Isroilda qancha o‘zbekistonlik borligi ma’lum qilindi

© Sputnik / I. Nosov / Mediabankka o‘tishVid na gorod Tel-Aviv. Arxivnoe foto
Vid na gorod Tel-Aviv. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Obuna bo‘lish
Isroildagi o‘zbekistonlik diplomatlarning oilalari O‘zbekistonga qaytarilgan.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Isroilda 10,5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik yashaydi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev ma’lum qildi.
“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda 10,5 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarolari yashaydi. Ularning aksariyati Samarqand viloyatidan. Fuqarolarimizning 95 foizdan ortig‘i Isroildagi qariyalarga xizmat ko‘rsatadi”, - dedi A’loyev Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin-Isroil mojarosi boshlangandan beri O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi u yerdagi fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Isroilda tahsil olayotgan 70 nafar talaba vatanga qaytarildi. Samarqand davlat universitetidan borgan 6 nafar talaba qaytishni xohlamagan. Hozir ular bilan ham ishlar olib borilyapti, imkon bo‘lsa, ular ham qaytariladi.
“Biz diplomatlarimizning oilalarini ham O‘zbekistonga qaytardik. Hozir 5 nafar diplomatimiz o‘z faoliyatini olib borapti. Falastinda esa qancha o‘zbekistonlik borligi haqida bizda aniq ma’lumot yo‘q. Ba’zi bizdagi ma’lumotlarga tayanib aytishim mumkinki, u yerga turmushga chiqqan ba’zi ayollarimiz bo‘lishi mumkin”, - dedi vazir o‘rinbosari.
Raketniy obstrel territorii Izrailya so storoni sektora Gaza. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Isroil-Falastin mojarosi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi
Yangiliklar lentasi
0