16:51 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Radiator tsentralnogo otopleniya v kvartire

Gaz oʻzimizniki, xonadonlar esa sovuq - nima qilmoq kerak?

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Analitika
Havola olish
434 0 0

Oʻzbekistonda havo sezilarli sovidi. Ayrim tumanlardagi gaz quvurlarida bosim shunchalik pasayib ketgan-ki xonadonlardagi gaz plitasida ovqat tayyorlashning ham imkoni yoʻq, deb yozadi muallif.

Dmitriy Verxoturov

Oʻzbekistonda havo sezilarli sovidi. Tungi harorat -6 gacha pasaydi, hatto janubiy Surxondaryo viloyatida ham 27chidan 28chiga oʻtar kechasi harorat tunda -5 gacha pasayib ketdi. Bu qishki ob-havo, deb yozadi muallif.

Achinarlisi, kvartira va uylarda harorat sovib ketdi; ayrim tumanlardagi gaz quvurlarida bosim shunchalik pasayib ketgan-ki, gaz plitasida ovqat tayyorlash ham imkoni yoʻq. Yuqorida tilga olingan Surxondaryo viloyatida "Hududgaz Surxondaryo" MCHJ mutaxassislari hech boʻlmasa muhim davlat obʼyektlari, harbiy va tibbiyot muassasalarini gaz bilan taʼminlash uchun qattiq harakat olib borishmoqda. Ular hatto Termiz shahridagi restoran va kafe egalarini 2020 yil 1 apreligacha gaz tarmogʻidan uzib qoʻyishlari xaqida ogohlantirib qoʻyishdi.

Umuman olganda, gaz taʼminotiga taaluqli yangiliklar – deyarli frontdan kutilayotgan xabarlar kabi. Oʻzbekistonning boshqa mintaqalarida ham, ayniqsa, Qoraqalpogʻiston kabi tez-tez "muzlab" turadigan mintaqada, holat yaxshi emas. Qishki yoqilgʻi va tabiiy gaz yetishmovchiligi muammosi Oʻzbekiston  uchun odatiy hol boʻlib ulgurgan, sovuq toʻgʻrisida shikoyatlar ancha yillardan beri tushib kelmokda. Bunday holatlarga tushuntirishlarni keltirilishi ham odatiy hol boʻlib qoldi.

Gazchilar odatda aholi tomonidan gaz asossiz koʻp va hisobsiz, va koʻp holda oʻgʻrilikcha foydalanayotganini bahona qilishmokda. Aholi esa oʻz oʻrnida Oʻzbekistondan gaz eksporti ular hisobiga (yetkazib berilayotgan hajm pasayishi hisobiga) amalga oshirilayotganini roʻkach qilmokda.

Oxirgi paytlarda sabzavotlarni eksportga yetishtirayotgan issiqlik xoʻjaliklari xisobiga gaz taʼminoti pasayib ketganligi xam baxona, sabab sifatida koʻrsatilmoqda. Bu keltirilgan sabalar ichida xaqiqatga yaqini xam borligini xisobga olgan xolda kechayotgan xolatlarga oʻz fikrimizni va sabablarini bildirishni lozim topdik.

Oʻzbekiston qishda kanday isitiladi

Isitish mavsumi havo harorati +8 gradusdan pasayib ketgandagina boshlanadi. Mos ravishda isitish mavsumi hisoblanib chiqadi, Toshkent shaxri uchun 159 kunni tashkil etadi (ichida 30 kun 0 darajadan past xaroratda), Termiz uchun 91 kun minus darajalarsiz. Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq shahri eng sovuq mintaqa sanaladi, isitish mavsumi 271 kunni tashkil etadi, undan 104 kun minus darajali kunlar. Bu uzoq yillik oʻrtacha koʻrsatkichlar.

Shunday kilib, Qoraqalpogʻistonni hisobga olmagan xolda, Oʻzbekistonda yashash binolarini jadal isitish davri markaziy va shimoliy viloyatlar uchun 1 dan 2,5 oygacha boʻlgan davrni tashkil etadi, respublika janubida esa jadal isitish koʻp ham talab etilmaydi. Birok shu vaqtning oʻzida havoning qisqa muddatli, lekin juda noqulay sovub ketishi holatlari kuzatiladi.

Mening fikrimcha, muammoning negizi quyidagini tashkil etadi. Birinchidan, qisqa muddatli isitish davri gazni yuqori isteʼmolini keltirib chiqaradi. Iliq kuz-bahor oylarida, shuningdek iliq qish oylarida koʻp miqdorda gaz talab etilmaydi, chunki gaz taqsimlash tarmoqlarining oʻtkazish salohiyati juda past. Ikkinchidan, shu kunlarda kuzatilayotgan havoning keskin sovushi, gazning yana ham koʻproq isteʼmolini keltirib chiqaradi, va gaz isteʼmolining mos ravishdagi keskin oʻsishi gaz quvurlarining oʻtkazish salohiyati chegarasidan yuqori.

Gaz bosimi pasayishi va gazning oʻtkir yetishmovchiligi holati vujudga keladi.

Extiyojning oʻsishi haqida

Isitish extiyojlari uchun gaz sarfi, albatta, sezilarli oʻsmoqda. Oxirgi yillarda Oʻzbekistonda qurilishlar misli koʻrilmagan darajada oʻsdi. 2006 yilda turar joylar jaʼmi maydoni 379,3 million kv. metrni, shu jumladan 70,6 mln kv.metr kvartiralarni tashkil qilgan boʻlsa, 2009-2015 yillarda qoʻshimcha 70,2 million kv.metr, shu jumladan 19 million kv.metr kvartiralar foydalanishga topshirilgan. Turar joylar maydoni oʻrtacha bir yillik oʻsishi koʻrsatkichini 10 million kv.metr deb shartli hisobga olsak, 2019 yil turar joylar fondi koʻrsatgichi qariyb 500 mln. kv.metrni tashkil etishi mumkin.

Va bu turar joylarni qishda isitish kerak. Issiqlikning meʼyoriy sarfi oyiga 1 kv.metrga 0,0363 GKalni tashkil etadi. Va shu butun turar joylar maydonini isitish uchun bir oyda 18,4 mln Gkal issiqlik, va yoki 1 Gkal issiqlik uchun 170 kub.metr gaz sarflansa, gazning jaʼmi bir oylik sarfi 3,1 milliard kub.metrni tashkil etadi.

Maʼlumki, Oʻzbekistonda 2019 yil yanvar-oktyabr oylarida 20,8 mln GKal issiqlik ishlab chiqarildi (bunga 4,2 milliard kub.metr sarflanadi). Shu issiqlikni uylarni isitishga yoʻnaltirsa, mavjud issiqlik resurslari isitish mavsumining atigi 1,3 oyiga yetadi.

Bu holatda isitish ehtiyojlari uchun sarflanadigan manbalar sarfi boʻyicha chalkashlik yuzaga keladi. Bu yerda yuqorida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarda keltirilgan maydonlardan qay biri markaziy isitish tizimi tomonidan isitilishi va qay birida bevosita individual uskunalarda va kozonlarda isitilishini aniqlash imkoniyati yoʻk.

Undan tashqari, ularning nisbati oʻzgarib turadi. Oʻzbekiston Prezidenti qarori bilan 2017 yil 20 aprelda tasdiqlangan 2018-2022 yillarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi mavjud, va bunga asosan shaxsiy kvartira ichida oʻrnatiladigan isitish tizimlarini oʻrnatish boʻyicha rejalar belgilab berilgan. Bu rejaga koʻra, bu tizimlar 2022 yilgacha 140,39 ming xonadonlarda (kvartiralarda) oʻrnatilishi rejalashtirilgan, shu jumladan 53,4 ming xonadonga 2018-2019 yillar davomida.

Bu reja amalga oshirilganini aniq aytish qiyin. Lekin 53,4 ming xonadon – bu taxmiman 2680 ming kv.metr yashash maydoni, va uni isitishga 13,4 mln.kub.metr gaz sarflanadi (1 kv.metr yashash maydinini isitish uchun 5 kub metr gaz sarfi meʼyori qabul kilindi; bu meʼyor avtonom isitish tizimlarini ishlatish tajribasidan kelib chiqqan).

Bu faqatgina davlat dasturi doirasida. Xonadon ichi gazda isitiladigan isitish tizimlarini qancha uy egalari oʻz xisobiga oʻrnatganini oʻzbek gazchilari xam oʻzlari aniq ayta olishmaydi. Bunday tizimlarda gaz sarfi har xil boʻlishi mumkin va meʼyorlardan farq qilishi mumkin.

Umuman olganda, qurilish templari oʻsganligi va individual isitish tizimlarini koʻpayishi gazning sovuq havoda oʻta baland sarfiga olib keldi. Shunchali darajada oshdiki, gaz yetkazish tizimi va gaz taqsimlash tizimi kerakli gaz hajmini yetkazib berishi vazifasini uddalay olmay qoʻydi. Bilishimizcha, qish davrida gaz quvurlari tizimida odatiy avariya xolatlarini asosiy sabablaridan biri, quvurlarga bir oz gaz xajmini oshirgan xolda bosimni oshirilishi.

Gaz omborlari zarur

Mening fikrimcha, bu azaliy muammoning yechimi sifatida qish paytida gazning yuqori sarfi kuzatilayotgan tumanlar yaqinida qurilgan Yer osti gaz omborlari (YEOGO) boʻlishi mumkin. Yoz va kuz oylarida ularga gaz toʻplanishi va qishda gaz bu omborlardan gaz taʼminoti tizimiga yetkazib beriladi. Gaz zaxirasi isitish mavsumida ehtimoliy sovib ketish hisobi olingan holda hisoblanadi. Rossiyada "Gazprom" oʻz gaz omborlari tarmogʻiga ega, ularning zaxirasi magistral gaz quvurlari orqali yetkazib berilishi va qish sovuqlarida yuqori sarflar paytida taʼminlash uchun yetarli. Oʻzbekiston  bu tajribani oʻzida bir oz oʻzgartirish bilan qoʻllashni tadbiq etsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Unchalik katta boʻlmagan gaz omborlari kifoya qiladi (misol uchun "Gazli" YEOGO), 200-300 mln kubometr gaz sigʻimli va joylashuvi yuqori sarfli tumanlarda va rivojlangan gaz taqsimlash tizimi bilan.

Mahalliy gaz taqsimlash tizimlari qoshida gazolderlarni oʻrnatish ham muammoni yaxshi yechimlaridan biri boʻlar edi. Bu yetarlicha kattagina inshoot boʻlib, 50 ming kub.metr sigʻimli gazolder 60 metr diametrdagi inshoot boʻlishi mumkin. Bunday inshootlar sovuq va yuqori sarfli paytlarda gaz taʼminotini quvvatlab turish imkonini beradi.

Albatta, maishiy sektorda gaz sarfini kamaytirish maqsadga muvofik boʻlardi. Biroq, isteʼmolchilarni tejamkor uskunalarga oʻtishga majburlash uchun juda koʻp vaqt va kuch talab etiladi. Ikkinchidan, bu koʻp ham kafolat boʻla olmaydi, chunki isteʼmol sarfi uylar qurilishi va yangi yashash maydonlari topshirili sayin oshib boradi. Oʻzbekiston isitish tizimi ehtiyojlarini oʻz gazi bilan taʼminlashi mumkin, fakat unga oʻziga xos gaz transport tizimi va gaz taqsimlash tizimi kerak.

Asosiy mavzular