03:55 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Tadjikistan

Oʻhoʻ: Mirziyoyevning tarixiy tashabbusi, Bobomurod Abdullayev sudi, AQSH razvedkasi bayonoti

© Press-slujba prezidenta Tadjikistana
Analitika
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi (25)
145630

Oʻtgan hafta Oʻzbekiston tarixida yangi sahifa ochildi: prezident Shavkat Mirziyoyev harakatlari tufayli Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida yaqin qardoshlik, doʻstona munosabatlar tiklandi. Oʻzbekiston va dunyo boʻylab yuz bergan voqealar Sputnik Oʻzbekiston nigohida

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev samolyoti 9 mart kuni Dushanbe shahriga kelib qoʻndi. Aeroportda Mirziyoyevni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning shaxsan oʻzi kutib oldi. Uchrashuv asnosida ikki davlat rahbarlari mamlakatlar oʻrtasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, shuningdek 27ta muhim bitimlarni imzolashdi.

Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvni tarixiy deb atash mumkinligini, chunki "biz xalqlarimizning orzusini amalga oshirdik", deb taʼkidladi.

Darhaqiqat, Mirziyoyev va Rahmon uchrashuvini ikki xalq vakillari katta hayajon va koʻzda yosh bilan kuzatishgan boʻlsa, Feysbuk ijtimoiy tarmogʻi "Prezidentimizga rahmat!", "20 yil deganda yaqinlarimni borib koʻrish baxtiga muyassar boʻldim", "Oʻzbek va tojik doʻstligi abadiy boʻlsin!" mazmunidagi his-hayajonli postlarga toʻlib toshdi.

Oʻzbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifi butun dunyo eʼtiborida boʻldi: ikki mamlakat qanday hujjatlarni imzolashgani, Mirziyoyevning Rahmonga sovgʻasi, ikki mamlakat oʻrtasida joriy etilgan vizasiz rejimdan tortib, Mirziyovning Emomali Rahmonga "birodarim" deya qigan murojaati — barcha-barchasi xorijiy OAVlarda keng yoritildi.

Taʼkidlash joizki, qoʻshnilar bilan doʻstona munosabat — Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Mirziyoyev oʻz faoliyati avvalidayoq Oʻzbekiston hamma qoʻshnilar bilan faqat doʻst boʻlishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

"Hamma qoʻshnilar bilan biz doʻst boʻlamiz. Boshqa niyatimiz ham yoʻq. Albatta, koʻp-koʻp muammolar bor, lekin odamzot shuni uchun, rahbariyat shuni uchun bor-ki, bu muammolarni aql bilan, iroda bilan, vazminlik bilan yechish kerak. Ikki xalq orasida doʻstlik koʻprigini mustahkamlash boʻyicha agar biz niyat qilsak, baribir Xudo taolo oʻzi yechib beradi — u chevar oʻzi. Har bir davlatni oʻzini niyati, oʻzini xalqi, oʻzini istaklari bor. Shuning uchun biz doʻstlik nuqtai-nazaridan, samimiylik nuqtai nazaridan, birodarlik nuqtai-nazaridan qoʻshnilarimiz bilan faqat doʻst, doʻst va yana bir marta doʻst boʻlamiz", — degan edi Mirziyoyev.

Oʻzbekiston rahbari taʼkidlaganidek, endilikda ikki davlat zimmasida boy berilgan imkoniyatlarni tiklash, munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish singari masʼuliyatli vazifa turibdi.

Bobomurod Abdullayev sudi

Jurnalist Bobomurod Abdullayevning sudi — Oʻzbekistonda inson huquqlari himoyasi kuchaytirilganini yaqqol dalillovchi sud jarayonlaridan biri boʻlmoqda.

7 mart kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi(Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasreddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlarga nisbatan ochiq sud majlisi boshlandi.

Sud majlisi avvalida advokat Sergey Mayorov tomonidan sudlanuvchi Bobomurod Abdullayevga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritildi.

Advokat Mayorovning aytishicha, u oʻzi himoyasi ostidagi Abdullayev bilan Milliy xavfsizlik xizmatining tergov izolyatorida ikki marta uchrashgan. Mayorovga koʻra, Abdullayev bu uchrashuvlarda MXX xodimlari uni bir necha marta uni qiynoqqa solib, urishgani, tan jarohatlarini yetkazishgani, jismoniy va ruhiy zoʻravonlik qoʻllab, u sodir etmagan jinoyatlarni amalga oshirganini tan olishga majburlashganini aytgan. U shuningdek boshqa shaxslarga nisbatan yolgʻon koʻrsatmalar berganini maʼlum qilgan va advokatidan agar shunday xabarlar tarqalsa, bu yolgʻon ekanligini barchaga maʼlum qilib qoʻyishini soʻragan.

Sudya prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 30 noyabrdagi "Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoniga tayangan holda advokat iltimosnomasini qanoatlantirdi. Sud-tibbiy ekspertizasi oʻtkazilishi bilan kelgusi majlis toʻgʻrisida xabar qilinadigan boʻldi.

AQSH razvedka xizmatining "tashvishli bayonoti"

Oʻtgan haftada AQSH milliy razvedka xizmati direktori Deniyel Koutsning Amerika oldida turgan global tahdidlarga bagʻishlangan bayonoti eʼlon qilindi.

Kouts Afgʻonistonga koʻchib oʻtgan "Islom davlati" terrorchilik guruhlari xavfi tufayli Rossiyaning Markaziy Osiyodagi pozitsiyasi mustahkamlanishi mumkinligini maʼlum qildi. Ammo bu hali hammasi emas.

AQSH milliy razvedkasi direktori bayonotida aytilishicha, Rossiya sanktsiyalar va Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalarida Gʻarb birligiga tajovuz qilish ishlarini davom ettiradi, ammo Kremlga hozirgi sanktsiyalar putur yetkaza olmadi, deyiladi xulosada.

Bayonotda shuningdek, Rossiyadan bu yil "oʻta vayronakor" kiberoperatsiyalarni kutish mumkinligi aytilgan. "Rossiya razvedkasi va xavfsizlik xizmatlari AQSH va uning ittifoqdoshlaridan inqirozga yaqin kelib qolgan infratuzilmalarni paypaslab aniqlashda hamda amerika siyosati haqida maʼlumotga ega boʻlish uchun AQSH, NATO va ularning ittifoqdoshlariga hujum uyushtirishda davom etadi", deyiladi hujjatda.

Koutsning taxminiga koʻra, rasmiy Kreml Moskva AQSH bilan oʻz manfaatlariga xizmat qiladigan sohalarda hamkorlikni davom ettirib, shu bilan birga AQShni zaiflashtirish va yevroatlantik birlikni toʻzitib yuborish, oʻzining esa buyuk davlat maqomini yanada mustahkamlash uchun "turli agressiv taktikalar"dan foydalanishda davom etadi. 

Rossiyalik amerikashunos-ekspert Konstantin Bloxin AQSH milliy razvedka xizmati rahbarining bayonotiga izoh berar ekan, bu sanktsiyalar blan bosim oʻtkazish yetarli emas, yaʼni bosimni yanada kuchaytirish lozimligi haqida signal ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Siyosatshunosga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning harbiy kuchlarni koʻz-koʻz qilish bilan bogʻliq boʻlgan soʻnggi bayonotlari amerikaliklarda nafrat va qahr-gʻazabni uygʻotgan. Bundan tashqari ikki davlat iqtisodiyotining oʻzaro bogʻliqligi ham deyarli yoʻq hisob. "Shu tufayli kongressmenlar Rossiya-Amerika munosabatlarini shu qadar osonlikcha barbod qilishmoqda. Ularning maqsadi — mamlakatimiz tashqi siyosati yoʻnalishini oʻzgartirish, hukumatni oʻzgartirishdir. Shu bois sanktsiyalar hali uzoq vaqt davom etadi", — xulosa qildi Bloxin.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi (25)

Asosiy mavzular