16:24 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
1470 0 0

Bu yil bahorda "Admiral Gorshkov" fregati bortidan istiqbolli kemaga qarshi "Tsirkon" raketasini gipertovush tezlik, raketaga qarshi mudofaa tizimi sinovdan oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 27 mar - Sputnik, Nikolay Protopopov. Bu yil bahorda "Admiral Gorshkov" fregati bortidan istiqbolli kemaga qarshi "Tsirkon" raketasini gipertovush tezlik, raketaga qarshi mudofaa tizimi sinovdan oʻtkaziladi. Rossiyalik konstruktorlar dunyoda birinchi boʻlib nafaqat gipertovushni jilovlay olishdi, balki bir necha yil ichida eng yuqori aniqlikdagi qurollarni ishlab chiqarishda juda katta yutuqqa erishdilar. Eng qiziqarli namunalar haqida - RIA Novosti materialida.

Gipertovushda parvoz

2010 yil boshida, 13 Max tezlikka erishadigan, kemalarga qarshi raketani yaratish boʻyicha loyihaning boshlanishi maʼlum boʻldi. 2019 yilda Vladimir Putin yangi raketaning xususiyatlarini maʼlum qildi va qisman ochiqladi: tezligi 9 Max, parvoz masofasi - ming kilometrdan koʻproq. Quruqlikda ham, dengizda ham joylashtirilishi mumkin.

Eng yuqori tezlik hususiyatlari tufayli (Tsirkon tovushdan 9 marta tezroq harakat qiladi va besh daqiqada 500 kilometr masofadagi nishonga oladi) raketa har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimiga daxlsizdir - uni faqatgina aniqlash mumkin, lekin tutib boʻlmaydi.

Masofaning asosiy qismida, raketa bir necha 10 kilometr balandlikda uchadi, doimiy ravishda oʻz trayektoriyasini va harakatlanishini oʻzgartiradi. Zarb qismi nisbatan kichik - 200 kilogramm atrofida. Ammo yuqori tezlikda va ulkan kinetik energiyani hisobga olgan holda, bu katta suv usti  kemasini yoʻq qilish uchun yetarli.

Bugungi kunda konstruktorlar va harbiylarning asosiy maqsadi - Tsirkonning dengiz versiyasini kerakligicha foydalanish. 2019 yil dekabr oyida raketa birinchi marta tashuvchi kema bortidan uchirildi. Sinovlar Shimoliy flotda davom etadi. Dastlab, Tsirkonlar bilan yurib turgan fregatlardan biri qurollanadi va kelajakda deyarli barcha harbiy kemalar "Kalibr" va "Oniks" larni uchirish uchun universal kema kompleksiga ega boʻladi. Bundan tashqari, yangi zarba tizimini "Xaski" loyihasining beshinchi avlod koʻp maqsadli yadro suv osti kemalari ham oladi.

Biroq, gap nafaqat yangi kemalar haqida emas. Rossiya Mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksey Krivoruchkoning soʻzlariga koʻra, Tinch okeani floti uchun modernizatsiyalanayotgan 1155 loyihasining “Marshal Shaposhnikov" suv osti kemalariga qarshi kemasi va 949A loyihasining "Irkutsk" koʻp maqsadli yadro suv osti kemalari ham, shuningdek, eng yangi gipertovush qurollari bilan jihozlanadi.

Koʻzdan tashqari hududida zarba

Gipertovush texnologiyalarning jadal rivojlanishiga qaramay, tovushdan past tezlikdagi qanotli qurollar ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmaydi. Shunday qilib, 1980 yillarda strategik aviatsiya uchun ishlab chiqilgan X-55 raketalari oʻta uzoq masofali X-101 va X-102 bilan almashtirildi. Ular tarkibidagi qurol qismi bir-birlaridan farq qiladilar - mos ravishda yadrosiz va yadroli.

Birinchi boʻlib X-101 raketalari bilan 2010 yil boshlarida Tu-95 va Tu-160 bombardimonchilari qurollandi. Deyarli barcha raketalarning taktik-texnik hususiyatlari hali ham sir ostida. Ochiq maʼlumotlarga koʻra, X-101 ning boshlangʻich ogʻirligi 2,4 tonnani tashkil etadi, uzunligi 7,5 metr, zarba masofasi 5500 kilometr. Qurol qismining ogʻirligi odatiy versiyasida 400 kilogrammni tashkil qiladi va yadroviy qurolning quvvati 250 kilotonnani tashkil etadi.

Raketaning kuchli tomoni yuqori aniqligida. Harbiy ekspertlarning fikriga koʻra, nishondan ogʻish atigi 10 metrga teng. Bunga rivojlangan inertsion nishonga olish tizimi va nishonga olishning optik yoki radiolokatsion tizimi bilan jihozlanish hisobiga erishildi. X-101 yerdan tahminan olti kilometr balandlikda uchiriladi, bir necha oʻnlab metrlardan bir necha ming metrgacha balandlikda uchadi, manevrlarni amalga oshirib yer usti egriliklarni chetlab oʻtadi. Hozirda tashuvchi samolyotlarning jihozlari raketani uchirilgandan keyin ham nishonini oʻzgartirishga imkon beradi.

X-101'ning yana bir oʻziga xos xususiyati - dushmanning radioelektron hujum tizimlariga sezilishning past darajasi - bu maxsus aerodinamik shakli va radio yutuvchi materiallardan foydalangan korpus hisobiga taʼminlanadi. Samarali tarqalish maydoni koʻrinmas samolyotlar maydoni bilan deyarli bir xil.

Raketa allaqachon jangovar sinovdan oʻtdi va Suriyada rus uchuvchilari tomonidan faol foydalanilmoqda. Oʻnlab nishonlar yoʻq qilindi - bazalar, jangarilarning mashgʻulot lagerlari va mustahkamlangan qoʻmondonlik punktlari. Qurol-aslahalarning yuqori samaradorligi tufayli Suriyada uchuvchilar "bitta nishon - bitta bomba" tamoyili asosida kurashmoqdalar. Mudofaa vazirligining taʼkidlashicha, obʼyektiv nazorat yordamida kuzatiladigan X-101"ning nishonga urish aniqligi ishlab chiqaruvchi tomonidan eʼlon qilingan koʻrsatkichga toʻliq mos keladi.

Aviatashuvchilar qotillari

Suv osti qurollantirilish sohasida ham mahalliy konstruktorlar sifatli jadal qadamlar bosdilar. Eng soʻnggi ishlanmalardan biri "Futlyar" universal chuqur suvosti oʻzi nishonga oluvchi torpedasi. Yurish masofasi 60 kilometrdan oshadi, tezligi soatiga 120 kilometrni tashkil etadi. Chuqurligi - 400 metrgacha. Reja boʻyicha "Futlyar" 80-yillarda ishlatilgan 533 mmlik "Fizik" torpedasining oʻrnini egallaydi. U soatiga 100 kilometrgacha tezlashadi va atigi 50 kilometr yura oladi. Birinchi navbatda, "Futlyar"lar "Borey" va "Yasen" sinfidagi eng yangi yadro suv osti kemalariga oʻrnatiladi.

Torpeda shovqin darajasi past, bu esa kuchli sonar tizimlaridan foydalanadigan zamonaviy dengiz jangi sharoitida hal qiluvchi rol oʻynaydi. "Futlyar"ning dvigateli – aksial-porshenli, u val orqali energiyani suv purkaguvchi qoʻzgʻatuvchiga oʻtkazadi. Bu ish samarasini oshiradi va shovqinni kamaytiradi.

Bundan tashqari, "Xishnik" yuqori tezlikdagi torpedasi mavjud. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, u 1977 yilda xizmatga qabul qilingan "Shkval" oʻrnini egallaydi. U soatiga uch yuz kilometrgacha tezlashga, lekin juda shovqinli va sonarlarda "porlagan": dushman tashuvchini aniqlay olgan. Bundan tashqari, torpeda havo boʻshligʻida harakat qilgan va boshqarilishida yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlmagan. "Xishnik" yanada mukammal boʻladi.

Strategik taʼsir

Mutaxassislar RS-28 "Sarmat" yangi avlod qitʼalararo ballistik raketasi haqida koʻp bahslashmoqdalar. Ushbu "strateg" R-36M "Voyevoda" MBRni jangovar majburiyatlardan ozod qiladi (Gʻarb tasnifiga koʻra - "Satana"-"Iblis"). "Sarmat"larning birinchi seriyasi Strategik maqsad Raketa Kuchlariga 2021 yilda yuboriladi.

Ushbu raketa Shimoliy qutb orqali ham, Janubiy orqali ham har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini yengib oʻtib boshqa qitʼadagi nishonga zarba bera oladi. "Sarmat" rekord darajadagi 18 ming kilometr masofada suborbital parvozni amalga oshirishi mumkin, bu bilan butun dunyodagi raketa tizimlarini ortda qoldiradi.

Raketaning jangovar qismi ayniqsa diqqatga sazovordir: har biri 800 kilotondan iborat individual boshqaruvga ega kamida oʻnta yadro snaryadi. Bundan tashqari, kelajakda "Sarmat"lar "Avangard" jangovar bloklari bilan jihozlanadi. Bu 15 Max tezlikgacha tezlashadigan, oʻzining jangovar qismi boʻlgan gipertovush planer. Endi uni uchirish uchun UR-100N UTTX qitʼalararo raketalaridan foydalanilmoqda.

"Avangard" yuqori bardoshli kompozitsion materiallar hisobiga bir necha ming darajali aerodinamik qizishga bardosh bera oladi. Snaryad radiolokatsion va lazer nurlanishidan ishonchli himoyalangan. Uning asosiy ustunligi manevrligidadir. "Avangard" ballistik trayektoriya boʻyicha emas, balki vertikal va gorizontal yoʻnalishda faol harakat qiladi.

Hatto bironta tutqich qarshisiga uchib chiqsa ham, u "quvlashmachoq" oʻyiniga dosh berolmaydi. Mutlaq ehtimollik bilan "Avangard" maqsadga yetadi.

Asosiy mavzular