12:30 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Sovetnik premyer-ministra Kыrgыzstana Kubatbek Raximov

Agar Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilsa, bu mehnat migrantlariga foydali boʻladi - Rahimov

Sputnik / Yuriy Korsuntsev
Analitika
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
119412

Toshkent Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qoʻshilish masalasini koʻrib chiqmoqda. Hozirgi vaqtda ekspertlar eng qulay sharoitlarni ishlab chiqish uchun barcha foyda va xavflarni baholamoqda.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik, Aleksey Stefanov. Agar Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qoʻshilsa, bu mamlakat mehnat migrantlariga ijobiy taʼsir qiladi.

“Valday” klubining Osiyo anjumaniga kelgan Qirgʻiziston bosh vazirining maslahatchisi Kubatbek Rahimov Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda bu fikrni aytdi.

Amaldor Rossiyada ishga kirishda Qirgʻiziston va Qozogʻiston fuqarolari rus tilidan imtihondan ozod qilingani va mehnat patentini olish kerak emasligini misol tariqasida keltirdi.

“Men oʻylaymanki, Oʻzbekiston fuqarolari YEOIIning umumiy mehnat bozorida teng huquqli ishtirokchilari sifatida oʻzlarini his qilishlariga toʻlaqonli huquqqa ega. Oʻtgan yili Moskva byudjetiga chet elliklar tomonidan patentlarni toʻlashdan taxminan 17 milliard rubl kelib tushdi. Ushbu toʻlovni toʻlaganlarning aksariyati Oʻzbekiston, Ukraina, Tojikiston, Moldova va Ozarbayjon fuqarolari. Ammo qozogʻistonliklar va qirgʻizistonliklar bu soliqni toʻlamaydilar,” - deydi Rahimov.

Mutaxassisning fikriga koʻra, YEOII davlat ishchilari tejalgan pullarni oʻz oilalari farovonligini oshirishga sarflashlari mumkin.

Bundan tashqari, maslahatchi Oʻzbekiston endi Yevrosiyo taraqqiyot banki bilan yaqin hamkorlik masalasini koʻtarishi kerakligiga eʼtibor qaratdi, unda ishtirokchilar tarkibi deyarli Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga toʻgʻri keladi.

"Oʻzbekiston hozirning oʻzida respublika hududidagi infratuzilma, energetika va boshqa loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etish masalasini koʻtarishi kerak. Bu YEOIIga aʼzo boʻlishda koʻmak berishi mumkin", - dedi Rahimov.

Samarqandda 10-11 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi koʻpqirrali hamkorlik” mavzusiga bagʻishlangan oʻninchi Osiyo anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanda 11 ta – Rossiya, Oʻzbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya kabi davlatlardan 70 dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etdi.

Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular