21:48 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Analitika
Havola olish
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)
613 0 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-19-oktyabr kunlari Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Ushbu tashrif chogʻida bir yoʻla bir nechta keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazilishi, muzokaralar yakuni boʻyicha esa salmoqli hujjatlar toʻplami imzolanishi rejalashtirilgan

Sputnik Oʻzbekiston Ma'no tadqiqotchilik tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashevdan Rossiya davlat rahbarining respublikaga tashrifidan nimalar kutish mumkinligi va hozirda ikki tomonlama munosabatlar qay darajada ekani toʻgʻrisida soʻradi.

- Ikki davlat rahbarlari, shuningdek Rossiya va Oʻzbekistonning turli idoralari boshliqlari soʻnggi paytlarda ikki tomonlama doirada, hamda mintaqaviy maydonlarda yaqindan va tez-tez aloqa qilib turishibdi. Siz Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlari darajasini qanday baholagan boʻlardingiz va bunday sifatli oʻzgarishlarning asosiy sababini nimada deb baholar edingiz?

- Mening fikrimcha, Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil aprel oyidagi Moskvaga tashrifi, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi rivojlanib borayotgan aloqalarga turtki boʻldi. Bu ikki tomonlama munosabatlarda haqiqiy burilish yasashga urinish edi va bunga erishildi. Muzokaralar natijasi darhaqiqat taʼsirchan boʻldi: 15 milliard dollardan ziyodroq kelishuvlar, shularning kattagina qismi - sarmoya loyihalari. Turli idoralararo hamkorlik bitimlari, asosiysi esa – aniq "yoʻllar xaritalari". Ularning amalga oshirilishi hozirda oʻz natijalarini bermoqda.

Oʻzbek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun "yashil yoʻlak"ning ochilishi ham yorqin misol boʻla oladi va bu oʻlaroq Rossiyaga meva va sabzavot yetkazib berilishi bir necha marotabaga oshgan edi. Joriy yilning 6 oyi davomida eksport 2017-yilgiga qaraganda 70 %ga oʻsgan.

Shunaqa aniq “yoʻllar xaritasi” ishlanma mexanizmi va joylarda belgilangan loyihalarning amalga oshirilishi ikki davlatning oʻzaro munosabatlar yuqori ekanligi koʻrsatadi. Bu shunchaki niyatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya emas, balki aniq bir sohada natijaga erishishga yoʻnaltirilgan.

Moskva shahrida oʻtgan yilning bahorida tashrif doirasida boʻlajak voqea – birinchi Oʻzbekiston va Rossiya mintaqalararo forumiga asos solingandi. Axir Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Kremldagi uchrashuvda oʻz davlatlari viloyatlarini hamkasblari bilan aloqa qilishga, iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishga undashgan. Shunday kuchli startdan soʻng barcha darajalarda faol ish boshlangan edi.

Harbiy texnik hamkorlik ham rivojlanmoqda. Rus jangovar vertolyotlari Mi-35 yetkazib berishga shartnomalar imzolangan, birgalikdagi harbiy mashgʻulotlar oʻtkazilgan, harbiy taʼlim dasturi amalga oshirilmoqda. Kuni kecha MDH davlatlari mudofaa boshliqlarining navbatdagi majlisi doirasida harbiy aviatsiya uchun havo boʻshligʻidan birgalikda erkin foydalanish haqidagi bitim imzolangan. Bu ham Toshkent va Moskvaning strategik munosibatlarining namoyishi. Vladimir Putinning Oʻzbekistonga ushbu tashrifi – avval erishilgan kelushuvlarning mantiqiy davomi va ikki davlat munosibatlarining yangi bosqichi.

- Rossiya davlat rahbarining tashrifi mazmunga boy boʻlishi kutilmoqda: bu Oʻzbekistonda birinchi atom stantsiyasi qurilishini ishga tushirish, va birdaniga ikkita katta forum – mintaqalararo va oliy oʻquv yurtlararo, oliy darajadagi muzokaralar. Sizning fikringizcha, boʻlajak uchrashuvning asosiy natijasi nima boʻladi?

- AES qurilishining boshlanishi – bu ikki davlat strategik aloqalarini yanada mustahkamlashga imkon beruvchi, Oʻzbekiston uchun uzoq kutilgan va eng muhim loyihadir. Bu respublikadagi rus sarmoya ishtirokidagi birinchi keng koʻlamli loyiha emas. “Lukoyl” bilan birgalikda qurilgan Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta ishlash majmuasini yoki Toshkentda va Qoraqalpogʻistonda katta metallurgiya zavodlarini qurilishlarini koʻzlanganini yodga olish kifoya. Shunga oʻxshash loyihalar koʻpayib bormoqda. Ilgari aytib oʻtganimdek, yana bir muhim ahamiyatga ega boʻlgan narsa – harbiy texnika sohasidagi hamkorlik. Bu mavzuga ham xuddi xavfsizlikka kabi eʼtibor qaratiladi.

Ilxom Sadыkov zamestitel direktora Akademii nauk RUz
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

Lekin mening fikrimcha, muzokaralarning oʻziga xos ajoyib tomoni bu gumanitar soha boʻladi. Axir Oʻzbekistonga turli darajadagi vazirlar, harbiylar, ishbilarmonlar koʻp kelishgan, lekin birdaniga, mendagi maʼlumotlarga koʻra, 40dan oshiq rus oliy oʻquv yurtlari vakillari kelishi – bu mustaqil Oʻzbekiston yillaridagi ilk voqelikdir. Vladimir Putinning tashrif doirasida boʻlib oʻtadigan rektorlar Forumi esa, ikki davlat hamkorligidagi ijtimoiy sohadagi mutlaqo yangi bosqichning boshlanishi boʻladi.

Bu hamkorlik hozirda ham bor – hattoki agar Rossiyaning Oʻzbekistondagi oliygohlar filialiga qarasak, sakkizta xorijiy oliygohlarning beshtasi Rossiya Federatsiyasiniki. Forum natijalari boʻyicha maorif sohasida ham talabalar almashinishi, ham akademik shartnomalar yuzasidan oʻnlab yangi kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Oʻzbek talabalari miqdori Rossiya oliygohlarida yildan yilga ortmoqda, hozirda bu taxminan 20 mingni tashkil etadi. Bu yoʻnalishda davlatlar mutlaqo yangi sifatli keskin oʻzgarishlar qilishlari mumkin.

- Oliy oʻquv yurtlararo ijtimoiy forumdan tashqari, Toshkentda birinchi mintaqalararo sammit ham boʻlib oʻtadi. Sizning fikringizcha, RF va Oʻzbekistonning ishlari bu darajada qay vaziyatda, qaysi viloyatlar bu ishga faʼolroq qoʻshilishi kerak?

- Mintaqalararo hamkorlikga oʻtgan yilning aprel oyida Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi chogʻidayoq asos solingandi. Oʻsha safardan keyin Rossiya va Oʻzbekiston mintaqalari rahbarlari oʻrtasida oʻnlab uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. RF subʼyektlari orasida oʻzlarinining peshqadamlari ham bor. Masalan, Tatariston juda faʼol. Davlat rahbari Rustam Minnixanov uchun bu yil davomida ikkinchi marta Oʻzbekistonga kelishi boʻladi. Ishonamanki, navbatdagi kontraktlar va hamkorlik haqidagi shartnomalar imzolaniladi. Mazkur mintaqaning respublikaga taklif qiluvchi narsalari bor, avvalo neftximiya, toʻqimachilik sanoati, hamda mashinaqurish sohalarida.

Faʼollik va tashabbus kutish kerak boʻlgan mintaqalar haqida toʻxtalib oʻtsak, oʻylashimcha, bu birinchi navbatda Oʻzbekiston yaqin kunlar oʻz konsulligini ochmoqchi boʻlgan viloyatlar. Gap Vladivostok, Qozon, Yekaterinburg va Rostov--Don toʻgʻrisida bormoqda.

Agar Rossiya viloyatlarining hamkorligi uchun qiziqarli ehtimoli toʻgʻrisida gapirsak, men Rossiyaning janubiga diqqatimni qaratgan boʻlardim, bugungi kunda u yerda paxtachilikni qayta tiklashga urinishmoqda. Mintaqalararo aloqalar uchun yana bir muhim yoʻnalishlardan biri bu Sibir. Hozirgu kunda bu munosabatda faqat Tomsk viloyati vakillari juda faol, birinchi navbatda ilmiy va ijtimoiy hamkorlik hisobidan. Ammo boshqa sohalarda ham imkoniyatlar bor.

- Qanchalik, sizning fikringizcha, Rossiya va Oʻzbekistoning tranzit transport sohasidagi hamkorligi muhim? Bu munosabatda davlatlar bir birlariga qanday foyda keltirishlari mumkin?

- Oʻzbekiston katta yuqori tranzit imkoniyatiga ega, bu nafaqat Markaziy Osiyo boʻyicha qoʻshnilarga, Xitoyga, Hindistonga yoki Yevropaga, balki Rossiyaning oʻziga ham manfaatli boʻlishi mumkin. Axir agar oʻsha Hindiston boʻlsa, u yerga avval Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, soʻngra Rossiya davlat rahbar Vladimir Putin tashrif buyurdi, oʻz mollarini shimolga tez va qulay oʻtkazishdan manfaatdor boʻladi, asosan Markaziy Rossiyaga eltuvchi Kaspiy orqali yoʻldan tashqari, unga Pokiston, Afgʻoniston, Oʻzbekiston va Qozoqiston orqali RFning sharqiy mintaqalariga – Ural yoki Sibirga mol va yuklarning oʻtishi uchun Markaziy Osiyo varianti asqotishi mumkin. Oʻzbekiston transport yoʻlaklarini, shu jumladan shunday muhim, Afgʻoniston kabi oddiy boʻlmagan yoʻnalishda rivojlantirmoqda. Termiz-Mazori Sharif temir yoʻli loyihasi allaqachon amalga oshirilgan, shuningdek ushbu tarmoqning Hirotgacha uzaytirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Kelajakda bu janubiy dengizlarga chiqishga imkon beradi va “Shimol-Janub” marshruti deb ataluvchi muhim bir qismga aylanadi.

- Afgʻoniston mavzusi soʻnggi paytlarda ham ikkitaraflama, ham mintaqaviy, va hattoki dunyo miqyosidagi muzokaralarda markaziy mavzulardan biriga aylandi. Bugunda Rossiya va Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi vaziyatni yoʻlga qoʻyish boʻyicha pozitsiyalar qanaqa va qanchalik ehtimoli borki bu masalalarga tashrif chogʻida toʻxtalib oʻtiladi?

- Ikki davlatning pozitsiya va yondashuviga toʻxtalib oʻtsak, oʻzlarining manfaatlariga qaramasdan, ularning har birining ham Moskva uchun, ham Toshkent uchun mutlaqo yagona va tushunarli umumiy jihatlari bor. Birinchidan, ham Rossiya, ham Oʻzbekiston soʻngi natijada va hozir faqat bir narsani istashadi – Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish, zoʻravonlik va qon toʻkilishini toʻxtatish, bir-biriga qarshi jang qiluvchi taraflarni yarashtirish.

Ikkinchisi, qisman ikki davlat pozitsiyalarini birlashtirishda – bu afgʻon mojarosining hamma taraflari bilan aloqa qilishga tayyorgarlik. Agar ilgari Moskva avvalo Afgʻonistonning shimoliy viloyatlarini qoʻllab quvvatlagan boʻlsa, pushtun deb ataluvchi janubiy mintaqalariga kamroq eʼtiborini qaratgan, hozirda esa RF muzokaralar stoli atrofiga boshqa afgʻon kuchlarini oʻtkazishga tayyor.

Va nihoyat, navbat boʻyicha uchinchisi, lekin masalaning muhimligi boʻyicha emas – xavfsizlik.

Allaqachon bir necha marta aytib oʻtilgandek, Suriya va Iroqda tor-mor etilgan ID (Islom davlati) jangarilari (terrorchilik tashkiloti deb topilgan va RF va boshqa davlatlarda taʼqiqlagan. – Tah.) Afgʻonistonning shimoliy viloyatlariga koʻchib oʻtishgan. Har xil baholarga koʻra, ularning miqdori 6 mingdan to 9 ming kishigacha odamni tashkil qilishi mumkin, shubhasiz bu Markaziy Osiyo va Rossiyaning oʻzi uchun ham tahid keltirib chiqaradi.

Bu sharoitlarda diplomatik urinishlarlan tashqari harbiy hamkorliksiz bilan ham cheklanib boʻlmaydi. Davlatlar HHK uchun ochiq havo fazosi – aynan kuchayib kelayotgan tahdidga qarshi kurashish unsurlaridan biri. Ishonchim komilki, Afgʻoniston mavzusi ikki davlat rahbarlari uchrashuvi kun tartibida qanday boʻlmasa ham koʻrib chiqiladi. Afgʻonistondagi vaziyat shundayki, bu mazkur masalaning harbiy siyosiy muhokamasi yana uzoq muddat amaliy ravishda har qanday oliy darajadagi muhokamalarning qismi boʻlib qoladi.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Asosiy mavzular