Toshkent viloyatida 250 mln so‘mdan ortiq qalbaki kupuralarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2023
Obuna bo‘lish
Sirdaryolik shaxs 250 mln 800 ming so‘m miqdoridagi kupuralarni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) 250 mln so‘mdan ortiq qalbaki kupuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxsni ushladi, deya xabar berdi O‘zA.
DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida tezkor tadbir amalga oshirildi.
Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi A.R. noqonuniy tarzda qo‘lbola usulda tayyorlangan 250 mln 800 ming so‘m miqdoridagi 100 ming so‘mlik qalbaki kupuralarni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.
Falshivie banknoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Toshkent viloyatida 200 mln so‘mdan ortiq qalbaki pulni tayyorlagan shaxslar ushlandi
Yangiliklar lentasi
0