14:18 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Kontsert, posvyaщennыy Dnyu goroda v Moskve

Boshdagi shox, toʻqimalar oʻlimi - smartfonlar chaqiradigan kasalliklar

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Analitika
Havola olish
1042 0 0

Smartfonga uzoq vaqt davomida bitta koʻz bilan tikilish koʻz toʻr pardasi taʼsirchanligi sezilarli pasaytiradi, uning qayta tiklanishi uchun esa bir necha daqiqa talab etiladi. Telefondan uzluksiz foydalanish organizm uchun boshqa jiddiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik, Alfiya Yenikeyeva. Uch yil muqaddam ilk marotaba smartfondan koʻp foydalangan britaniyalik bemorda vaqti-vaqti bilan koʻrish qobiliyati yoʻqolishi kuzatilgan edi. Sal keyin mutaxassislar gadjetlar qay tarzda koʻrlikni keltirib chiqarishi mumkinligini tushuntirishdi. Telefondan uzluksiz foydalanish organizm uchun boshqa jiddiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Bir koʻzdan judo boʻlish

2016 yilning qish faslida Buyuk Britaniyada bir yoʻla ikki ayol koʻrish qobiliyati vaqti-vaqti bilan yoʻqolib qolayotganidan shikoyat qilib, shifokorlarga murojaat qilishadi. Bemorlar mamlakatning turli burchaklarida istiqomat qilar, ammo ulardagi kasallik belgilari juda oʻxshashligi aniqlanadi. Ikkala holatda ham koʻrish qobiliyati faqat bir koʻzda va 15 daqiqaga yoʻqolar, bu holat deyarli har kuni takrorlangan. Koʻzni koʻrikdan oʻtkazish, jumladan, koʻz toʻr pardasi optik kogerent tomografiyasi, bosh MRTsi va "A" vitamini miqdorini aniqlash uchun oʻtkazilgan qon tahlili naf bermaydi. Barcha koʻrsatkichlar boʻyicha bemorlar sogʻlom edi.

Keyinchalik maʼlum boʻldiki, ikkala ayol ham har tun yonboshlagan holda qorongʻida smartfon yordamida uzoq vaqt mutolaa qilar ekan. Ayollarning bir koʻzi bunday holatda yostiq bilan toʻsilgan. London shahri universiteti tadqiqotchilari ushbu holatlar bilan qiziqib qolib, koʻrlik sababi - assimetrik yorugʻlik adaptatsiyasi ekanligini taxmin qilishadi. Boshqacha aytganda, bitta koʻz qorongʻilikdan yorugʻlikka keskin oʻtishga moslashgan, ikkinchisi esa moslashmagan edi.

Smartfonga uzoq vaqt davomida bitta koʻz bilan qarashga rozi boʻlgan koʻngillilar ishtirokidagi tajribalar olimlar taxminlarini tasdiqlaydi. Maʼlum boʻladiki, telefon ekraniga yoʻnaltirilgan koʻz toʻr pardasi taʼsirchanligi sezilarli pasayar, uning qayta tiklanishi uchun esa bir necha daqiqa talab etilardi. Tajriba mualliflariga koʻra, bu singari bir tomonlama koʻrlik bir qarashda koʻringani kabi bezarar boʻlmay, smartfondan foydalanayotgan vaqtda displeyga ikkala koʻz bilan qarash maqsadga muvofiq ekan.

Toʻqimalar oʻlimi

Toledo universiteti (AQSH) tadqiqotchilari fikricha, smartfon va kompyuterlarga xos boʻlgan koʻk rang koʻrish qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Uzoq vaqt taʼsir oʻtkazadigan boʻlsa, u ayniqsa, koʻz toʻr pardasiga ziyon yetkazishi mumkin.

Agar inson har kuni uzoq vaqt va ayniqsa qorongʻida smartfondan koʻz uzmasa, yoshga doir makulyar degeneratsiyani orttirib olishi mumkin. Bu kasallikda koʻzning toʻrsimon toʻqimasi markaziy qismi — makulada — millionlab kolbalar va tayoqchalar halok boʻladi. Bunda avvaliga kishiga toʻgʻri chiziqlar toʻlqinsimon boʻlib koʻrinib, keyin mutolaa vaqtida koʻz ayrim harflarni ilgʻay olmaydi, soʻngra bemorlar nigohlari qarshisidagi predmetlarni koʻrish qobiliyatidan mahrum boʻlishlari mumkin. Shu bilan bir vaqtda yondan koʻrish qobiliyati saqlanib qoladi.

Ensadagi shox

Avstraliyalik olimlarning bir nechta ishlariga koʻra, smartfonlar bosh chanogʻidagi muayyan suyaklarning oʻsishini tezlashtiradi. Gap shoxsimon tikanlar haqida bormoqda. Bunda boshning juda koʻp egilishi tufayli bosh chanoqning orqa tomonida suyak oʻsishi boshlanadi.

Gap shundaki, aksariyat odamlar, smartfondan foydalanar ekan, oʻzlari bilmagan holda boshlarini oldinga - ekran tomonga egadilar. Bu holatda tana ogʻirligi umurtqadan boshning orqa tomonidagi mushaklarga tushadi. Natijada paylarda suyak -yaʼni, shoxsimon tish oʻsa boshlaydi. U normal holatda uch millimetrdan oshmasligi lozim. Biroq 30 yoshgacha boʻlgan koʻngillilarning 41 foizida (tadqiqot doirasida 1200 kishi koʻrikdan oʻtkazilgan boʻlib, ularning 300 nafarini - 18 yoshdan 30 yoshgacha yoshlar tashkil etgan) shox oʻlchami 10 millimetrdan 31 millimetrgacha ekanligi qayd etildi. "Shox"lar aksariyat holatlarda erkaklarda koʻproq uchragan.

Ilgarilari bu kabi suyak oʻsishi holatlari hayotining kattagina qismida ogʻir jismoniy mehnat bilan shugʻullanishga majbur boʻlgan keksa kishilarga xos boʻlgan. Suyak oʻsayotganda bosh muntazam ogʻrigan, boʻyin va umurtqa sohalarida yoqimsiz hissiyotlar sezilgan. Ammo yosh koʻngillilarda aniqlangan shoxsimon tishlar ularga hech qanday noqulaylik tugʻdirmagan. Yoshi katta guruhlarda suyak oʻsishi holatlari juda kam uchragan.

Toliqqan miya

Rutger universiteti (AQSH) xodimlari tadqiqotlariga koʻra, smartfonlar miya faolligiga yomon taʼsir koʻrsatadi. Agar ish vaqtidagi tanaffus mobil qurilmaga tikilgan holatda oʻtkazilsa, miya dam olmaydi, uning keyingi faoliyatdan mahsuldorlik esa faqat yomonlashadi.

Tadqiqotchilar 414 talabadan 20ta masalani yechishni soʻrashgan. Bu uchun bir necha soat vaqt ajratilgan, orada faqatgina bitta tanaffusga ruxsat berilgan. Boʻsh vaqtni telefon, kompyuter yoki daftarlar bilan oʻtkazish, shuningdek, tanaffusdan voz kechish ham mumkin edi.

Qoʻllarida smartfon bilan dam olgan koʻngillilar berilgan topshiriqlarni hammadan yomonroq bajarganlar. Oʻrtacha hisobda masalalarni yechish uchun ularga 19% koʻp vaqt talab etilgan, bundan tashqari ular masalalarni tadqiqotning boshqa ishtirokchilariga nisbatan 20 foiz kamroq yechishgan, tajriba yakunida esa oʻzlarini juda horgʻin his etganlar.

Umuman olganda, tadqiqotchilar fikricha, smartfonlarga tobelik (xuddiki giyohvand moddalarga yoki oʻyinlarga tobelik singari) haqida gapirishga hali erta. Demak-ki, gadjetlarning organizmga salbiy taʼsirini yaxshilash mumkin. Asosiysi - ulardan foydalanishga aql bilan yondashmoq lozim.

Asosiy mavzular