O‘zbekiston xokkey bo‘yicha U18 Osiyo va Okeaniya kubogiga mezbonlik qiladi — batafsil

© IIHFXokkey Chempionat Azii i Okeanii U18
Xokkey Chempionat Azii i Okeanii U18 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2024
Obuna bo‘lish
Turnir joriy yilning 23-30 aprel kunlari Toshkent va Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekiston xokkey bo‘yicha U18 Osiyo va Okeaniya kubogiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston xokkey federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yirik xalqaro turnir joriy yilning 23-30 aprel kunlari Toshkent va Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar terma jamoalari uchun Osiyo va Okeaniya kubogi (o‘shanda chempionat deya nomlangan) ilk marta 2023-yil mart oyida Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda tashkil etilgan edi. O‘tgan yilgi musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi barcha besh uchrashuvda Mo‘g‘uliston, Turkmaniston, BAA, Tailand va Eron terma jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, G‘oliblar kubogini qo‘lga kiritdi. Chempionatning eng yaxshi xokkeychisi sifatida o‘zbekistonlik sportchi Jasurbek Rustamxonov tan olindi.
O‘zbekiston g‘olib mamlakat sifatida Xalqaro xokkey federatsiyasi rahbarligida 2024-yilda turnirni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu yil turnirda 6 ta emas, balki 10 ta o‘smirlar terma jamoasi ishtirok etadi.
Turnirni o‘tkazish formulasi quyidagicha: ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linadi, ularda to‘rtta raqib jamoa o‘zaro bellashadilar. Toshkentdagi “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadigan A guruhi matchlarida O‘zbekiston, Tailand, Eron, Malayziya va Kuvayt o‘smirlar terma jamoalari kuch sinashadi. Mo‘g‘uliston, BAA, Hindiston, Makao va Indoneziyaning o‘smirlar terma jamoalari esa Samarqanddagi B guruhi o‘yinlarida o‘z jismoniy tayyorgarliklarini namoyon qiladilar. Jamoalar egallagan o‘rinlarni o‘z guruhlarida taqsimlagandan so‘ng, Toshkentda 9, 7, 5, 3 va 1-o‘rinlar uchun shiddatli o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
Xokkey: O‘zbekiston terma jamoasi OChdagi navbatdagi g‘alabasi bilan peshqadamga aylanib oldi
Yangiliklar lentasi
0