22:51 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Dollar

AQSH dollarni devalvatsiyaga tayyorlamoqda

Nguyen Huy Kham
Analitika
Havola olish
282650

Dollar oʻtgan yil avgustga nisbatan eng past koʻrsatkichga tushib ketdi. Yaqin vaqtlarda Tramp devalvatsiya toʻgʻrisida qarorni qabul qilishi mumkin.

TOSHKENT, 25 iyun – Sputnik. Dollar oʻtgan yil avgustga nisbatan eng past koʻrsatkichga tushib ketdi. Dushanba kuni, 24 iyunda, Amerika valyuta kursi 62,83 rublni tashkil qildi.

Bank of America taʼkidlashicha, bu oxiri emas, yaqin vaqtlarda Tramp devalvatsiya toʻgʻrisida qarorni qabul qilishi mumkin.

Hozirgi Oq uy rahbariga kuchli dollar kerak emasligi haqida RIA Novosti materialida tanishish mumkin.

Juda qimmat

Amerika hukumati milliy valyutani devalvatsiya qilish istagi haqida yirik moliyaviy institut boʻlgan idora Bank of America ogohlantirdi.

Gʻaznachilik tegishli farmoyishni qabul qilsa, Nyu-York Federal rezerv banki valyuta interventsiyasiga kirishadi: bank tahlilchilarning fikriga koʻra, dollar sotib, xorijiy valyutani sotib olish boshlanadi.

Bu muqarrar ravishda dollarni zaiflashtiradi, Bank of America hisobiga koʻra, hozirda dollarga 13 foiz koʻp baho berilgan.

Bank of America taʼkidlashicha, valyuta interventsiyasi haqida qarorni Tramp iqtisodiyotni barqarorlashtirish shiori ostida qabul qiladi.

2018 yilda AQSH iqtisodiyoti 2,9 foizga koʻtarildi, biroq yil yakuniga kelib jiddiy sekinlashdi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bashoratiga koʻra, yaqin ikki yil ichida mamlakat YAIM oʻsishi kamayadi. Milliy iqtisodiyot va biznes uyushmasida taʼkidlanganidek, 2021 yilda retsessiya boʻlishi mumkin.

Buning sababi aniq: oʻta yirik, 22 trillion dollardan ortiq boʻlgan davlat qarzi, trillion dollarlik byujdet defitsiti, qarzdorlikni taʼminlash boʻyicha keskin xarajatlarni koʻpayishi, shunindek, Xitoy bilan savdo urushining keskinlashuvi.

Qator iqtisodchilarning fikriga koʻra, foiz stavkalarining kutilayotgan kamayishiga qaramasdan, “yumshoq” retsessiya 2020 yilda ham boʻlishi mumkin.

Oʻtgan chorshanba kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Federal rezerv asosiy stavkalarni oʻzgarishsiz qoldirdi, biroq ushbu idora rahbari Jer Pauel soʻzlariga koʻra, bu yerda ancha moslashuvchan siyosatning foydasi uchun ishonarli dalillar boʻlgan.

Regulyator strategiyasida keskin burilishni kutayotgan holda dollar, olti asosiy valyutalar orasida zudlik bilan zaiflashdi.

Pauell tanqidga uchradi

Oʻtgan yili Federal rezerv tizimi toʻrt mata stavkani koʻtardi, bu Amerika iqtisodiyotini tiklash va pulni ragʻbatlantirishning foydasizligidan kelib chiqqan.

Bu prezident Trampning keskin tanqidiga uchradi. Federal rezervni ziyon keltiruvchi tashkilot va Amerika iqtisodiyotiga asosiy xavf ekanligini eʼlon qildi. Prezident Jer Pauellga boʻshatish bilan tahdid qildi.

Mart oyida Federal zaxira idorasi stavkalarni kelgusida oshirishdan voz kechdi. Biroq bu Trampga kam.

Uning soʻzlariga koʻra, FRT dekabrda stavkani koʻtarmaganda, Dow Jones indeksi bir necha yuz baravar yuqorilab, iqtisodiyot yiliga 4-5 foizga oʻsgan boʻlardi.  

“Ular hech narsani tushunmaydi. Yevro va boshqa valyutalar dollarga nisbatan divalvatsiyada boʻlsa, AQShni foydasiz holatga qoʻyadi. FRT stavkasi juda yuqori”, - deb yozdi Tramp Tvitterda.

Goldman Sachs prognoz qilishicha, FRT iyulda stavkalarni 0,25 foizga va sentyabrda ham shu miqdorda kamaytiradi. Iqtisodiyotda vaziyat keskin yomonlashsa, 0,5 foizga kamaytiradi.

Yanada kamaytirish kerak

Donald Tramp ochiqchasiga kuchli dollar siyosatidan voz kechdi. Uning fikriga koʻra, juda qimmat valyuta Amerika tovarlari va xizmatlari eksporti uchun toʻsqinlik qiladi va savdo balansi defitsitini murakkablashtiradi: 2018 yilda u 621 milliard dollarga yetdi.

Agar dollar narxi tushsa, xorijiy xaridorlarga Amerika mahsulotlarini sotib olish yanada foydali boʻladi.

“Boshqa davlatlar bilan biznes yurita olmaydigan oʻta kuchli dollar kerak emas, menga mamlakat uchun foyda keltiradigan kuchli dollar kerak”, - degan edi Tramp.

Oʻtgan haftada Tramp Yevropa markaziy banki rahbari Mario Dragiga yevro kursini dollarga nisbatan pasaytirishi haqida ayblovlarni ilgari surdi.

“Mario Dragi qoʻshimcha ragʻbatlashtirish imkoniyati haqida axborot berdi, bu darhol yevroni dollarga nisbatan pastga tushirib, AQSH bilan raqobat qilishni osonlashtirdi. Bu yillar davomida Yevropaliklar, Xitoy va boshqalar bilan birga qoʻl kelmoqda”, - deb yozdi Tramp.

Tramp fikriga koʻra, Xitoy doim qasddan yuan kursini kamaytiradi, bu eksportni arzonlashtirib, AQSH bilan savdo disbalansini koʻpaytiradi.  

Zaif dollar siyosati

Ekspertlar Tramp va Moliya vaziri Stiven Mnuchinning zaif dollar siyosati oxir-oqibat iqtisodiy oʻsishni barbod qilishidan qoʻrqmoqda.

“Agar siyosat barqaror dollarga qarshi qaratilgan boʻlsa, chet elliklar Amerikaning davlat qarzini moliyalashtirmaydi. AQSH esa dollar dunyo zaxira valyutasi sifatida koʻrilishidan toʻliq bogʻliq”, - deydi CNBC bank tahlilchisi Dik Bove.

Xorijiy kreditorlar tez suratlarda dollardan qutilmoqda: asr boshidan butunjahon valyuta zaxiralarida uning ulushi eng past darajaga pasaydi. 2008 yil global moliyaviy inqiroz davridan, markaziy banklar zaxirada maksimal miqdorda AQSH valyutasini ushlab turganda bu koʻrsatkich 7 foizga tushdi.

Kelgusida pasayish dollar zaxira maqomiga tahdid soladi. Xorijiy davlat hukumatlari AQSH davlat obligatsiyalardan koʻproq foyda keltirishini talab qiladi. Bu oʻz navbatida qarz boʻyicha stavkalarni koʻpaytiradi va investorlarni Amerika iqtisodiyotini tiklash umidini batamom yoʻqotadi.

Asosiy mavzular