U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi: bugun O‘zbekiston Gonkongga qarshi maydonga tushadi

© MOQO‘zbekiston O‘monni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, arxiv surat
O‘zbekiston O‘monni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston - Gong Kong uchrashuvi “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Bugun U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichida O‘zbekiston Gonkongga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv soat 19:00da “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Markaziy sektorlarga chiptalarni stadion kassalaridan xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 6 senyabr kuni futbol bo‘yicha 2024-yilgi U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Afg‘oniston jamoalari uchrashuvi Toshkentdagi "JAR" stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston jamoasi o‘yinni katta ustunlik bilan o‘tkazdi.
3-tur 12-sentabr kuni o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston Eronga qarshi o‘ynaydi.
2024 yil 15-aprel – 3-may kunlari Qatarda U-23 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi 25-may kuni Kuala-Lumpurdagi OFK qarargohida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion turnir vazifasini o‘tab beradi. Unda dastlabki 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. To‘rtinchi o‘rin egasi qit’alararo pley-off bosqichi orqali kurashni davom ettiradi.
Futbol bo‘yicha U-23 O‘zbekiston terma jamoasi. Arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2023
U-23 Osiyo kubogi saralash bahslari: O‘zbekiston terma jamoasi qachon va kim bilan o‘ynaydi
Yangiliklar lentasi
0