00:18 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
1839 0 0

Neft bozorida yuz bergan voqealar va koronavirus muammosi gaz mavzusini biroz chetga surib qoʻydi. Ammo, tabiiyki, neft narxining pasayishi gaz bozoriga ham taʼsir qiladi. Buning qiziq joyi nimada?

Aleksandr Sobko

Eslatib oʻtamiz, baʼzi bozorlarda uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha gaz narxlari (birinchi navbatda Osiyoda suyultirilgan gaz uchun) neft narxlariga bogʻliq. Soʻnggi oylarda, bozorda ortiqchaligi tufayli gaz narxi tushib ketgan va neft esa OPEK+ kelishuvlari tufayli qimmatligicha turgan, natijada narx belgilashning ikkala turi orasida katta tafovut yuzaga keldi. Gaz va suyultirilgan gazning birja narxlari bir million BIB (Britaniya issiqlik birligi; har ming kubometr uchun taxminan 105 dollarga teng) uchun uch dollar darajasida (boʻlgan va boʻlib kelmoqda) va neftga biriktirilgan shartnomalarda STG (suyultirilgan tabiiy gaz – tahr.) narxlari esa uch (!) barobar yuqori va bir million BIB uchun toʻqqiz dollarga yetdi. Kulgili holatgacha keldi: Xitoyning suyultirilgan gazni import qiluvchilari koronavirus boʻyicha fors-major haqida maʼlum qilib uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha suyultirilgan gazni qabul qilishdan bosh tortishdi, ammo shu zahotiyoq ushbu hajmdagi suyultirilgan gazni spot narxlarida sotib olishga rozi boʻlishdi.

Endi vaziyat tubdan oʻzgardi. Neft narxini ikki baravar pasayganligi holatida narx belgilashning ikki turi oʻrtasidagi farq saqlanib qolmoqda, biroq ancha past koʻrinishda: qoʻpol baholashda, 4,5 (neftga biriktirilgan) dollar  baho bir million BIB uchun uch (birja) dollarga nisbatan.

Shu bilan birga, neft narxining pasayishiga qaramay, birjadagi gaz kotirovkalari bir million BIB uchun hamon uch dollar darajasida qoldi. Nega bunday? Birinchidan, undan ham pasaytirishga iloj yoʻq. Pessimistlar yozgacha narxlarning yanada pasayishini kutmoqdalar, ammo biz Amerikaning suyultirish zavodlarini toʻxtatishiga yaqin turibmiz, chunki narxlar operatsion xarajatlarni arang qoplamoqda. Bundan tashqari, gaz sohasida talab isitish mavsumiga koʻproq bogʻliq (bunga epidemiyaga qarshi choralar taʼsir qilmaydi). Albatta, sanoatning ham hissasi bor: fevral oyida Xitoyda gazga talab oʻtgan yilning fevral oyiga nisbatan oʻn foizga kamaydi.

Shunisi qiziqki, "Gazprom" neft narxining oʻzgarishiga minimal darajada sezgir. Fevral boshida eʼlon qilingan soʻnggi rasmiy maʼlumotlarga koʻra, kompaniyaning Yevropada gaz sotishining atigi 30 foizi neft bilan bogʻliq. Va bundan koʻp oʻtmay, Bolgariya uchun narxlarni qayta koʻrib chiqish haqida maʼlum boʻldi (ehtimol, ushbu qayta koʻrib chiqish neftga bogʻliqligdan birja narxlariga oʻtish bilan birga kelgan). Sarhisob qilganimizda: endi neft narxlarining pasayishi "Gazprom"ning tushumlariga minimal darajada taʼsir qiladi deyishimiz mumkin. (Qavslar ichida biz shuni taʼkidlaymizki, kompaniyaga har qanday vaziyatda oson emas: birjada gaz narxi juda past darajada, lekin ular neft narxlari pasayishidan oldin ham shunday boʻlgan).

Aksincha, STG bozorida, ayniqsa eski shartnomalar uchun, neftga bogʻliqlik hali ham juda keng tarqalgan. Shunga koʻra, neft narxining pasayishi, STG sotuvchilarining daromadlarini kamaytiradi. Shu bilan birga, spot narxlari va uzoq muddatli kontrakt narxlari oʻrtasidagi farqning pasayishi, ilgari asossiz ravishda yuqori boʻlgan holda, neftga bogʻliq boʻlgan STG narxlarini yangidan koʻrib chiqishni talab qilgan eksport qiluvchilar va import qiluvchilar oʻrtasidagi keskinlikni pasaytiradi.

Eng muhimi: STG bozorining istiqbollari haqida nima deyish mumkin? Yaqinda biz barcha ishtirokchilarga yangi loyihalar boʻyicha sarmoyaviy qarorlarni qabul qilishni 2025 yilga qadar ortigʻidan koʻpayib ketishini oldini olish uchun keyinga qoldirishni maslahat berdik. Qatar STG-ning yangi zavodlarini qurishni kechiktirmoqda, ammo Mozambik va AQShdagi loyihalar koʻrib chiqilmoqda. Endi biz bu yil STG-ning yangi loyihalari ishga tushirilmasligini yuqori ehtimollik bilan ayta olamiz. Albatta, joriy talab pasayib ketdi va har kimning ongida faqat koronavirus, lekin qurilish boshlanganidan boshlab ishga tushirish uchun "davr" kamida toʻrt yil boʻlgan taqdirda, gap shunchaki virusda emas. Shunchaki kompaniyalar endi loyihalarining qoplanishini kafolatlash imkoniyatiga ega emaslar.

Ilgari, hatto gazning birja narxlari past boʻlgan taqdirda ham, STG loyihalari ikki usul bilan oʻzini qoplanishini kafolatlashi mumkin edi.

Birinchidan, agar oxirgi xaridor neftga bogʻlangan narxlarda shartnoma tuzishga rozi boʻlsa. Ikkinchidan, agar zavoddan STG ishlab chiqarishning butun hajmini (va narx xavflari!) neft va gaz gigantlaridan biri oʻz zimmasiga olgan boʻlsa va keyinchalik u STG savdogari sifatida ishlasa.

Shubhasiz, endi ikkala imkoniyat ham yopilmoqda. Neftning joriy narxlarida, neftga bogʻlangan STG shartnomalari sarmoyani qaytarishni taʼminlamaydi va neft kompaniyalari oʻzlarining asosiy neft sohasida qanday omon qolish haqida oʻylaydilar. Qimmat neft hisobiga STG bozori xatarlarini subsidiyalash endi mumkin boʻlmaydi.

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov

Shunisi qiziqki, neft kotirovkalari qulashi oldidan AQShdagi eng qiziqarli STG loyihalaridan biri - Tellurian kompaniyasining Driftwood LNG zavodi qurilishi qoldirildi. Bu Donald Trampning fevral oyi oxirida Hindistonga tashrifidan soʻng sodir boʻldi, uning doirasida hindistonlik sheriklar STG sotib olish boʻyicha ilgari erishilgan dastlabki kelishuvlarni birlashtirishlari kutilgan edi va Driftwood LNG loyihasi investitsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yetarli boʻlmagan kafolatli sotuvga ega boʻladi. Biroq, Hindiston tomoni STGni import qilish boʻyicha yakuniy qarorni yana bir bor kechiktirishni tanladi. Natijada, loyihaning amalga oshishiga na bir nechta kichik liniyalardan iboratligi (nazariy jihatdan bosqichma-bosqich qurilish uchun imkoniyat yaratishi mumkin), shuningdek, na suyultirish qurilmalarining rekord darajadagi past narxlari, va na Driftwood LNG -ga Total neft va gaz TMKsining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari yordam bermadi.

Baʼzi jihatdan STG bozoridagi bunday vaziyat Rossiya uchun yaxshi. Va bu "gʻalabaga oson erishish xomxayoli" yoki yoqimsiz holatni yashirishga urinish ham emas. Albatta, kamchiliklari ham aniq: STG sotishdan tushgan foyda kamayadi chunki "Yamal SPG" bilan tuzilgan shartnomalarning katta qismi neft narxiga bogʻliq. Umuman olganda, xom ashyo bozorlaridagi salbiy hodisalar Rossiya uchun asosiy eksportchi sifatida aniq minus hisoblanadi. Plyuslar nimada?

Bir tomondan, Rossiya yangi zavodlarda oʻz uskunalarini maksimal darajada ishlatishdan manfaatdor, ammo ishlab chiqarishni rivojlantirish va amalga oshirishda biroz kechikmoqda. Shu bilan birga, STG bozoridagi poyga, uning ulushini olishga mantiqiy intilish - bularning barchasi rossiyalik ishtirokchilarini zavodlarni ishga tushirishni kechiktirmaslik uchun xorijiy uskunalardan foydalanishga majbur qildi. Endi esa STG global bozorlaridagi yuzaga kelgan pauza bizga oʻz uskunamiz va texnologiyalarimizning katta qismi bilan yangi tsiklni boshlashga imkon beradi.

Darvoqe, bu yoʻnalishda biz tezlashishni va ijobiy yangiliklarni koʻrmoqdamiz. Yaqinda Ob STG loyihasi uchun gaz turbinalari va kompressor uskunalariga buyurtma berilganligi maʼlum boʻldi. Eslatib oʻtamiz, bu "Novatek"ning yana bir STG-loyihasi boʻlib, unga koʻra investitsion qarori hali qabul qilinmagan boʻlsa-da, koʻrib turganimizdek, uskunalar allaqachon buyurtma qilingan. Zavod "Yamal SPG"-ning nisbatan kichik «sinov» toʻrtinchi liniyasida (ishga tushirilishi yil oxirida) sinovdan oʻtkaziladigan Rossiyaning "Arkticheskiy kaskad" texnologiyasidan foydalanadi. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinmagan, ammo kompaniyalar qurilishga tayyorgarlik koʻrish uchun allaqachon muayyan choralarni koʻrishgani, bu amaliyot dunyoda ham uchraydi. Bu holda, investitsion qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab ishga tushirishgacha boʻlgan odatiy 4-5 yildan kam vaqt oʻtadi. Eng optimistik taxminlarga koʻra, "Ob STG" 2022 yil oxirida ishga tushishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ushbu ishlab chiqarish nisbatan kichik (har biri 2,5 million tonna boʻlgan ikkita liniya) va rus texnologiyasini yana bir marta katta hajmli liniyalarda sinab koʻrish uchun ishlab chiqilgan, shundan soʻng uni ishonch bilan keng tarqatsa boʻladi.

Asosiy mavzular