Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainaning 68 ta dronini urib tushirdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota PVO "Tor M2U" v zone provedeniya spetsoperatsii.
Rabota PVO Tor M2U v zone provedeniya spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2024
Obuna bo‘lish
Bir kechada 68 ta Ukraina droni urib tushirildi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Bir kechada Krasnodar o‘lkasi va Qrim osmonida 68 ta Ukraina dronlari urib tushirildi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

“O‘tgan kechada Kiyev rejimining Rossiya Federatsiyasi hududidagi obyektlarga samolyot tipidagi uchuvchisiz uchoqlar yordamida terrorchilik hujumlarini amalga oshirishga urinishlari to‘xtatildi. Krasnodar o‘lkasi hududida navbatchilik qilayotgan havo hujumidan mudofaa tizimlari 66 ta Ukraina dronini tutib oldi va yo‘q qildi, Qrim yarim orolida yana ikkita dron yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.

Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratyevga ko‘ra, dushman dronlari infratuzilma obyektlari va neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilishga uringan, qurbonlar yo‘q.
Slavanskiy tumani rahbari Roman Sinyagovskiyning aniqlik kiritishicha, mahalliy neftni qayta ishlash zavodi hududidagi distillash kolonnasi to‘qqizta dron hujumidan so‘ng shikastlangan.
Ukraina Qurolli kuchlari muntazam ravishda dronlar yordamida Rossiya hududidagi obyektlarga hujum qilishga urinadi va havo hujumidan mudofaa kuchlari ularning harakatlarini bostiradi.
Rabota mobilnoy gruppi bistrogo reagirovaniya v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari DXRda Novomixaylovkani to‘liq ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0