05:35 10 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Maktab formasi: mojaro tugagani yoʻq. Tadbirkor oʻz mahsulotiga xaridor topa olmayapti

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Analitika
Havola olish
193130

Kuni kecha, 4-avgust kuni Toshkentdagi "Pushkin" maydonida "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi tashabbusi bilan yagona maktab formasi namoyishiga bagʻishlangan promo-aktsiya oʻtkazildi.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonda maktab formasi eng dolzarb va yechimi oxirigacha hal boʻlmagan masalalardan biri. Avvaliga maktablarda bir xil forma kerak-kerak emasligi katta munozaralarga sabab boʻlgan boʻlsa, bir toʻxtamga kelingach, forma narxining qimmatligi aholi eʼtiroziga sabab boʻldi. Shu bilan boshqa dolzarb masalalar turganda, maktab formasini majburiy joriy etishga shoshilmaslik lozim, degan toʻxtamga kelindi.

Maktab formalari: qayerdan olsa boʻladi, narxi qancha? >>>

Endilikda Oʻzbekistonda yagona maktab formasiga 2024 yildan oʻtiladi. Bu, oilada bir nechta oʻquvchilarni oʻqitayotgan ota-onalarni xursand qildi, albatta. Lekini bor. Maktab formasini joriy etilishini kechiktiruvchi qaror chiqquniga qadar mahalliy ishlab-chiqaruvchilar minglab formalarni tikishga ulgurishgan. Promo-aktsiya tadbirida ishtirok etgan Sputnik muxbiri forma sifati haqida aholi fikrini oʻrgandi hamda tadbirkorlar bilan suhbatda boʻldi.

Maktab formasi nima uchun kerak boʻldi?

Yagona maktab formasini joriy etish taklifi uch yil avval "oʻquvchilar orasida ijtimoiy notenglik kelib chiqishini oldini olishi mumkin", degan maqsadda mamlakat prezidenti tomonidan kiritilgan edi. Davlat rahbari chiqishidan sanoqli kunlar oʻtib, oʻsha vaqtdagi xalq taʼlimi vaziri Ulugʻbek Inoyatov kelasi oʻquv yiligacha yengil sanoat, modelyer mutaxassislar va ota-onalar fikrini inobatga olib, kamida 8-10 xil modeldagi formalar tayyorlanishini maʼlum qildi.

2017 yilning oktyabr oyida maktab formalarining ilk namunalari namoyish etildi va ular orasidan tanlab olingan modellar 2018 yil fevral oyida Toshkent shahridagi 91-sonli hamda Sirdaryo viloyatidagi 4-sonli maktablarda sinovdan oʻtkazila boshlandi.

2018 yilning avgust oyida yagona maktab formasi yuzasidan aniq qaror qabul qilindi va u 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab majburiy boʻlishi aytildi.

"Biz bunga tayyor emasmiz"

2019 yilning may oyiga kelib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva “...ayrim joylarda sharoit ogʻir ekanligi, koʻplab maktablar taʼmirtalab, oʻquv darsliklarining yetishmasligi, kitoblar sifati juda past ekanligi, ayrim maktablarda darslar uch smenada oʻtilishi tufayli, mavjud kamchiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma joriy etilishi”ni nomuvofiq deb topdi. Sal vaqt oʻtib, XTV rahbari Sherzod Shermatov ham formaning majburiy joriy etilishi shoshilinch qaror boʻlishi haqida bayonot bilan chiqdi. Maktab formasi respublika maktablarida bosqichma-bosqich joriy etiladigan boʻldi.

Yaʼni Oʻzbekiston maktablarida yagona formaga oʻtish ishlari 2024 yilgacha qoldirildi.

Muammo nimada?

Muammo shundaki, formani joriy etishni kechiktirish haqida qaror qabul qilingan bir vaqtda mahalliy ishlab-chiqaruvchi korxonalar tasdiqlangan namunadagi yuz minglab minglab mahsulotlarni ishlab-chiqarishga ulgurgan edilar.

Yaʼni yagona maktab formasi respublikadagi ikkita maktabda sinovdan oʻtkazilgach, ota-onalarning taklifidan kelib chiqqan holda ikkita yosh kesimida: 1- va 6-sinf, 7- va 11-sinf oʻquvchilari uchun maktab formalari modellari tanlab olingan va yengil sanoat uyushmasi tomonidan shakllantirilgan roʻyxatdagi 221 ta korxonalar Oʻzbekiston regionlarida bu formalarni ishlab-chiqarishga kirishgan.

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi bosh mutaxassisi Zamira Yunusovaning aytishicha, respublika miqyosida maktablarni yagona forma bilan taʼminlash maqsadida, ayrim viloyatlarda yangi korxonalarni tashkil etishga toʻgʻri kelgan yoki mavjudlari kengaytirilgan.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Pokupatel vыbirayet shkolnuyu formu

Ammo bugunga kelib, ishlab-chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan mahsulotlarning deyarli butun qismi, ota-onalar oʻrtasida forma borasida yuzaga kelgan tushunmovchiliklar tufayli, sotilmay turibdi.

Mahsulot sifati odamlarga maʼqulmi?

"Pushkin" maydonida maktab formalarini namoyish qilish uchun nafaqat toshkentlik, balki Surxondaryo, Fargʻona va Namangandan tashrif buyurgan ishlab-chiqaruvchilar yigʻilgan. Formalar dizayni deyarli bir xil: deylik, boshlangʻich sinf oʻquvchilari formalari koʻk rangdagi kataknusxa matodan tikilgan. Qizlar uchun yubka, nimcha va bomber, oʻgʻil bolalar uchun nimcha, shim va bomberlar sotilmoqda. Narxlar bir xil emas, kimdir boshlangʻich sinflar uchun formalarni 160 ming soʻmdan boshlab sotayotgan boʻlsa, qaysidir tadbirkorda bu forma narxi 180 mingni tashkil etadi. Yuqori sinf oʻquvchilari formalari 240 ming soʻmgacha sotilmoqda. Isteʼmolchi tikilishi va mato sifati jihatdan oʻziga yoqqanini tanlab, xarid qilishi mumkin.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Vыstavka shkolnoy formы

Promo-aktsiya haqida kechikib xabar qilinganmi, yoki boshqa sababmi, odamlar soni kutilganidek koʻpmas.

Rastalarning birida oʻquvchi-qizlar yubkasini obdon koʻzdan kechirayotgan ayol yoniga boraman. Oʻgʻil bolalar formasini koʻzdan kechirganday boʻlib, ayoldan "Forma yoqdimi?" deya soʻrayman. Suhbatdoshim qoshlarini chimirib, yubka qiyshiq bichilganini aytadi va asabiy ohangda "oʻzimiznikilardan nimani ham kutarding", deya qoʻshni rastaga qarab yuradi. U yerda "Kamchiligi faqat bitta - 100 % charmdan tikilgan", deya maqtalgan qizlar poyabzalini "poshnasi juda past, yassi tovonli bola koʻp yursa, oyoqlari ogʻrib qoladi", deya "ayblab", koʻrgazmani tark etadi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Shkolnaya forma

Keyingi rastaga oʻtaman. Oʻzi bilan birga ikki qizini olib kelgan ayol sotuvchidan forma matosi haqida soʻrayotgan ekan. Ularning suhbatidan yangi forma uchun "Parlament Yevro" nomli mato Xitoydan olib kelinayotgani (Oʻzbekistondan chiqayotgan mato sifat talabiga javob bermagani), boshlangʻich sinflar uchun forma matosi tarkibi 70%gacha paxtadan tayyorlangani, dazmoldan soʻng "yaltillab qolmasligi", gigiyena jihatdan barcha talablarga javob berishi, oʻquvchi tanasi bu formada "nafas olishi" haqida bilib olaman.

Ayolga maʼqul keldi, shekilli, u shu joyning oʻzida qizlariga mosini tanlashga kirishdi.

Shkolnaya forma
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Shkolnaya forma

"Yoqdimi?", - deb soʻrayman, qiziga formani kiydirib koʻrayotgan ayol yoniga borib. Suhbatdoshim koʻproq forma matosi juda maʼqul kelganini aytdi. "Sifat jihatdan SSSRda tikilgan formalarni eslatdi. Yuvib-yuvib kiyardik, hech rangi oʻzgarmas edi. Menga yoqdi. 180 ming soʻm "troyka" kostyum uchun qimmat emas", - deydi u.

Sotuvchilar bilan suhbat ularning hammasi ham matoni Xitoydan olib kelmagani, oralarida Oʻzbekistonda ishlab-chiqarilgan matodan forma tikib sotayotganlar borligini aniqlashtirdi. Mahalliy matodan tikilgan formalar va Xitoydan keltirilgan matodan tikilgan formalar orasidagi farq 20-30 ming soʻmni tashkil etardi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Gromadnыe medvedi primerili shkolnuyu formu novogo obraztsa

Promo-aktsiya davomida, tadbirga kelganlar uchun maktab formalari namoyishi boʻlib oʻtdi, nimcha va yubka kiyib olgan ulkan ayiqlar raqsi barcha mehmonlarga zavq ulashdi.

Formalar nega xaridorini topa olmayapti?

Tadbirning madaniy qismi yakunlanishi arafasida promo-aktsiya ishtirokchilari oʻz mahsulotlarini yigʻishtirishga tushishganini koʻrib, ular yoniga shoshilaman. Qancha forma sotishga muvaffaq boʻlishgani qiziq. Qisqa savol-javobdan soʻng ularning aksariyati bir dona ham forma sotisholmagani maʼlum boʻladi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Vыstavka shkolnoy formы proshla v Tashkente

Tadbirkorlar maktab formalari nafaqat bu yarmarkada, balki bozorlarda ham sotilmayotganini aytishadi.

Ularning fikricha, yagona maktab formasining kechiktirilgani xalq orasida "forma bekor boʻldi" degan notoʻgʻri tushunchani hosil qilgan va bugungi kunda hatto oldindan pul berib qoʻygan maktablar ham oʻz mablagʻlarini qaytarib olishga tushgan.

Xususan, yarmarkada qatnashgan tadbirkorlardan biri Gulshoda Bekmirzayeva "forma biznesi" tufayli bugun 5 milliard soʻm mablagʻi taqdiri nomaʼlumligicha qolayotganini aytadi.

"Men rahbarlik qilayotgan korxonada 50 mingga yaqin maktab formasi tikilgan. Forma tan narxini hisobga toʻgʻri qilib 100 ming soʻmdan (aslida undan qimmat) deb hisoblaydigan boʻlsak, gap milliardlar haqida borayotganini bilasiz. Bu pullar birgina menga tegishli emas, qarindosh-urugʻ bir necha oila boʻlib oʻrtaga pul tashlagan edik. Birgina men emas, shu yerga kelgan tadbirkorlarning har biridan soʻrashingiz mumkin, maktab formasi toʻgʻrisidagi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida qaysidir korxona 50ta, boshqasi 200 tagacha ishchi oʻrni yaratgan. Bugun esa boshimiz berk koʻchaga kirdi. Mahsulotlarimiz sotilmayotgani tufayli yaratilgan ish oʻrinlarini yopish darajasiga yetib keldik", - deydi u.

Gulshoda Bekmirzayevaning aytishicha, xalq orasida bugun oq-qora forma olish kerakmi yoki yangi tasdiqdan oʻtgan formani degan mazmunda ikkilanish bor.

"Sentyabr-oktyabr oyigacha mahsulotlarimizni sota olmasak, ishchilarimiz oldida qarzdorligimiz oshadi. Ular "oylik ish haqimni bermadi" deb ustimizdan shikoyat qilsa, qonunan haq boʻladi. Hozir shuni oʻylab boshim qotgan", - deya qoʻshimcha qiladi tadbirkor. 

Surxondaryolik tadbirkor Abduvohid Toshboyev ham Sputnik muxbiri bilan suhbatda aholi orasida "forma bekor boʻlgan" degan notoʻgʻri fikr shakllanganini tasdiqlaydi. U rahbarlik qilayotgan korxona bugun 30 mingta forma tikkan va 4 avgust holatiga koʻra, minglab formalardan atigi 500 komplekt sotilgan, xolos.

Toshboyev mahsulotning sotilishi yoki sotilmay qolib ketishida hukumat chiqarayotgan qarorlar muhim rol oʻynashini aytadi.

"Maktab direktorlarining forma sotilishi masalasiga aralashuvi man etilgani toʻgʻri fikrdir. Lekin biz ishlab-chiqarayotgan formalar haqida odamlar eshitishi kerak-ku? Avgust endi keldi, formalarimiz hali sotilib ketar ham, shunday boʻlsa-da buning uchun ozgina turtki kerak, deb hisoblayman", - deydi tadbirkor.

Asosiy mavzular