22:20 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Analitika
Havola olish
629 0 0

Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan Markaziy Osiyoning ayrim davlatlarida tashkil etilayotgan xavf-xatar va kasalliklarni boshqarish boʻyicha laboratoriyalar xavflimi? Gruziya va Qozogʻistondagi harbiy laboratoriyalarda aslida nima ustida ish olib boradi - professor Oniщenko bu haqda Toshkentda gapirib berdi

TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, professor Gennadiy Oniщenko Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari bilan uchrashuvda AQSH tomonidan Gruziyada tashkillashtirilgan maxfiy biologik laboratoriyalar toʻgʻrisidagi savolga javob berar ekan, bunday bazalar xavfli ekani va Vashington - biologik qurol toʻgʻrisidagi konventsiyaga umuman amal qilmayapti, deya qayd etdi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan.

Rossiya sobiq Bosh sanitariya vrachi Gennadiy Oniщenko Gruziyadagi maxfiy laboratoriyalar - oʻta xavfli ekanligiga urgʻu berib, ular AQSH armiyasining harbiy laboratoriyasidan boshqa narsa emas, deya qayd etdi.

"Bu juda jiddiy, ulkan va himoya darajasi oʻta yuqori muhandislik inshooti boʻlib, bugungi kunda u eng xavfli - birinchi va ikkinchi guruhdagi viruslar bilan ishlash imkonini beradi", - dedi olim va xuddi shunday 2ta laboratoriya Qozogʻistonda ham mavjud, deya qoʻshimcha qildi.

Oniщenkoning aytishicha, yadroviy, kimyoviy va biologik ommaviy qirgʻin qurollari orasida eng tartibga solinmaydigani bu - biologik quroldir. 

"1972-yilda qabul qilingan biologik qurol toʻgʻrisidagi konventsiya nazorat mexanizmiga ega emas. Ushbu mexanizm ratifikatsiya qilinishi arafasida 2001 yilning 18 sentyabrida, egizak-binolarga uyushtirilgan hujumdan soʻng, Klinton xonim amerikaliklarni biologik hujum qurboni, deb atab, AQSH ushbu konventsiyadan bir taraflama chiqishini eʼlon qilgan edi. Lekin keyin maʼlum boʻldiki, amerikaliklar ushbu hujumni oʻz xalqiga nisbatan oʻzlari uyushtirishgan boʻlib chiqishdi. AQShning eng yaxshi kuydirgishunos olimi bu xavfli komponentni keyinchalik tarqatish uchun konvertlarga taqsimlab chiqqan edi", - deydi professor.

Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma Shtatlar bu uchun sibir yazvasi (kuydirgi)ning eng tez taʼsir qiluvchi turi - "Eyms shtammi" biologik komponentini konvertlarga solib, eng taniqli jurnalistlar, nomdor OAVlar tahririyatlariga yoʻllashgan. Oʻshanda yetti kishi vafot etgan.

"Shundan soʻng amerikaliklar bir haftaga oʻz osmonini butkul yopdilar. Biz ularga Bishkek, Jalolobodda oʻz bazalarini tashkil qilishga ruxsat berdik. Ular Afgʻonistonga qoʻshin olib kirishdi. AQSH mana shu maqsadda oʻz xalqiga nisbatan hujum tashkillashtirgan edi", - deydi professor.

Oniщenkoga kщra, Gruziyada laboratoriyalar ham havoda aylanib yurgan rus xalqi shtammlarini oʻrganish uchun tashkil etilgan. "Bugungi kunda bu laboratoriyalar bizga qarshi qaratilgan boʻlsa-da, Xitoy bu borada oʻz xavotirini bildirdi. Chunki Qozogʻiston bilan ulkan chegaraga ega va bu holat Xitoyni bezovta qilmasdan qolmaydi, albatta", - deydi olim.

MDHning uch mamlakatida tashkil etilgan laboratoriyalar haqida

Ilgariroq, OAVlarda Ukraina, Ozarbayjon va Oʻzbekistonda Pentagonga tegishli boʻlgan xavf-xatarlar va kasalliklarni boshqarish laboratoriyalari laboratoriyalarda qayta taʼmirlash amalga oshirilayotgani haqida xabar berilgan edi. Professor Oniщenko bu laboratoriyalar faoliyatiga quyidagicha baho berdi.

Eskpert soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda yoki MDH hududida u yoki bu laboratoriyalarni qurishda u yoki bu chet el laboratoriyalari kimning boshqaruvida ekanligini aniq farqlash lozim. Bu yerda laboratoriyalar AQSH Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqaruvida boʻlishi boshqa, va mediklar ortida harbiylar boʻlishi tamomila boshqa holat.

"Bunday laboratoriyalarda tabiiyki, harbiy mutaxassislar faoliyat yuritadilar. Harbiy mikrobiologlar har qanday harbiy singari oʻz oldiga qoʻyilgan harbiy topshiriqlarni bajaradilar. Qolaversa, harbiy laboratoriyalarni jismoniy laboratoriyalardan farqlash lozim. Gruziyadagi laboratoriyalar endi tashkil etilganida, bizning oʻrganishlarimiz u yerda birorta jismoniy laboratoriyada yoʻq tuzilmalarmavjudligini koʻrsatgan. Yaʼni ushbu laboratoriyalarda "sovuq xonalar" mavjud boʻlib, bu termal xonalarda ulkan miqdorda faol biologik materiallarni toʻplash mumkin. Jismoniy laboratoriyalarda bunday emas: deylik, mikrobni aniqlashimiz bilan unga taʼrif beramiz va uni oʻldiramiz. Bu nimaga teng bilasizmi? Masalan, uyingizda qurol mavjud boʻlsa-da, siz yoʻq, bu bolalarim oʻynasin uchun, deb yupatsangiz", - deydi professor.

Gennadiy Oniщenko v uzbekskom chapane i tyubeteyke
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Gennadiy Oniщenko v uzbekskom chapane i tyubeteyke

Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyining boshida Rossiya Mudofaa vazirligi AQShning viruslar va shtammlarni oʻrganish sohasidagi faoliyatidan tashvishdaligini bildirgan edi. Bunda asosiy eʼtibor Lugara Markaziga qaratilib, bu markaz Rossiya bilan chegaradosh mamlakatlar hududida faol ish olib boradi. Xususan, yuqorida taʼkidlanganidek, markazga qarashli laboratoriya korpuslari Ukraina, Ozarbayjon va Oʻzbekistonda qayta taʼmirlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

RF harbiy idorasi maʼlumotlariga muvofiq, bu kabi laboratoriyalarda infektsion kasalliklar haqida maʼlumotlar toʻplanadi va vaktsinalarning himoyaviy xususiyatini yengib oʻta olish hamda antibiotiklarga qarshi kurashuvchanlik xususiyatiga ega patogen mikroorganizmlar shtammlaridan iborat patogen mikroorganizmlar mavjud milliy kollektsiyalar mamlakatdan olib chiqib ketiladi. AQSH ushbu dastur uchun 1 milliard dollar sarflagan.

Asosiy mavzular