16:12 26 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Analitika
Havola olish
85810

Siyosatshunos Dmitriy Verxoturov Sputnik uchun Markaziy Osiyo davlatlari bu yil boyishga erisha oldimi, degan savolga oʻz fikrlarini bildirdi.

Yil oxirida yil natijalarini sarhisob qilish odatga aylangan. Oʻylaymizki, Markaziy Osiyoning uch davlati: Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston uchun iqtisodiy sohadagi natijalarini bunday sarhisob qilish oʻrinli.

Odatda iqtisodiy oʻsish yalpi ichki mahsulot (YAIM) oʻsishi bilan baholanadi. Biroq, qoidalarga muvofiq, yil oxiriga bunday raqamlar hali beri shakllanmaydi. Statistika maʼlumotlari tez yigʻilib jamlanmaydi, shuning uchun oʻtgan yilga doir jami maʼlumotlar keyingi yilning mart-aprel oylarida chop etiladi. Lekin baʼzi bir natijalarni keltirsak boʻladi.

Dastlabki natijalar

Hozirda milliy statistika idoralari YAIMning joriy yilning maʼlum bir davri koʻrsatkichlarini chop etishmoqda.

Maʼlumotlarni oʻzaro taqqoslash uchun biz ularni milliy valyutalarda va dollarlarda keltiramiz.

• Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti (2019 yilning 9 oyi) - 361,8 trln soʻm;

oylik oʻrtacha - 40,2 trln soʻm;

yillik hisobda (istiqbolda) - 482,4 trillion soʻm / 50,69 milliard dollar.

•Tojikiston yalpi ichki mahsuloti (8 oy) - 44,8 milliard somoniy;

oylik oʻrtacha - 5,6 milliard somoniy;

yillik hisobda (prognoz) - 67,2 milliard somoniy / 6,9 milliard dollar.

•Qirgʻiziston yalpi ichki mahsuloti (8 oy) - 334,6 milliard soʻm;

oylik oʻrtacha - 41,8 milliard soʻm;

yillik hisobda (istiqbolda) - 501,9 milliard soʻm / 7,18 milliard dollar.

Shuni taʼkidlash joizki, statistika idoralari YAIM oʻsishi haqida xabar berishlariga qaramay (aytaylik, OʻzR Davlat statistika qoʻmitasi 2019 yil yanvar-sentyabr oylarida mamlakat YAIM oʻsishi 2018 yilning shu davriga nisbatan 5,7% ga oʻsganini eʼlon qildi) fuqarolar oʻz choʻntaklarida daromadning bunday oʻsganini his etmayaptilar.

Buning sababi, YAIM koʻrsatkichi milliy boylik koʻrsatkichlarini emas, balki koʻproq biznes dinamikasi va narxlar oʻzgarishini aks ettirmoqda.

Bundan tashqari, inflyatsiya yalpi ichki mahsulotga sezilarli hissa qoʻshadi va uni bir necha foizga oshirishga qodir. Oʻzbekistonning oʻzida, narxlar va tariflarning keskin sakrashi sababli, joriy narxlarda YAIM oʻsmasa, ajablanarli boʻlardi.

Shunday qilib, Oʻrta Osiyoning uchta respublikasi yanada boyib ketganligini baholash uchun boshqa mezonlarni tanlash kerak. Bu milliy boylik bilan bevosita bogʻliq boʻlishi kerak.

Uy-joy qurilishi hajmlari

Menimcha, bunday qoʻrsatkich sifatida uy-joy qurilishini keltirish mumkin. Bir tomondan, ushbu tarmoq iqtisodiyotning boshqa koʻplab tarmoqlar bilan bogʻliq boʻlib, uning oʻsishiga qarab butun mamlakat sanoati holatini baholash mumkin. Sarmoyalar faqat normal ishlaydigan va rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida shakllanishi mumkin boʻlgan uy-joy qurilishiga yoʻnaltiriladi.

Markaziy Osiyo amaliyotiga muvofiq, uy-joy qurilishiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar unchalik katta emas, buning uchun asosiy manba bu milliy, ichki omonat va sarmoyalar.

Shuningdek, yangi uy-joylarni sotib olish turli xil tovarlar va xizmatlarni taqdim etadigan iqtisodiyotning butun bir qismini oʻziga jalb qiladi, yaʼni yangi uy-joy talabning shakllanishida ishtirok etadi.

Boshqa tomondan, turar-joy binolari uzoq, oʻn yilliklar davomida foydalaniladi va ular mamlakat aholisining turmush darajasi asosi hisoblanadi. Bir soʻz bilan aytganda, agar uy-joy qurilayotgan boʻlsa, bu milliy boylik toʻplanib borayotganligini anglatadi.

Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistonda uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham dastlabki, ammo shu bilan birga juda namunaviy.

• Oʻzbekiston (6 oy) - 6,6 million kvadrat metr;

oylik oʻrtacha hajmi - 1,1 million kvadrat metr;

yillik oʻsish (istiqbolda) - 13,2 million kvadrat metr / har bir kishi uchun 0,39 kvadrat metr.

• Tojikiston (5 oy) - 293 ming kvadrat metr;

oʻrtacha oylik hajmi 58,6 ming kvadrat metr;

yillik oʻsish (istqbolda) - 703,2 ming kvadrat metr / har bir kishi uchun 0,076 kvadrat metr.

• Qirgʻiziston (10 oy) - 795 ming kvadrat metr;

oʻrtacha oylik hajmi 79,5 ming kvadrat metr;

yillik oʻsish (istiqbolda) - 954 ming kvadrat metr / har bir kishi uchun 0,14 kvadrat metr.

Oʻzbekistonga nisbatan aytishimiz mumkinki, agar haqiqatdan ham 2019 yil oxirida 13,2 million kvadrat metr uy-joy qurishga erishilsa, u holda uy-joy qurilishi 12 million kvadrat metrdan ortiq qurilgan 2018 yil darajasidan oshadi.

Qurilish materiallari narxlarining koʻtarilishi va energiya narxlarining oshishi sharoitida bunday natijalar, har xil salbiy holatlarga qaramay, Oʻzbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi. Menimcha, bu birinchi navbatda yiliga 1,1 million tonna tsement ishlab chiqarish quvvatiga ega Jarqoʻrgʻon tsement zavodining ishga tushirilishi bilan bogʻliq.

Kelgusi yilda, tarmoqda ishlatiladigan va muqaddam chet eldan import qilingan metall list prokat Oʻzbekistonda yangi ishga tushirilayotgan metallurgiya zavodida ishlab chiqarilishi boshlanishi bilan uy-joy qurilishi yanayam oʻsishi mumkin. Shuningdek, boshqa yirik tsement zavodlarini qurish va foydalanishga topshirish tufayli ham. Respublika hukumati tomonidan qatʼiyatlik bilan olib borilayotgan uy-joy narxini pasaytirish siyosati muhim hissa qoʻshmoqda.

Qoʻshnilar ham urinishmoqda

Qizigʻi shundaki, YAIM kursatkichlari bilan yaqin Qirgʻiziston va Tojikistonda uy-joy qurilishi tubdan farqlanadi. Qirgʻizistonda aholi jon boshiga aholi yashash maydonining oʻsishi Tojikistonga nisbatan ikki baravar koʻp va 2019 yil boshida Tojikistonda uy-joy qurilishi 2018 yil boshiga nisbatan sezilarli darajada pasaydi.

Bu, mening fikrimcha, Tojikiston hukumati yigʻimlari va oʻz investitsiya resurslarini maksimal qismini 2019 yilda ikkinchi gidrotexnika inshooti ishga tushirilgan Rogʻun GESini qurib bitkazishga yoʻnaltirishga urinayotgani bilan bogʻliq. Ushbu vaziyat tufayli uy-joy qurilishiga kamroq investitsiya kiritildi va shuning uchun uy-joy fondini koʻpayishi sust.

Rogʻun tojik iqtisodiyoti uchun juda muhim, u ham milliy boylik toʻplashning bir shaklidir. Biroq, Tojikiston aholisi bundan samarani tez orada sezmaydilar: avvalombor elektr energiyasini iqtisodiy resurslarga, keyin esa toʻgʻridan-toʻgʻri ular uchun mavjud boʻlgan moddiy tovarlarga aylantirish kerak.

Xoʻsh, Markaziy Osiyoning uchta respublikasi 2019 yilda boyroq boʻlishdimi? Ha, albatta, boʻlishdi, faqat turli darajada. Albatta, Oʻzbekiston boshqalarga qaraganda koʻproq boyidi.

Asosiy mavzular