04:52 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Analitika
Havola olish
1057 0 0

The Wall Street Journal xabariga koʻra, Tramp maʼmuriyati Amerika qoʻshinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga uringani uchun Iroqni jiddiy jazolash yoʻlini topdi.

Ivan Danilov

The Wall Street Journal xabariga koʻra, Tramp maʼmuriyati Amerika qoʻshinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga uringani uchun Iroqni jazolashning jiddiy chorasini topdi. Ushbu jazo chorasi nafaqat Iroq iqtisodiyotiga jiddiy zarba beradi, balki Amerika rasmiylariga oʻnlab milliard dollarni olib qoʻyish imkoniyatini yaratadi.

The Wall Street Journal manbalariga koʻra, vaziyat dollarga asoslangan moliyaviy tizimdan foydalangan holda geosiyosiy shantajning yorqin misoliga oʻxshaydi: "Iroq rasmiylarining soʻzlariga koʻra, Tramp maʼmuriyati bu hafta Iroqni Bagʻdod Ameriqa qoʻshinlarini berilgan zarba natijasida Eron generalini haloq boʻlganligini roʻkach qilib quvib chiqarsa, hukumatning muhim bank hisob raqamidan foydalanish huquqidan mahrum boʻlishi haqida ogohlantirgan. Davlat Departamenti, AQSH Iroq Markaziy bankining Nyu-Yorkdagi Federal rezerv bankida joylashtirilgan xisob raqamiga Iroq uchun ishlatish xuquqini yopib qoʻyishi haqida ogoxlantirdi, bu oʻz yoʻliga Iroqning shundoq ham beqaror iqtisodiyotiga yanayam kattaroq zarar yetkazishi mumkin, deb xabar beradi Iroq rasmiylari".

Mojaroning mohiyatini esga olish kerak. Yaqinda Eronning eng nufuzli rasmiy mulozimi oʻldirilganidan keyin Vashington Iroq parlamentida "gʻalayon"ga duch keldi, unda shia partiyalari hukumatdan AQSH harbiylarini mamlakatdan haydab chiqarishni talab qilishdi. Bu AQSH hukumati rasmiylarining juda xaotik reaktsiyasini keltirib chiqardi: birinchi navbatda, Iroqqa "Iroq suverenitetini hurmat qilgan holda" qoʻshinlar olib chiqib ketilishi toʻgʻrisida rasmiy xat keldi, ammo keyin Pentagon bu "notoʻgʻri xat" hatoliq bilan yuborilganini va hech kim xech narsani olib chiqib ketmasligini  eʼlon qildi.

Juma kuni CNN telekanalining xabar berishicha, Davlat departamenti rasmiylari "AQSH Iroq rahbariyatining qoʻshinlarni olib chiqib ketish mexanizmini yaratish toʻgʻrisida iltimosiga qaramay, mamlakatdan oʻz qoʻshinlarini olib chiqish niyatida emasligini bayon qilishdi".

Mamlakatidan qoʻshinlarini rasman olib chiqib ketishi zarurligiga javoban Amerika oʻz qoʻshinlarini qoldirishini sababi sifatida nihoyatda bemaʼni va xaqoratomuz sabab koʻrsatmoqda. Davlat kotibi Mayk Pompeo shunday dedi: "Bizning vazifamiz juda aniq: biz bu mintaqada oʻquv missiyasini tugatish, Iroq xavfsizlik kuchlariga muvaffaqiyatli boʻlishiga va ISHID*ga qarshi kampaniyasini davom ettirishga yordam berish uchun turgan edik. Biz ushbu vazifamizi davom ettirmoqchimiz."

Bundan kelib chiqadiki, AQSH nuqtai nazaridan Iroq armiyasi Iroq hukumatining xohishiga qarshi "oʻqitiladi" va agar "The Wall Street Journal" ning maʼlumotlari toʻgʻri boʻlsa, Iroq hukumati "Amerika harbiy yordamidan" bosh tortgani uchun Iroqning Amerikadagi Markaziy banki hisobdagi barcha davlat dollarlarini musodara qilish bilan jazolanadi.

Shuni taʼkidlash kerakki, AQSH Bagʻdodga nisbatan ushbu keskin taʼsir chorasini biroz sustroq shaklda qoʻllagan: 2015 yilda Nyu-York Federal rezerv banki Iroq Markaziy bankining dollar hisob raqamlarini bir necha hafta davomida yopib qoʻydi, bu esa mamlakatda jiddiy moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi. Unda Amerika rasmiylarining xatti-harakatlariga rasmiy sabab Eron tomonidan AQSH sanktsiyalarini chetlab oʻtish uchun Iroq moliyaviy tizimidan foydalangan degan "shubha"boʻlgan.

Donald Tramp maʼmuriyati muzlatib qoʻyishi yoki hatto musodara qilishi mumkin boʻlgan Iroq dollarlarining aniq miqdorini aniqlab boʻlmaydi, chunki Federal Rezerv oʻz tizimida xizmat koʻrsatadigan markaziy banklarning dollar hisobvaraqlari boʻyicha aniq maʼlumotlarni oshkor qilmaydi. Ammo sanktsiyalar qoʻllanilgan taqdirda AQSH ulushi miqdori uch milliard dollarni tashkil qilishi mumkin - bu chet el ommaviy axborot vositalarida keltirilgan milliy statistikaga muvofiq Iroq Markaziy bankining AQShdagi depozitlari miqdori.

The Wall Street Journal haqli ravishda taʼkidlaganidek, Iroq uchun salbiy oqibatlarning muhim qismi nafaqat bu pulning yoʻqolishi, balki butun mamlakatning dollar moliya tizimiga kirish bilan bogʻliq boʻladi: "Iroqning dollarlarga kirishini cheklash (Iroq) dinorining qiymatini pasayishiga olib kelishi mumkin. 2015 yilda sodir boʻlganidek, bu Iroqda yana dollarning sotib olinishiga olib kelishi mumkin, chunki jismoniy shaxslar, kompaniyalar va banklar qattiq valyutani olishga harakat qilishadi. Bu kabi devalvatsiya jiddiy iqtisodiy muammolarga olib kelishi mumkin, u yollanma ishchilar, kompaniyalar va hokimiyatning sotib olish qobiliyatini pasaytiradi».

Iroq neftini eksport qilish Qoʻshimcha muammo boʻladi: Iroq uni dollarga sotmoqda va AQSH sanktsiyalari ostida esa Iroq xozirda halqaro savdo valyutasiga yoʻli yopilgan Eronning hozirgi ahvoliga tushib qoladi.

Aftidan, Vashington Iroqni oʻzi xohlaganicha cheksiz boshqarish uchun eng yaxshi ogʻriq nuqtasini topdi. Ammo, ehtimol, bu homxayoldir, ayniqsa uzoq muddatli istiqbolda qarasangiz.

Agar hozir Iroqdan qoʻshinlarni olib chiqish toʻxtatilgan taqdirda ham, bu kichik gʻalaba uzoq muddatli qiyinchiliklarga olib keladi. Birinchidan, bunday tahdidning mavjudligi (va ayniqsa uni amalga oshirish) nafaqat Iroqni, balki boshqa barcha davlatlarni - neft eksport qiluvchilarni shunga oʻxshash sanktsiyalarni qoʻllashdan himoya qilish uchun oʻz operatsiyalarini dollarsizlashtirishga undaydi. Ikkinchidan, nufuz nuqtai nazardan, Vashingtonning bunday xatti-harakatlari Amerika tashviqotining barcha harakatlariga qaramay AQShning nafaqat Yaqin Sharqda obroʻsiga putur yetkazadi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining mintaqada taʼsir oʻtkazish uchun kuchli raqobatchilari boʻlmaganda, nufuz qarashlarni eʼtiborsiz qoldirish mumkin boʻlar edi (garchi bu uzoqni koʻzlamagan holda qabul qilingan qaror boʻlmasa ham), ammo hozir mintaqada nufuz uchun Xitoy, Eron va Turkiya kurashmoqdalar va Rossiyaning taʼsiri tobora oʻsib bormoqda va bularning barchasi amerikalik ekspertlar va media hamjamiyatida katta tashvishga sabab boʻlmoqda.

Va bu yoʻnalishdagi birinchi harakatlar allaqachon mavjud. Iroq parlamenti aʼzolariga tayanib, juma kuni xabar qilinganidek, " Kreml Yaqin Sharqdagi ishtirokini kuchaytirmoqchi va Bagʻdod va Vashington oʻrtasiga sovuqchilik tushirish niyatida turganida, mamlakat Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olishni koʻrib chiqmoqda. Iroq qonunchilarining taʼkidlashicha, AQSH Bogʻdodni qoʻllab-quvvatlashini toʻhtatib qoʻyishi mumkin degan xavotirga javoban hukumat Rossiyaning S-400 havo mudofaasi tizimini sotib olish boʻyicha muzokaralarni davom ettirishga qaror qilgan."

Vashington oʻz ittfoqchilari va yoʻldosh davlatlarini dollar va sanktsiyalar orqali bgʻgani sayin, koʻproq prezident va xukumatlar haqiqiy mustaqillik ikki  ustunga tayanishini tushunib yetishyapti: Rossiyaning kuchli havo mudofaasi tizimlari va Amerika moliya tizimidan mustaqillik.

* ISHID Rossiyada taʼqiqlangan terrorchilik guruhi.

Asosiy mavzular