turkmaniston parlamenti oliy palatasining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Gurbanguli Berdimuhamedov davlat boshqaruviga yoshlar kelishini, o‘zi esa Xalq maslahati raisi sifatida siyosiy tajribasini mamlakat taraqqiyotiga sarflashini ta’kidlagan edi.
Turkmen national flags fly on July 3, 2008 over a mosque in Kipchak, 15 kms outside the capital Ashgabat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2022
Turkmanistondagi siyosiy o‘zgarishlar Toshkent va Ashxobod munosabatlariga qanday ta’sir qiladi
Serdar Berdimuhamedov Gurbanguli Berdimuhamedovning yagona o‘g‘li, 1981-yil 22-sentabrda tug‘ilgan. Oilali, bir o‘g‘il va uch qizning otasi.
2001 yilda Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetini (muhandis-texnolog), 2011-yilda Rossiya TIV diplomatiya akademiyasida, 2011-2013 yillarda Shveysariyada Xavfsizlik siyosati markazida (Yevropa va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis) tahsil olgan.
2001-2003 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. 2003-2008 yillarda Davlat oziq-ovqat sanoati, 2008-2011-yillarda o‘qish davrida Turkmanistonning Moskvadagi elchisi maslahatchisi, 2011-2013-yillarda Turkmanistonning Jenevadagi doimiy vakili maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2013-2017 yillarda TIVda Yevropa davlatlari bo‘limi boshlig‘i, neft va gaz obyektlarini ekspluatatsiya qilish davlat agentligi rahbari o‘rinbosari, TIV xalqaro teleradioeshittirish departamenti boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2016 yildan deputat, qonunchilik bo‘yicha parlament qo‘mitasi rahbari bo‘lgan. 2018-yildan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, 2019-yildan Axal viloyati hokimi, 2020-yilda Turkmaniston sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri, 2021-yilda Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
Xalqaro Axaltekin yilqichilik va “Turkman alabay” uyushmalari rahbari, Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy va it boquvchi.
Yangiliklar lentasi
0