07:34 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
72610

Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Rossiyaning eng yangi tanki "Armata" davlat sinovlari 2020 yilda yakunlanishini xabar qildi. 

TOSHKENT, 4 fev - Sputnik. Armata platformasidagi tankni sinovlari bu yil yakunlanishi kerak, dedi sanoat va savdo vazirligi rahbari. Ushbu yangilik Sputnik radiosi efirida harbiy ekspert Viktor Baranets tomonidan baholandi.

Armata platformasidagi tankning davlat sinovlari bu yil yakunlanishi rejalashtirilmoqda, dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov "RIA Novosti" ga bergan intervyusida.

"Sinov natijalariga koʻra, Rossiya Mudofaa vazirligi ommaviy ishlab chiqarilgan texnikani harbiy qismlarga yetkazib berish muddatlarini  belgilaydi", dedi Manturov.

Uning taʼkidlashicha, 2020 yil mahalliy tank qurish sanoati uchun maxsus yil: Rossiya ushbu sanoatning 100 yilligini nishonlaydi.

"1920 yilda birinchi Sovet tanki "Ozodlik uchun kurashuvchi oʻrtoq Lenin" ishlab chiqarildi. Bu yilgi yubiley, ayniqsa, birinchi Sovet tankining chevarasi boʻlgan "Armata"sinovlari tugashi bilan ayniqsa ramziydir", deya qoʻshimcha qildi vazir.

Sputnik radiosida bu xabarni "Komsomolskaya pravda" gazetasi harbiy sharhlovchisi, isteʼfodagi polkovnik Viktor Baranets yaxshi baholadi.

"Bu yaxshi yangilik. Soʻnggi oylarda Gʻarb "Armata" haqida yomon gaplarni aytmoqda. Agar Manturovning soʻzlari rost boʻlsa, dunyo Rossiya shunchaki quruq gaplarni ilgari surmasligini koʻradi, uning T-14 supertanki toʻgʻrisidagi soʻzlari haqiqat bilan tengligini koʻradi. Gʻarbda bu noyob tankning turli xil baholari quloqqa chalinadi. Maqtovlar juda koʻp, nemislar boshlarini ushlashdi va shoshilinch ravishda Armata zirhini buzib oʻtadigan xuddi shunday kalibrli pushka qurishni boshladilar. Ayrim konstruktorlar rossiyaliklar yoʻlidan yurib kapsulali modifikatsiyadagi tankni ishlab chiqishni boshladilar, bu mordifikatsiyada jangovar ekipaj oʻq-dorilardan aloxida oʻrnashgan. Men "Armata"ning eng kuchli dvigateli va osma uskunalarini gapirmasam ham boʻladi. Bunda shunday "Afganit" tizimi borki, tank dushman tomonidan oʻqqa tutilganida, bu tizim otilgan snaryadga qarata javoban oʻq tutadi yoki trayektoriyasini buzadi", deydi Viktor Baranets.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari Aleksey Krivoruchko "Armata" platformasi asosida yaratilgan T-14 tanki va T-15 piyoda jangovar mashinasini dastlabki sinovlari yakunlangani haqida xabar bergan edi.

T-14  "Armata", urushdan keyingi uchinchi avloddagi dunyoning yagona tanki boʻlib, dushman bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada jang qilish, boshpanalar va ochiq xududlarda motorlashgan boʻlinmalarni harbiy istehkomlarni va dushmanning tirik kuchini xujumida qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan.

Asosiy mavzular