20:40 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Analitika
Havola olish
550182

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan nomzodi Bosh vazirlik uchun taqdim etilgan Abdulla Aripovning tarjimai holini tahlil qildi

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik, Anton Kurilkin OʻzLiDep partiyasi tomonidan ilgari surilgan nomzod kuni ertaga Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisida prezident tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Abdulla Aripov 1961 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mutaxassisligi boʻyicha — muhandis. 1983 yilda Toshkent Aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.

Aripovning boshqaruv faoliyati mustaqil Oʻzbekistonda boshlangan — institutni tamomlagach, 1992 yilga qadar u Toshkent telefon-telegraf stantsiyasida faoliyat yuritgan.

1992 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligiga bosh mutaxassis sifatida ishga qabul qilingan. Aytish joizki, Aripov vazirlikda uzoq qolib ketmagan, 1993 yilda "Oʻzimpeksaloqa" kompaniyasiga rahbar oʻrinbosari etib tayinlangan.

Maʼlumot uchun: "Oʻzimpeksaloqa" Tashqi Savdo Firmasi 1993 yil 2 iyulda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa vazirligi buyrugiga asosan korxonalarni moddiy va texnikaviy resurslar, jihozlar, extiyot qismlar bilan taʼminlash maqsadida va importga keladigan xizmat va maxsulotlarni sifat — texnikaviy darajasiga qoʻyiladigan talablarni hisobga olgan xolda, chet el firmalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida eksport-import muomalalarni amalga oshirish uchun tuzilgan. Jamiyat faoliyatini taʼminlash maqsadida taʼsischilar mablagʻi evaziga Ustav jamgʻarmasi 193 000 000 soʻmni tashkil etadi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ustav fondidagi ulushi 51,9116 %ni, "Oʻzbektelekom" AKning ulushi 15,9401 %ni, jamoa ishchilari va jismoniy shaxslar ulushi 32,1483 %ni tashkil etadi.

Aripov "Oʻzimpeksaloqa"da ham 1995 yilgacha faoliyat yuritgan, xolos.

Umuman olganda, toʻqsoninchi yillarda u oʻzi egallagan lavozimlarda uzoq ushlanib qolmagan va oʻz ish joyini tez-tez oʻzgartirib turgan. Ammo unga ish beruvchilarning barchasi Aloqa vazirligi bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻlgan.

1995 yilda Oʻzbekiston Aloqa vazirligining qurilish va taʼminot boʻlimiga rahbar boʻlib qaytgan. Yaʼni, Aripov respublikada aloqa sohasi taʼminoti bilan shugʻullanishda davom etgan, faqat avvaliga u jihozlarni xarid qilish bilan shugʻullangan boʻlsa, endilikda moddiy resurslarni taqsimlash va ushbu yuzadan ish bilan taʼminlash faoliyati bilan shugʻullanadi.

1995-1996 yillarda Aripov "TashAfinalAL" QKning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu kompaniyada qisqa muddat faoliyat yuritish barobarida, u 1996 yilda oʻzi uchun qadrdon boʻlib qolgan Aloqa vazirligiga qaytadi. Ammo bu safar yangi lavozimda — Oʻzbekiston Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish boʻlimiga boshliq boʻlib.

1997 yilda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qogʻozlar boʻlimi rahbari boʻlgan. Yangi ming yillikni Aripov Oʻzbekiston pochta vatelekommunikatsiya agentligi direktori oʻrinbosari sifatida qarshi oladi.

2002 yil 30 mayida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari etib tayinlangan. U aloqa va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari masalalari bilan shugʻullangan. Shu bilan birga, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish bosh direktori hisoblangan.

Shavkat Mirziyoyev, arxiv surat
© Sputnik / Valeriy Melnikov
2005 yil 4 fevralida oʻz lavozimlariga qayta tasdiqlangan. 2009 yil oktyabridan boshlab ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat sohalariga doir masalalar bilan ham shugʻullangan hamda MDH mamlakatlaridagi hamkorlar bilan aloqalarga javob bergan.

2012 yilda Aripov boshida qora bulutlar toʻplana boshlaydi — milliy bozorga Rossiya va Shvetsiya kompaniyalarini kiritish bilan bogʻliq bir nechta noqonuniy sxemalar oshkor boʻladi.

Ammo chaqmoq Bosh vazir oʻrinbosarini chetlab oʻtadi: 2012 yilning avgustidan 2016 yilning sentyabriga qadar u Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasida rahbarlik qilishda davom etgan. 2016 yil sentyabridan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari sifatida tayinlangan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bilan shugʻullanish ishonib topshirilgan.

2016 yil 12 dekabryaida Oʻzbekistonning hukmron OʻzLiDeP partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan.

Abdulla Aripov oilali, besh nafar qizi bor. U, shuningdek, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy unvoniga ham ega. Aripov "Doʻstlik" va "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan mukofotlangan.

Teglar:
tarjimai holi, Bosh vazir, Abdulla Aripov, Shavkat Mirziyoyev, Abdulla Aripov, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular