05:23 21 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Zoloto

Rossiya, Xitoy, Hindiston nega tinimsiz oltin sotib olmoqda?

© Pixabay
Analitika
Havola olish
1915 0 0

Oltin – eng qattiq valyuta, unga dollar kursi ham, inflyatsiya ham hech qanday sanktsiyalar ham taʼsir qilmayadi.

TOSHKENT, 12 may —Sputnik. Rossiya va Xitoy tobora koʻproq oltin sotib ola boshlashining sababi – ular dunyo iqtisodi qonunlarini oʻzgartirmoqchi deb hisoblaydi bir necha xorijiy ekspertlar. RIA Novosti xabariga asosan.

Umumjahon oltin kengashi (WGC) hisob-kitobiga koʻra, oʻtgan yilda Rossiya, Xitoy va Hindiston markaziy banklari oʻta faol ravishda oltin zahiralarini oshirishda davom etgan. Bugungi kunda Rossiya oltin zahiralari hajmi 2112tonnaga, Xitoy oltin zahiralari – 1853 tonnaga. Bu 1971 yilda AQSH jahon savdosida oltin standartidan  voz kechganidan soʻng - eng katta koʻrsatgich. Ayni damda Rossiya oltin zahiralari miqdori boʻyicha dunyoda beshinchi oʻringa koʻtarilgan.

Soʻnggi vaqtlarda Hindiston ham oltin zahiralarini oshirishga harakat qilmoqda. Oʻtgan yilda ushbu mamlakat Markaziy banki 42 tonna oltin sotib olib mamlkat oltin zahirasi hajmini 600,4 tonnaga yetkazdi.

Shu bilan bir vaqtda, Rossiya Markaziy banki dollar va amerika davlat obligatsiyalarida saqlanayotgan mablagʻlar hajmini keskin kamaytirgan.

Dunyoning eng yirik va eng tez tez oʻsib borayotgan iqtisodlari oltin zahiralarini oshirishga ishtiyoqini bugungi kunda kuzatilayotgan geosiyosiy va iqtisodiy nomaʼlumlik bilan izohlash mumkin, deydi WGC.

Kelajak nomaʼlumlik boʻlgan davrlarda, oltin har doim yaxshi “sugʻurta” boʻlgan. Chunki unga hech qanday siyosiy yoki iqtisodiy sanktsiyalar taʼsir qilmaydi. Uga uchinchi mamlakatlar taʼsir oʻtkaza olmaydi. Ikkinchidan, mamlakatda oltin zahiralari qancha koʻp boʻlsa, xorijiy investorlarning ishonchi ham shuncha ortadi.

“Oltin – dunyodagi eng qattiq valyuta. U dollar kursi oʻzgarishidan juda yaxshi himoyalangan, unga inflyatsiya ham juda kam taʼsir qiladi. Kerak boʻlganda uni juda tez sotish mumkin. Rossiyaning katta oltin zahiralari sarmoyadorlarning rublga ishonchini orttiradi”, - deydi Ronald-Peter Shteferle, Germaniyaning Incrementum kompaniyasi analitiki.

Yana bir ekspert Bill Xolter fikriga koʻra, AQSH bugungi kunda toʻplanib olgan qarzlarini toʻlashi amri mahol. Buni Xitoy va Rossiya juda yaxshi tushunishadi va oʻzlarini himoyalash maqsadida oltin va kumush zahiralarini oshirmoqda. Oltin va kumush – har qanday qogʻoz valyutaning eng katta raqibi, deydi ekspert.

Yana bir amerikalik ekspert, bozor tahlilchisi va professional treyder Gregori Mannarino fikriga koʻra, bugungi kunda dunyoda vujudga kelgan vaziyat – oldin hech qachon boʻlmagan. U “erkin bozor” yoki “bozor iqtisodi” tushunchasidan yiroq. Hukumat doimiy ravishda qogʻoz pul chop etishda davom etmoqda. Hech qanday iqtisodiy rivojlanish kuzatilmayapti. Bu nafaqat AQShda balkim butun dunyo miqyosida kuzatilmoqda, deydi ekspert.

Ushbu vaziyatda markaziy banklar uchun ham xususiy investorlar uchun ham eng yaxshi strategiya – oltin zahiralari miqdorini oshirish, deb bir ovozdan taʼkidlashmoqda ekspertlar.

“AQSH bozorida tarixda eng katta boʻlgan “iqtisodiy pufak” shakllanmoqda. Oltin va kumush narxi esa - minimal darajada. Kelajakda aynan ushbu aktivlar narxi keskin oʻsadi”, - deb hisoblaydi Mannarino.

Xuddi shunday mulohaza yaqinda Goldman Sachs kompaniyasi ekspertlari tomonidan ham eʼlon qilingan edi. Ularning fikriga koʻra, dollar bosma mashinasini tinimsiz ishlatish oqibatida, real aktivlar, birinchini navbatda oltin narxi osmonga chiqib ketishi aniq.

Ikkinchi tomondan dunyoda eng yirik oltin qazib oluvchi kompaniya Newmont Goldcorp prgnozi boʻyicha, 2022 yilga kelib dunyoda oltin qazib olish hajmi keskin tushib ketadi, 2034 yilda esa Yerdagi oltin zahiralari mutlaq yakuniga yetadi.

Asosiy mavzular