12:11 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Analitika
Havola olish
1908 0 0

AQSH neft bozorlaridagi inqiroz va slanets kompaniyalarining muammolari amerikalik siyosatchilarni ham, mamlakatdagi neft kompaniyalarni ham gʻayrioddiy yechimlarni izlashga majbur qilmoqda.

AQSH neft bozorlaridagi inqiroz va slanets kompaniyalarining muammolari amerikalik siyosatchilar bilan bir qatorda mamlakat neft kompaniyalarini ham gʻayrioddiy yechimlar izlashga majbur qilmoqda, ularning ayrimlari shu paytgacha imkonsiz, noqonuniy, gʻayritabiiy va umuman, "milliy manfaatlarga xiyonat" sanalgan.

Inglizlarda yengib boʻlmas kuchga duch kelinganida aytiladigan, garchi surbetona boʻlsa-da, ammo mashhur bir maqol bor: uni shunday tarjima qilish mumkin: "Kimnidir magʻlub qila olmayapsizmi - gʻoliblarga qoʻshiling".

Agar bu maqolni xalqaro neft bozoridagi bugungi voqelikka nisbatan qoʻllasak, u holda Saudiya Arabistoni va Rossiya oʻrtasidagi narx urushida gʻalaba qozonishning iloji yoʻqligi yoxud bu juda qimmatga tushadigan gʻalaba boʻlishi sababli, gʻoliblarga qoʻshilish mantiqan toʻgʻri.

Aynan shu sababli, amerika neft bozori regulyatori  (aniqrogʻi, slanets neft sanoatiga masʼul boʻlgan regulyator) misli koʻrilmagan ish qildi - u OPEK vakillari bilan aloqaga chiqdi. Bundan tashqari, muzokaralar stoliga amerika tomonidan jahon neft bozorini barqarorlashtirish rejasi qoʻyilgan.

Bunday rejani amalga oshishiga hali juda koʻp vaqt bor, murakkab (koʻpyoqlama) muzokaralar esa hali koʻp marotaba toʻxtatilishi mumkin. Ammo bu holda amaliy darajada jahon bozorining asosiy taqiqlaridan biri buzilganligi juda muhim fakt: amerikaliklar hech boʻlmaganda neft narxining koʻtarilishi evaziga oʻz ulushini berish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor.

Rayan Sitton, amerika muzokarachisi rolida aynan u boʻladi shekilli, Bloomberg biznes-axborot agentligi orqali okean orti hamkorlarimizning muzokaralardagi dastlabki pozitsiyasini belgilab berdi: "Nazariy jihatdan, Texas qazib olishni 10 foizga kamaytirishi mumkin va agar Saudiya Arabistoni ishlab chiqarishni pandemiyagacha boʻlgan darajadan 10 foizga qisqartirishga tayyor boʻlsa, Rossiya ham xuddi shunday qilishga tayyor ekan, bu bozorni inqirozdan oldingi darajaga  (faqat bir oz neft ortiqligiga) qaytaradi".

Maʼlumki, XX asrda AQSH hukumatining neft oligopoliyalari bilan kurashgan vaqtidan beri, Amerika neft kompaniyalari (jiddiy jazolar tahdidi ostida) qazib olishni oʻzaro va ayniqsa chet el konchilari bilan muvofiqlashtira olmayapti.

Ammo, aynan janob Sitton bu ishni amalga oshirish uchun barcha huquqlarga ega va bitta imzosi bilan Amerika ishlab chiqarishni kamaytirib yuboradigan davlat tuzilmalarining yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Bu davlat tuzilmasining yolgʻon nomi "Texas temir yoʻl komissiyasi" (The Railroad Commission of Texas) boʻlib, bu nom XIX asrdan boshlab bu tuzilma transport bozorini boshqargan vaqtda berilgan nom va hozirda shu jumladan AQShning asosiy neft (va slanets)  hududida neft ishlab chiqarishni tartibga solib keladi. Janob Sitton - bu tuzilmaning komissari hisoblanadi va uning aytishicha, unga OPEK muzokaralar olib borishga toʻgʻri keladi, u allaqachon rasmiy taklifni olgan.

Baʼzi amerikalik siyosatchilar va neft kompaniyalari qazib olishga qoʻyilgan har qanday cheklovlarga qatʼiy qarshi turishsa kerak, va ehtimol sud jarayonlari orqali ham buni amalga oshirishlari mumkin, ammo aynan Texas davlat regulyatori ularning roziligisiz va hech qanday yangi qoidalar yoki tartibni joriy etmasdan "joʻmrakni" aylantirib qoʻyishi mumkin.

Birinchi navbatda Texas regulyatori qoʻshilib keladigan gazni yoqish uchun ruxsatnomalarni beradi va uzaytiradi (shuningdek bekor qilishi mumkin): Amerika slanets kompaniyalari bu amaliyotni ommaviy ravishda qoʻllaydilar, uni uzoq vaqtdan beri ekologlar va baʼzi iqtisodchilar taqiqlanishini talab qilinmoqdalar.

Qazib olishni koʻpaytirish yoki qoʻllab-quvvatlash uchun slanets ishlab chiqaruvchilari shunchaki neft bilan birga ishlab chiqariladigan gazni yoqib yuborishadi, amerikalik sohaviy jurnalistlar taʼkidlashicha, quduq qanchalik qadimiy boʻlsa, shunchalik koʻp gaz chiqadi. Agar ushbu amaliyot uchun ruxsat berish cheklansa yoki butunlay toʻxtatib qoʻyilsa, u holda slanets ishlab chiqarish mutanosib ravishda kamayadi, ekologlar esa faqat shod boʻlishadi.

Mavjud ikkinchi usul - ancha qoʻpolroq va qisman stop-kranni ishlatishga oʻxshaydi, lekin juda tang holatda (agar Texas OPEK bilan gaplashsa, bu juda favqulodda holat) bu usuldan foydalanish mumkin: yoʻqolayotgan ishlab chiqarishni almashish uchun slanets kompaniyalari doimiy ravishda yangi quduq qazishlari kerak, ammo ularning har biriga ruxsat yana huddi oʻsha komissiya tomonidan beriladi. Agar bu jarayonga toʻsqinlik qilinsa yoki juda sekinlashtirilsa, u holda eskirayotgan quduqlarda qazib olishning pasayishi umuman ishlab chiqarishni tabiiy va ancha jadal pasayishini taʼminlaydi.

Amerikaning Bloomberg agentligi xabar berishicha, Texas komissiyasi vakili va OPEK muzokarachilarining uchrashuvi iyun oyida rejalashtirilgan, ammo bu komissiyada nufuzli skeptiklar ham bor: "AQShning eng yirik neft shtatidagi eng nufuzli mansabdor shaxslardan biri iyun oyida OPEKning muqaddas kadamjosiga taklif qilindi – va bu ikki tarixan qarama-qarshi yirik neft derjavalarining yaqinlashuvi natijasida sodir boʻldi. Juma kuni Texas temir yoʻl komissiyasi komissari Rayan Sitton OPEK bosh kotibi Muhammad Barkindo uni guruhning Vena shahrida boʻlib oʻtgan yozgi yigʻilishiga taklif qilganini aytdi.

Ammo kutilmagan eʼlon AQSH va xalqaro neft doiralarida shov-shuvga sabab boʻlgan boʻlsa-da, Sittonning Texasda xom neft qazib olishni cheklash haqidagi taklifi 1970 yillardan beri oʻzining agentligidagi qarshiliklarga duch keldi. "Garchi men "Texas moʻʼjizasi" ("slanets"ga asoslangan "Texas iqtisodiy moʻʼjizasi" nazarda tutiladi - tahr.)ni himoya qilish boʻyicha har qanday gʻoyani koʻrib chiqishga tayyor boʻlsam ham, erkin bozor tarafdori va konservator sifatida, menda ushbu yondashuvga qarshi bir qator fikrlar mavjud", - Veyn Kristian, komissiya raisi. Agar Texas yetkazib berishni toʻxtatsa, boshqa davlatlar yoki hatto shtatlar ham xuddi shuni qilishlariga hech qanday kafolat yoʻq".

Ushbu bayonotni ikki registrda oʻqish mumkin desa boʻladi: bir tomondan, komissiyaning oʻzida qarshi ovozlar mavjud, boshqa tomondan, muxolifat printsiplar bilan bogʻliq emas (konservatizm va bozor erkinligi toʻgʻrisidagi bayonotlarga qaramay), balki aldanib qolish yoki bu bitimdan yagona yutqazganlar holatida boʻlishdan qoʻrquv mavjud.

Bu rad etish emas, balki bu Vena shahrida toʻliq muhokama qilinishi mumkin boʻlgan "bir qator qoʻshimchalar". Tartibga soluvchining  vakillari maʼlum bir chora-tadbirlarni qidirish va shakllantirish bilan shugʻullanayotganliklarini tasdiqlashayotgani juda ahamiyatlidir (garchi ular haligacha qaror qabul qilinmaganligini taʼkidlamoqdalar), va bunda ushbu variantni koʻrib chiqish uchun soʻrov baʼzi neft kompaniyalaridan kelib chiqqanligi toʻgʻrisida soʻzlashmoqda. "Texasning bir nechta neft kompaniyalari komissiya tomonidan kunlik qazish normasini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi haqida qiziqishdi,"- dedi regulyator vakili. – Meʼyorga solish - "har kim oʻzi istaganicha" yoki "hamma imkoni boricha" rejimidan "hamma ruxsat etilgan miqdorda ishlab chiqaradi" rejimiga oʻtishi".

Bu gʻalati boʻlib tuyulishi mumkin, ammo hozirda yuzaga kelgan vaziyat shuni koʻrsatadiki, narxlarning keskin pasayishi AQShning neft sektorini murosa qilish imkoniyati borasida moʻʼjizalarni koʻrsatmoqda. Ushbu moʻʼjiza AQShga, hech boʻlmaganda norasmiy ravishda, hozirning oʻzida OPEKga aʼzo boʻlishi yoki yaqin oylarda ishlab chiqarishni tartibga solish boʻyicha xalqaro bitim tuzish uchun kifoya qiladi, ammo bu yoʻnalishda albatta maʼlum yutuqlarga erishildi.

Asosiy mavzular