18:45 27 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Zdaniye ministrestva vыsshego i srednego obrazovaniya RUz

Oʻzbekiston kollejlarida barcha xohlovchilar oʻqishi mumkin, darslarni adragoglar olib boradi

Ministerstvo vыsshego i srednego obrazovaniya RUz
Analitika
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
271170

Rasmiy Toshkent 20 yil deganda ilk marotaba oʻrta maxsus taʼlim tizimini modernizatsiya qilishga qaror qildi. Nihoyat, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimida yigʻilib qolgan muammolarning yechimi topildi

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Kasb-hunar taʼlimi markazi rahbari M.Xolmuxammedov Sputnik muxbiri bilan suhbatda endilikda kollejlarda taʼlim qay asosda olib borilishi haqida gapirib berdi.

Oʻzbekistonda kasb-hunar kollejlarida taʼlim tizimi oʻzgarishi bu ayni damda faoliyat yuritayotgan kollejlarning "yoppasiga yopiladi", degani emas. Oʻzbekiston Prezidentining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarorida kollejlar vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarga biriktirilishi belgilab qoʻyilgan.

Yuqori texnologiyalar sari intilgan mamlakat

Oʻzbekistondagi kasb-hunar kollejlarining kelajakdagi qiyofasi haqida gapirishdan avval iqtisodiyoti u qadar rivojlanmagan mamlakatdan, qisqa vaqt oraligʻida, yuqori texnologiyalar mamlakatiga aylangan, ushbu sohada katta sakrashni amalga oshirgan Koreya, Finlyandiya va Singapur haqida esga olsak. Mamlakatlar bunday yutuqqa oʻz taʼlim tizimiga toʻgʻri oʻzgartishlarni kiritgani, taʼlim tizimida toʻgʻri siyosatni olib borgani uchun erisha oldi. Ular oʻqituvchilikka isteʼdodli kadrlarni jalb qilish maqsadida, ularning maoshi va obroʻsini keskin oshirgan edi.

Taʼlim borasida eng ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganib, tajribada qoʻllashni rejalashtirgan Oʻzbekiston ham mana shunday tezkor rivojlanish yoʻlini tanlamoqda.

Kelajak kollejlari qanday boʻladi, bu sohada qanday oʻzgarishlar roʻy beradi, degan savolga javob olish maqsadida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri poytaxtdagi kasb-hunar taʼlimi markaziga tashrif buyurdi.

Kvalifikatsiya ramkalar va kasbiy standart 

Kasb-hunar taʼlimi markazi rahbari M.Xolmuxammedov Sputnik muxbiri bilan suhbatda endilikda kollejlarda taʼlim qay asosda olib borilishi haqida maʼlum qildi. Kollejlar vazirilik va idoralar, buyurtmachi ish beruvchi korxonalar va tashkilotlarga biriktiriladi.

"Har bitta tayyorlov yoʻnalishi boʻyicha rivojlanish kontseptsiyasi ishlab chiqiladi, milliy kvalifikatsiya ramkalar belgilanadi va kasbiy standart ishlab chiqiladi. Professional standart maʼnosi shuki, deylik, bitta ish oʻrni ishchidan qanday malaka va koʻnikmalarni talab qiladi, ushbu holat oʻrganilib, shu asosda modulli oʻquv rejalari paydo boʻladi. Taʼlim jarayoni esa doimiy ravishda takomillashtirilib boriladi. Bundan maqsad —kasb-hunar taʼlimi tizimi iqtisodiyot rivojlanishining muhim komponentiga aylanadi. Yaʼni, yuqori malakali ishchi, kasb egalari, iqtisodiyotning oʻrta boʻgʻini mutaxassislari tayyorlanadi.

Ayni damda iqtisodiyotda besh mingdan ziyod kasb va mutaxassisliklar uchun kasb taʼlimi boʻyicha maʼlumot talab etiladi", — dedi suhbatdosh.

Yaqin istiqbolda professional standart, milliy kvalifikatsiya ramkalari xalqaro kvalifikatsiya ramkalariga mos ravishda ishlab chiqiladi. Bu degan kollejlarda jahon mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishi yoʻlga qoʻyiladi. Kasblarning, mutaxassisliklarning murakkabligidan, oʻquvchilar egallashi kerak boʻlgan bilimi, malaka, koʻnikma va kompetentsiyalar xajmidan kelib chiqib differentsiallashgan 6 oydan 2 yilgacha boʻlgan taʼlim dasturlari joriy qilinadi.

Avvalgilardan farqi nimada boʻladi?

Ayni damda kollejlar faqat 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilgan boʻlsa, endilikda bunday standartlardan voz kechilmoqda.

Misol uchun fuqaro oʻz kasbini oʻzgartirishni niyat qildi, deylik u oʻzi yashaydigan hududda yangi qurilgan tekstil fabrikaga ishga kirish uchun kasb-hunar oʻrganmoqchi. Biroq, bunday niyatda boʻlganlarga keskin "yoʻq" javobi berilgan. Sogʻligʻi toʻgʻri kelmaganligi sababli, boshqa kasbni egallamoqchi boʻlgan fuqarolar ham xuddi shunday muammoga duch kelishgan.

Endilikda esa kollejlarda nafaqat maktab bitiruvchilari, bunga qadar ham oʻrta-maxsus maʼlumot olgan, oliy maʼlumotga ega boʻlgan, ishsiz qolish xavfi ostida qolgan ixtiyoriy yoshdagi fuqarolar ham tahsil olishlari mumkin boʻladi.

Kelgusida Oʻzbekiston fuqarolari mehnat bozorida talab yuqori darajada boʻlgan kasb-hunar sirlarini qisqa muddat ichida oʻqib oʻrganishlari yoki mehnat bozorida yaxshi ish oʻrnini qoʻlga kiritish uchun oʻz malakalarini oshirishlari mumkin boʻladi.

Taʼlim shakli qanday boʻladi?

Hozirgacha kollejlar faqat kunduzgi taʼlim shakliga ega edi. Endilikda kollejlarda kunduzgidan tashqari sirtqi, masofaviy va uygʻunlashtirilgan taʼlim yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, oʻqish muddati hozirgidek 3 yil majburiy boʻlgan boʻlsa, endilikda kasblarning murakkabligidan kelib chiqib 6 oydan 2 yilgacha muddatda ixtiyoriy etib belgilandi.

Yaʼni ehtiyoj boʻldimi, kelib oʻqib ketaverish imkoniyati yaratildi.

Taʼlimda jarayon qanday kechadi?

Endilikda kollejlarda taʼlim innovatsion texnologik jarayonga oʻtkaziladi. Yaʼni, ilgarilari, anʼanaviy taʼlim jarayonida darsga kirilganda, oʻqituvchining aytgani aytgan boʻlib, kitobdan boshqa qoʻllanma boʻlmagan.

Endilikda bunday holatlar oʻtmishda qoladi.Zamonaviy kollejlarda oʻquv materiallari kasbga oʻrganuvchida tasavvur uygʻotishi uchun vizuallashtiriladi, videodarslar yoʻlga qoʻyiladi (oʻquvchi xohlagan vaqtda oʻtilgan darsni qaytadan koʻrishi mumkin boʻladi), videoinstruktorlar taʼlim jarayoniga kiritiladi (darsda biron sabab tufayli qatnasha olmagan talabalar uchun bu katta qulaylik tugʻdirishi turgan gap).

Shuningdek, virtual amaliy mashgʻulotlar, multimediya resurslari yaratiladi, virtual laboratoriyalar tashkil qilinadi.

Endilikda kollejlarda qattiqqoʻl "meni aytganim boʻladi" deydigan pedagoglar oʻrnini insonning yoshiga qarab, uning salohiyatini belgilay oladigan, taʼlim olish jarayonida unga hamrohlik qiladigan "oʻqituvchi-andragog"lar egallaydi. Ularning mahorati va salohiyatini oshirish maqsadida yangitdan tashkil etilgan innovatsion rivojlantirish institutida maxsus maqsadli oʻquv kurslari, seminar-treninglar masofaviy hamda onlayn kurslar tashkil etiladi.

Endilikda kollejlarda oʻquvchilar vatanparvarlik ruhida va professional kasb egalari qilib tarbiyalanadi.

Taʼlim pulli boʻladimi?

Taʼlim dasturlari toifalariga bogʻliq boʻladi: 50 dan ortiq kasblarga tayyorlash taʼlim dasturlari 10-11 sinflarda taʼlim olish davomida oʻrgatiladi va toʻliq davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Yuqori texnologik tayyorgarlik talab qiladigan 6 oydan 1 yilgacha boʻlgan kasbiy taʼlim dasturlari buyurtmachi ish beruvchi korxonalar, idora va tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi.

Buyurtmachisi boʻlmagan shaxslar oʻzlarining shaxsiy jamgʻarmalari hisobidan toʻlovni amalga oshirishi mumkin.

1,5 — 2 yillik mutaxassislikni egallash boʻyicha oʻrta maxsus oʻrta boʻgʻin taʼlim dasturlari oliy taʼlimga muqobillik asosida bir qismi grant hisobidan, bir qismi kontrakt hisobidan amalga oshiriladi.

Kelgusida kollejlarda stipendiyalar, bepul tushliklar tashkil etilishi mumkinmi, degan savolga markaz rahbari, "kollejlarda stipendiya, oziq-ovqat, kiyim kechaklar bilan taʼminlanish masalalari kollejni saqlash xarajatlarini qoplaydigan vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari imkoniyatlari doirasida belgilanadi.

Iqtisodiy jihatdan barqaror vazirlik, idora, korporatsiyalar, yirik ish beruvchilar oʻzlarining aktsionerlari, ichki imkoniyatlari doirasida oʻquvchilar uchun qoʻshimcha stipendiya va shu kabi qoʻllab-quvvatlashlarni amalga oshirishlari mumkin", — dedi.

Muallifdan: Texnologik yangiliklarni taʼlim tizimiga kiritish - taʼlim tizimini hozirgi davrning eng qiziqarli jarayonlaridan biriga aylantiradi, bu shubhasiz. Demakki, taʼlim sohasidagi islohotlarni oʻz taraqqiyot strategiyasi, ichki siyosatining eng muhim  yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilab olgan Oʻzbekiston yaqin kelajakda taʼlim tizimi bilan ham dunyo eʼtirofiga sazovor boʻladi.

Asosiy mavzular