12:58 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
773 0 0

Bir necha yillik ulkan azob-uqubatlar bilan yaratilgan amerikaning slanets neft sanoati jahaon bozorida neft narxi qulashi bilan inqirozga duch keldi. Uni saqlab qolish uchun Tramp Putinga qoʻngʻiroq qildi.

TOSHKENT, 30 mar - Sputnik, Maksim Rubchenko. Qonun chiqaruvchilar Donald Trampning slanets sanoatini qoʻllab-quvvatlash tashabbusini rad etishdi. Endi sanoatni faqat neft urushining tugashi qutqarishi mumkin. Vashington Saudiya Arabistoni tomonidan ishlab chiqarishni qisqartirishi boʻyicha kelishuvga deyarli erishdi, chunki amerikaliklarda Ar-Riyodga bosim oʻtkazish dastaklari juda koʻp. Biroq, Moskvasiz bozorni barqarorlashtirish mumkin boʻlmaydi.

Demokratlar qasosi

Kongress Energetika vazirligiga slanets kompaniyalaridan 77 million tonna neftni strategik zaxira uchun sotib olish uchun mablagʻ ajratishdan bosh tortdi. Buni oyning boshida Donald Tramp taklif qilgan, Energetika vaziri Den Bruyett esa uning ortidan talluqli farmoyish chiqardi.

"Bir necha kun muqaddam, hukumat davlat byudjeti taqchilligini kamaytirish uchun zaxiradan neft sotayotgan edi", - deb yozdi Bloomberg energetika boʻyicha yetakchi muxbiri Javye Blas tvitterdagi sahifasida. – Endi esa soliq toʻlovchilarning milliardlab dollarini sarflab, Sem bobo oʻzining yer ostidagi strategik omborxonalariga qaytarib joylashtirishi uchun slanets ishlab chiqaruvchilari yerdan yana slanets neftini qazib olishadi".

Oʻtgan hafta AQSH Energetika vazirligi Kongressni "AQShning energetik kompaniyalari va ularning xodimlariga yordam berish uchun imkon qadar tezroq" mablagʻ ajratilishini tasdiqlashga chaqirdi. Biroq, parlamentning quyi palatasida koʻpchilik oʻringa ega boʻlgan demokratlar Trampga yana bir bor zarar yetkazish imkoniyatini qoʻldan boy bermadi va qarshi chiqdi.

Prezident taslim boʻlish niyatida emas. Bloomberg xabariga koʻra, Oq uy Energetika vazirligiga buyurtmalarni oʻz byudjeti hisobidan moliyalashtirishni buyurgan.

"Donald Tramp maʼmuriyati arzon neft sotib olishga qatʼiy qaror qildi, - deydi Rapidan Energy Advisors asoschisi Bob Maknelli. - Kongress ishtirokidami yoki boshqa usul bilanmi, strategik zaxiralar albatta toʻldiriladi. Xaridlar eng katta zarar koʻrgan kichik va oʻrta kompaniyalardan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda."

Biroq, tahlilchilar bu yordam bermasligini taʼkidlashmoqda. Gap shundaki, AQShning strategik omborining umumiy  714 million sigʻimidan 634 million barreli allaqachon toʻldirilgan. Yaʼni, unga yana 80 million sigʻadi. Bu shuni anglatadiki, olti oy davomida kuniga atigi 450 ming barrelni sotib olish mumkin boʻladi.

"Talab kamayganiga nisbatan, bu juda oz, - deydi amerikalik energetika boʻyicha tahlilchi Jastin Yakobs. - Bundan tashqari, xaridlar hozirda tannarxdan past boʻlgan bozor narxida amalga oshiriladi. Bu yoʻl ishlab chiqaruvchilarni qanday qutqarib qolishligi aniq emas".

Slanets sanoati qulashi

Neftchilar oʻzlari ham endi hech narsaga ishonmayaptilar. Oʻtgan hafta Occidental Petroleum ishchilariga kelgusi oylik ish haqi kamayishi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi xabar yubordi.

"Bozor konʼyunkturasi bizni misli koʻrilmagan choralarni koʻrishga majbur qilmoqda. - deyiladi xabarda. - 1 ​​apreldan boshlab oddiy ishchilarning daromadi 30 foizga kamayadi, yuqori rahbariyatniki 68 foizga qisqaradi. Kompaniyaning ijrochi direktori ish haqi 81 foizga qisqaradi. Bundan tashqari, bonuslar, yoʻl qira va fitnes toʻlovlari subsidiyalari pasayadi".

Boshqalar allaqachon xodimlarni ishdan boʻshatishmoqda. Halliburton - konlarga xizmat koʻrsatuvchi eng yirik kompaniya, Xyustonda 3500 xodimni ishdan boʻshatishini eʼlon qildi. Apache slanets kompaniyasi bosh ofis hodimlari sonini 85 kishiga qisqartiradi.

"Biz slanets qurilmalari sonini nolgacha kamaytirib kapitalni boshqa loyihalarimizga yoʻnaltirmoqdamiz. Shuning uchun biz xodimlar boʻyicha qiyin qaror qabul qildik", - deyildi Apache bayonotida.

Hatto asosan anʼanaviy kon qazish bilan shugʻullanuvchi gigant Exxon Mobil ham jiddiy muammolarga duch kelmoqda. "Bozordagi misli koʻrilmagan vaziyatdan kelib chiqib, biz yaqin kelajakda kapital va operatsion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrmoqdamiz", - dedi Darren Vuds, kompaniya bosh direktori.

"2015-2016 yillarda neft narxlarining qulashiga olib kelgan oldingi narxlar urushi, sanoatdagi ish oʻrinlarining qariyb 30 foizga qisqarishiga olib keldi. - deb yozadi oʻz hisobotida Rystad Energy konsalting firmasi. -Hozirgi vaqtda neft sanoati koronavirus epidemiyasining qoʻshimcha taʼsiriga duch kelmoqda". Natijada, yil oxiriga kelib, Amerikaning har uchinchi neftchisi oʻz ishidan mahrum boʻladi.

"Hozirgi narxlar bilan biz AQShda slanets nefti ishlab chiqarishining sezilarli darajada pasayishini koʻramiz, bunga hech qanday shubha yoʻq", - deb tan oldi Xalqaro Energetika Agentligi ijrochi direktori Fatix Birol va Amerika neft sanoati "juda katta azoblarga" duchor boʻlishini qoʻshimcha qildi.

Texas texnik universitetining neft va gaz boʻyicha professori Marshall Uotson: "Slanets sanoati yoʻq qilinadi", - deb xulosa qiladi.

Stavkalar oʻsmoqda

Slanets ishlab chiqaruvchilarini faqat OPEKning Rossiya bilan neft urushining tugashi qutqara oladi. Va Amerikaning koʻplab sanktsiyalari tufayli Vashington va Moskva oʻrtasida bu borada konstruktiv muloqot olib borilmasligi sababli, Tramp maʼmuriyati oʻz eʼtiborini saudiyaliklarga qaratdi.

Oʻtgan dushanba kuni AQSH Energetika vaziri Den Bruyett Vashington Saudiya Arabistoni bilan "bir necha oʻn yilliklar ichida narxlarning eng yomon qulaganidan keyin narxlarni barqarorlashtirish uchun" neft alyansi tuzish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani haqida bayonot berdi. Vashingtonning asosiy sharti - kotirovkalarning pasayishini toʻxtatish, yaʼni arablarning neft qazib olishini qisqartirishdir.

Seshanba kuni, Politico jurnali AQSH prezident maʼmuriyatidagi manbalarga asoslanib, Donald Tramp Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga qoʻngʻiroq qilib, amerikalik neft ishlab chiqaruvchilariga zarar bermaslikni talab qilganini aytdi. "Neft narxlari barqaror boʻlib qolishi kerak", - dedi Oq uy rahbari.

Oʻtgan chorshanba kuni davlat kotibi Mayk Pompeo ham bin Salmonga qoʻngʻiroq qildi: u "global energetika bozorlarida barqarorlikni saqlash zarurligini" eslatdi.

"Davlat kotibi Saudiya Arabistoni "Yirik yigirmalik"ning yetakchi aʼzolaridan biri va nufuzli energetika yetakchilaridan biri sifatida, dunyo jiddiy iqtisodiy noaniqliklarga duch kelgani sharoitida, global energetika va moliya bozorlarini tinchlantirish uchun chinakam imkoniyatga ega ekanligini taʼkidladi", - deyildi AQSH Davlat departamenti rasmiy bayonotida.

Bloomberg agentligi Pompeo va Saudiya shahzodasi oʻrtasidagi ushbu suhbatni "Saudiya Arabistoni va Rossiya oʻrtasidagi narxlar urushiga AQShning toʻgʻridan-toʻgʻri aralashuvi", deb atadi.

Soʻnggi soʻzni Rossiya aytadi

Mutaxassislar saudiyaliklar oxir-oqibat taslim boʻlishiga ishonchi komil. Gap faqat Vashingtonning Ar-Riyodga bosim dastaklari juda koʻpligidagina emas: kongressmenlar jurnalist Xashoggining oʻldirilishi, Yamandagi urush va yadro dasturining haddan tashqari faol rivojlanishi tufayli saudiyaliklarga qarshi sanktsiyalar masalasini bir necha bor koʻtargan.

Saudiya Arabistonining arzon narxlarni qoplash uchun neft eksportini keskin oshirish rejalari koʻz oʻngimizda qulashi hal qiluvchi omil boʻlishi mumkin. The Wall Street Journal manbalariga tayanib, Ar-Riyod xaridorlarni topishda qiynalayotganini yozgan: AQSH va Yevropadagi neftni qayta ishlash zavodlari, garchi dempingga qaramay, qoʻshimcha hajmda neft sotib olishdan bosh tortmoqda.

Bundan tashqari, saudiyaliklarning Moskvaga qarshi hiyla-nayranglari Pekin tomonidan batamom yoʻqqa chiqarildi: WirtschaftsWoche nemis biznes nashrining maʼlumotlariga koʻra, Xitoy mart oyida Rossiyadan rekord miqdordagi 1,6 million tonna neftni sotib oldi.

Oʻz davlat byudjetini qisqartirgan Saudiya Arabistoni uchun endi boshqa imkoniyat yoʻq. Va Ar-Riyod oʻz yoʻnalishini oʻzgartirishga tayyorlanmoqda: Gʻarbiy OAVlari Saudiya Arabistoni rasmiylariga tayanib habar qilishicha, OPEKning iyun oyida boʻlib oʻtadigan yigʻilishida qazib olishni kuniga 6 million barrelga (mart oyida u 3,6 million edi) qisqartirishni muhokama qilinadi.

Biroq, bularning barchasi Rossiyasiz mantiqqa ega boʻlmaydi. Endi butun savol shundaki, Ar-Riyod va Vashington neft urushini tugatish uchun Moskvaga nimani taklif qilishadi.

Asosiy mavzular