AQSh Osvensim qurbonlari va xaloskorlariga sariq chaqaga teng soxtani yubordi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishUzniki konsentratsionnogo lagerya Osvensim, osvobojdennie voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda
Uzniki konsentratsionnogo lagerya Osvensim, osvobojdennie voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh vitse-prezidenti Osvensim konslager mahbuslarining ozod qilinishiga atalgan nutqida, (u yerda bo‘lmagan) amerikalik askarlarni tilga olishga va (konslagerni nafaqat ozod etgan, balki uning ozodligi uchun bir necha yuz jonlarni qurbon qilgan) sovet askarlarini yodga olmadi

Viktor Maraxovskiy

Qizil armiya tomonidan Osvensim ozod etilishining 75-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda - amerikalik mehmon - AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens chiqishi - yorqinligi bilan ajralmasa-da, ammo eng shov-shuvli bo‘lgani rost. Gap Pensning nimadir deb qo‘yganida emas - yo‘q, u gapirmay turib ajabtovur shov-shuv ko‘tarishga erisha oldi.

Inauguratsiya izbrannogo prezidenta Ukraini V. Zelenskogo - Sputnik O‘zbekiston
SSSR uchun tavba qildi. Zelenskiy Polshada nimani o‘z zimmasiga oldi

Alqissa. AQSh vitse-prezidenti konslager mahbuslarining ozod qilinishiga atalgan nutqida, (u yerda bo‘lmagan) amerikalik askarlarni tilga olishga va (konslagerni nafaqat ozod etgan, balki uning ozodligi uchun bir necha yuz jonlarni qurbon qilgan) sovet askarlarini yodga olmaslikka erishdi. U aytgan gaplarga ko‘ra, Aushvis darvozasini go‘yo, jazolangan Rossiyadan bo‘lgan "tug‘ilgan davlati esga olinmaydigan olimpiya atletlari" - mujmal askarlar ochgan edi.

…Bu yerda nima e’tiborga molik. Albatta, bunday yondashuv XX asr tarixining yangi konsepsiyasi - bir necha o‘n yilliklar oldin yaratilib, ajabtovur qaysarlik bilan joriy etilayotgan konsepsiyaga to‘la mos.

U konsepsiya shundan iboratki, XX asrda fojiali, biroq buyuk tarixga ega bo‘lgan buyuk davlat - Sovet Ittifoqining bo‘lishi kerak emas. U sodir etgan qahramonliklar ham. Birinchi jahon urushi xarobasidan bunyod bo‘lib, interventlar galasi va Sharqiy Yevropaning mini-imperiyalari hujumiga dosh bergan, vayronalardan iad rostlagan, yillar davomida gitler Germaniyasiga qarshi ittifoqdoshlarni topishga harakat qilgan va topa olmagan, natsistlar bosqiniga uchragan va Osvensimni ozod etib, Berlinni olgan va g‘alaba qozongan va tarixda birinchi bo‘lib fazoni zabt etgan davlat bo‘lishi kerak emas edi - bunday davlat bo‘lmasligi kerak edi.

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya rabochey poyezdki v Izrail - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina kabi ittifoqdosh bo‘lsa, hech qanday raqibning keragi yo‘q

Boshqa bir davlat bor edi — u totalitar Sovet Ittifoqi edi: jaholatparast Rossiya imperiyasidan hosil bo‘lgan, tinch Polshani bo‘lib olish uchun Gitler bilan ittifoq tuzgan va bu uchun jazolangan, bir necha o‘n yilliklar totalitar reyxni boshdan kechirgan, sharqiy yevropaliklarni qul qilgan, ammo ozod dunyo bilan tarixiy ziddiyatda yutqazib qo‘ygan, Oyga insonni uchirgan. SSSR barham topdi, lekin uning asosiy bo‘lagi zamonaviy Putin Rossiyasiga mutatsiya qildi - o‘z vaqtida taslim etilmagan bu davlat yovuzlik urug‘ini sochishda va saylovlarga aralashishda davom etmoqda.

Bu konsepsiya, ko‘rib turganimizdek, qandaydir ziddiyatlardan xoli, u hatto jozibali.

Uning faqat bitta muammosi bor: XX asr (XXI asr tarixiga ham) tarixiga ushbu Mordor sodir etgan buyuk jasoratlar va ezgu ishlar muhrlab qo‘yilgan.

Ushbu konsepsiyani buzmaslikning yagona yo‘li esa - ular haqida sukut saqlashdir.

Odatda bu juda ustamonlik bilan amalga oshiriladi — ozod dunyo, barchaga ma’lumki, reallikka qarshi pultga ega, u yordamida million kvadrat metrlarda kechagi sana bilan chiroqni o‘chirib qo‘yib, ustidan "bu yerda hech narsa bo‘lmagan", deya yozib qo‘yish mumkin.

Ofitsialniy predstavitel MID Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Polshaning Ikkinchi jahon urushi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Onglarni yillar davomida "tozalash" orqali, Germaniya ustidan qozonilgan G‘alabadan kamida bir yil oldin ochilgan Ikkinchi frontni birinchiga aylantirsa bo‘ladi.

Albatta, "sha’ni toptalgan Germaniya" (bu holat Berlin shturmi faktini juda yaxshi yopib ketadi) singari o‘lmas asotir-zombilarni ishga solish mumkin. Ammo gap chinakam tarixga borib taqalganida - reallik pulti o‘z-o‘zidan ishdan chiqa boshlaydi.

Shunday qilib, AQSh vitse-prezidenti Osvensim ozod etilishiga bag‘ishlangan ajoyib bir kunning o‘rtasida turib - "Qizil armiya Osvensimni ozod etdi", degan jumlani shunchaki ayta olmadi. Uning sharmandali dasturida bu gap aytila olmaydi, uni aytish mumkin emas, kerak ham emas. Osvensim o‘z-o‘zidan ozod bo‘lgan: sababi ozod etish - bu yaxshi ish, ruslar esa yaxshilik qilishi mumkinmas. Osvensim tasodifan paydo bo‘lib qolgan Polsha hududini sovet okkupantlari qullikka giriftor qilayotgan bir vaqtda u o‘z-o‘zidan ozod bo‘lib qolgan (qullikka aylantirish - bu yovuzlik. Bu ishni sovet kishilari sodir eta olardi).

Prezident Rossii Vladimir Putin vo vremya svoyey yejegodnoy press-konferensii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Putinning diplomat haqidagi gapidan so‘ng Polsha TIV Rossiya elchisini chaqirtirdi

…Umuman olganda, xuddi shu sabab tufayli Iyerusalimga Polsha prezidenti kelmagan edi. Polsha Ikkinchi Jahon urushi Asosiy Qurboni imiji ustida shu qadar ko‘p ishlagan edi-ki, (ular hatto o‘z-o‘ziga kamtarlik bilan "Yevropa Isosi" nomini ovolishgan), uning uchun Rossiyadan faktlar haqidagi oddiy eslatmalar ham chidab bo‘lmas darajada edi.

Masalan, Polsha antisemitizm asosida qanday qilib Gitler bilan do‘st bo‘lishga uringani va u bilan 1938-yilda Chexoslovakiyani bo‘lgani haqida.

Qanday qilib Krayova Armiyasi yahudiylarni yo‘q qilgani haqida.

Varshavaning asablari charchadi, u asabiy. U faqat o‘n yilliklar davomida Katin uchun tavba qilishlarini talab qilishga odatlangan va e’tirozlarni eshitishga toqatsiz. U o‘ziga o‘z o‘tmishini eslatganlarida qanday munosabat bildirishni bilmaydi, hatto.

Prezident Polshi Andjey Duda - Sputnik O‘zbekiston
Polsha prezidenti Rossiyani NATO dushmani deb atashdan bosh tortdi

AQSh esa - asabiylashmaydi. Ular uchun Yevropadagi Ikkinchi jahon urushi, eslatib o‘tamiz, 1944-yilda boshlangan - ya’nikim, urushning kattagina qismiga ular kechikib qolishgan. Va bu ular uchun kinossenariy uchun materialdan boshqa narsamas, bilamizki, ular kinoda hamma narsani amallay oladi. Bunday kinolarda umuman olganda, Gitlerni amerikaliklar parij kinoteatrida otib tashlashi ham mumkin.

Muammo shundaki, reallik bu kino emas.

Butun avlod xotirasi haqiqiy urush bilan sug‘orilgan odamlar - qiynoqqa solinganlar avlodi, ozod etilganlar avlodi va xaloskorlar avlodi o‘rtasida - quvonch va pozitivga to‘la begona turib olib, bu konsepsiyaga mos kelmasligi sababli xaloskorlar ismlarini AYTMASA, hamma qanday sariq chaqaga teng qalbaki kelganini anglab oladi. Pens ismli.

Yangiliklar lentasi
0