23:19 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Rossiyadan Oʻzbekistonga harbiy texnika yetkazib berilishi mintaqada xavfsizlikni kuchaytiradi

© Foto: Minoboronы Uzbekistana
Analitika
Havola olish
216260

Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizligi koʻp jihatdan Rossiya va Oʻzbekiston harbiy-texnikaviy hamkorligi muvafaqqiyatli amalga oshirilishi bilan taʼminlanadi.

Terrorizmga qarshi kurash birinchi navbatda armiya va boshqa kuch tuzilmalarini yangi qurol va harbiy texnika bilan taʼminlashni oʻz ichiga oladi. Moskva Toshkentga qisqa vaqt ichida milliy qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishga yordam bermoqda. Oʻz navbatida, Oʻzbekiston xavfsizlik sohasida ODKB, MDH va SHHT davlatlari bilan doimiy va konstruktiv hamkorlik qilmoqda.

V Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu  krupneyshiy voyennыy poligon
© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.

Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasining (RATS) "Terrorizmga qarshi kurash - chegarasiz hamkorlik" VII xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston poytaxti nafaqat notinch Afgʻoniston bilan umumiy chegaraga ega boʻlgani uchungina, terrorizmga qarshi kurashning muhim xalqaro markazlaridan biriga aylanmoqda.

Birinchi navbatda Oʻzbekiston  mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashning real vositalariga ega - mudofaa byudjeti taxminan 1,4 milliard dollarga va ishonchli ittifoqchilarga ega boʻlgan Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiya (Global Firepower reytingiga koʻra) hisoblanadi.

RATS konferentsiyasida SHHTga aʼzo-davlatlari, kuzatuvchi-davlatlarining vakolatli organlari xodimlari, shuningdek muloqot boʻyicha sheriklar va BMT, MDH, YEHHT, Osiyoda oʻzaro hamkorlik va ishonch yigʻilish (SVMDA) uchrashuvlari vakillari ishtirok etmoqda.

Maqsad - terrorizmga qarshi kurashda xalqaro saʼy-harakatlarni birlashtirish, chunki bu dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash uchun asos hisoblanadi.

Markaziy Osiyoda keng koʻlamli aksilterror harakatlarining samaradorligi koʻp jihatdan Oʻzbekiston va Rossiyaning harbiy-texnik hamkorligi dinamikasiga bogʻliq.

Raqamlar va faktlar

Yaqin oʻn yillikda Oʻzbekistonning qurolli kuchlarni qayta qurollantirishga sarflaydigan xarajatlari 7 milliard dollardan oshishi mumkin.

Toshkent 2020 yilgacha armiyani zamonaviy qurol-yarogʻlar bilan taʼminlash dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, bunda Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan zarba aviatsiyasi, havo hujumidan mudofaa tizimlari va zirhli transport vositalarini afzal koʻrmoqda.

Bugun RF va Oʻzbekiston harbiy-texnikaviy hamkorligi 2019 yil uchun qabul qilingan ikki tomonlama hamkorlik rejasiga asosan rivojlanmoqda.

Harbiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Rossiya-Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasi may oyida 2025 yilgacha Oʻzbekiston qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va zamonaviy harbiy texnika bilan jihozlash toʻgʻrisida kelishuv tashabbusi bilan chiqdi.

Toshkent Moskvani afgʻon-oʻzbek chegaralarini jihozlashga jalb qilishi mumkin.

Tomonlarning eng katta kelishuvlari avia texnikasiga tegishli. Xususan, iyul oyida 12 ta shartnomani amalga oshirish boshlandi, unga koʻra Toshkent yangi Su-30SM qiruvchilari, Mi-35M hujum vertolyotlari va radiolokatsiya tizimlarini oladi.

Zarba sifatida xizmat qilishi mumkin boʻlgan Yak-130 (yuqori aniqlikdagi qurollarni ishlatishga moslashgandan soʻng) oʻquv-samolyotlarini kelgusida sotib olishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiya Oʻzbekiston harbiy havo kuchlariga tegishli boʻlgan 30 dona MiG-29 qiruvchilarini modernizatsiya qilishga yordam beradi.

Toshkent havo hujumidan mudofaa qoʻshinlariga modernizatsiya qilingan “Pechora-2M” zenit raketa majmualariga texnik xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan vositalar va radiolokatsiya stantsiyalarni sotib olishni rejalashtirgan. Rejalarda – P-37 radiolokatsiya stantsiyasini 12A6 "Sopka-2" darajasigacha modernizatsiya qilish. Oʻzbekiston MDHning havo hujumidan mudofaa qoʻshma tizimiga qoʻshildi.

Yaqinda Tojikistonda boʻlib oʻtgan qoʻshma harbiy mashqlar va MDHning havo hujumidan mudofaa qoʻshma tizimini Oʻzbekiston havo hududida mashgʻulotlar harbiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlamoqda. Bundan tashqari, Toshkent va Moskva havo hududidan oʻzaro foydalanish toʻgʻrisida kelishib oldi.

Oʻzbekiston quruqlikdagi qoʻshinlari 420 dona tank, 1 215 dona piyoda askarlar uchun moʻljallangan jangovar mashina, 137 dona oʻziyurar artilleriya quroli, 98 dona raketa majmualari bilan qurollangan. Ushbu mashinalarning aksariyati modernizatsiyaga muhtoj, bu Rossiya yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, yangi kelganlari ham bor: Oʻzbekiston Rossiyada sotib olingan KamAz-53949 “Tayfun-K 4x4” zirhli texnikasini namoyish etdi.

Qurol-aslaha boʻyicha yirik shartnomalar harbiy kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni oldindan belgilab beradi.

Moskva Toshkentga qurolli kuchlarning yuqori malakali ofitserlar korpusini shakllantirishda yordam bermoqda - 300 dan ortiq oʻzbek harbiylari Rossiya Federatsiyasining harbiy oliygohlarida tahsil olmoqda.

Mintaqaviy xavfsizlik bu savdo predmeti emas. Rossiya va Oʻzbekiston oʻzaro hisob-kitoblarni maksimal qulay shartlarda amalga oshirmoqda, shu jumladan Toshkentga imtiyozli kredit berish asosida. Oʻzbekiston 2016 yildan boshlab Rossiya qurollarini Rossiyaning ichki narxlarida oladi (ODKB va Bojxona ittifoqidan tashqaridagi bunday imtiyozlarga ega boʻlgan yagona MDH davlati hisoblanadi).

Ikki mamlakat oʻrtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik reja asosida rivojlanmoqda va tahdid va chaqiruvlar koʻlamiga toʻla mos keladi. Keyingi oʻn yillikda Moskva Toshkent uchun qurol va harbiy texnikaning asosiy yetkazib beruvchisi boʻlib qoladi.

Tashqi tahdidlar

Oʻzbekiston mudofaa qobiliyatining oʻsishi Markaziy Osiyodagi xavotirli vaziyat, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va afgʻon giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi bilan bogʻliq.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabrda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda mutaxassislarning tezkor samarali hamkorlik qilishi muhimligini taʼkidladi.

Aynan kuni kecha bir guruh qurollangan terroristlar Oʻzbekiston chegarasidagi, Dushanbe shahridan 60 km gʻarbda, 4-sonli “Ishqobod” chegara postiga hujum qildi.

Shu yilda Rossiya, Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻz hududida 13 ta terrorchilik yacheykalarni fosh qildi.

Suriyada islomiy-jangarilar uchun umidsiz holat ularni boshqa davlatlarga borishga majbur qilmoqda. "ISHID" va "Tolibon" ning katta kuchlari (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan terrorchilik tashkilotlar) hozir Afgʻonistonning shimoliy chegaradosh viloyatlarida joylashgan.

Xalqaro xavfsizlik tizimi jiddiy sinovdan oʻtmoqda. Terroristlar moslashuvchanlikni namoyish etib, yangi sharoitlarga moslashmoqda, kiber texnologiyalar va xakerlik hujumlarini oʻzlashtirmoqda.

Oʻzbekiston muhim boʻgʻin boʻlgan SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ham Markaziy Osiyo yoʻnalishida takomillashmoqda.

Avvalroq Oʻzbekiston poytaxtida RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev afgʻon muammosini mamlakat prezidenti va hamkasblari bilan muhokama qilingandi. Bu ish davom ettiriladi.

Markaziy Osiyo, Rossiya va Afgʻoniston chegara xizmatlari rahbarlari 2020 yil mart oyida Oʻzbekistonda yigʻiladi. Kelgusi yil aprel oyida esa Armanistonda MDH chegara qoʻshinlari qoʻmondonlar kengashining yigʻilishida afgʻon masalasi koʻrib chiqiladi.

Yaqin uch yil ichida SHHT MATT boshqa xalqaro antiterror tashkilotlari bilan hamkorlikni faollashtirish va qoʻshma oʻquv-mashgʻulotlar amaliyotini tiklashni rejalashtirmoqda. Har qanday strategiya chindan faqat qoʻshin va quroldan jangovar foydalanish amaliyoti bilan tekshiriladi.

Asosiy mavzular