04:03 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
56950

Oʻzbek armiyasining T-64 tanklarining yangi dvigatel, yangi aloqa va himoya vositalari bilan jihozlanishi ularni qanchalar kuchaytirgani haqida rossiyalik ekspert Aleksandr Xrolenko nima dedi.

Uzoq yillar davomida Oʻzbekiston qurolli kuchlari import qilingan harbiy mahsulotlar hisobiga jihozlangan, bugungi kunda koʻp narsa oʻzgarmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining kuchayib borayotgan harbiy-sanoat kompleksi va qurollarni takomillashtirish boʻyicha milliy loyihalari mamlakat mudofaasi rivojlanishining muhim tarkibiy qismidir. Rossiya Oʻzbekiston Respublikasi armiyasini yangilashda ishonchli hamkordir.

Uzoq yillar davomida Oʻzbekiston qurolli kuchlari import mahsulotlari orqali harbiy mahsulotlar bilan jihozlangan boʻlib, bugungi kunda koʻp narsa oʻzgarmoqda. Davlat mudofaa sanoati tarkibiga kiruvchi korxonalar 2020 yilda harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishni reja boʻyicha ikki baravar oshiradi. 2020-2025 yillarda respublikaning mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmoqda.

Tanklar "tyuningi"

Yangi texnika sotib olish bilan bir qatorda, "kuchli faxriylarni" taʼmirlash tashkil etildi. Quruqlikdagi qoʻshinlarida 1987 yilgacha Xarkov shahrida ishlab chiqarilgan T-64B1 asosiy tanklari takomillashtirish ishlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Shuni taʼkidlash kerakki, Oʻzbekistonning Sovet davri merosida (Termiz yaqinidagi saqlash bazasida) ikki mingdan ortiq tanklar boʻlgan. Bugungi kunda hizmatda 420 ta transport vositasi, ularning aksariyati motor resurslarini ishlab boʻlgan, ammo zarba berish qobiliyatini yoʻqotmagan. Shu sababli, ikki yil ichida aksariyat T-64B1 jangovar tanklarining quvvat qismini toʻliq rekonstruktsiyasi amalga oshirildi. 700 ot kuchiga ega eski 5DTF dvigateli (Xarkovda ishlab chiqarilgan) ogʻir ish sharoitida yanada ishonchli va quvvati 140 otkuchiga koʻproq boʻlgan V-84 (rus T-72B tankidan) dizel dvigateliga almashtirildi. T-64 nafaqat kuchaytirilgan zamonaviy dvigatelga, balki raqamli radiostantsiyaga, tank minorasining "Kontakt" dinamik himoyasi va kumulyativ oʻqlarga qarshi ekranlarga ham ega boʻldi.

Takomillashtirilgan T-64lar oʻtgan yilning bahorida - Chirchiqda "Tank biatlonida" "ikkinchi nafasini" va oʻz imkoniyatlarini namoyish etdi. Yangilangan T-64lar T-72 tanklari bilan bir qatorda toʻsiqlarni (daryo kechiklari, qoʻrgʻon, nishob, eskarp, tankga qarshi zovur, minalashgan maydon) muvaffaqiyatli kechib oʻtdi, ekipajlar zambarak va pulemyotdan nishonlarga aniq oʻq uzdi.

Shuningdek, respublika Mudofaa vazirligi hizmatdagi BTR-70ni (yangi dizel dvigatel va uzatma qutisi, qoʻshimcha zirh, kumulyativ panjara oʻrnatish), BM-21 "Grad" (birdaniga bir nechta reaktiv raketa otish tizimining shassisini almashtirish) va boshqa harbiy texnikalarni ham modernizatsiya qildi. Biroq, tanklar haqida gapiraylik.

Dizel klassikasi

Chang va haddan tashqari issiqlik tufayli eskirishga moil, qimmat moylarni talab qiluvchi Xarkovning 700 ot kuchiga ega 5DTF dvigatellari oʻrniga, oʻzbek T-64lari Uralning 840 ot kuchiga ega V-84MS dvigateli bilan birga butunicha motor-transmission qismiga ega boʻldi. Bu V-shaklidagi 12 tsilindrli klassik dizel dvigateli boʻlib, oʻziga hos sovutish tizimi va ikki bosqichli havoni tozalash tizimiga ega. Va shu bilan T-64 dinamikasi sezilarli darajada oshdi. Qudratli dvigatel qoʻshimcha himoya oʻrnatilgani hisobiga oshgan vaznni keragidan ortiq qopladi. Yangilashning boshqa elementlari "faxriyga" zamonaviyroq tanklar bilan bir qatorda turish imkoniyatini beradi va yana uzoq vaqt davomida Oʻzbekiston quruqlik qoʻshinlari hizmatida qolishga imkon beradi. Modernizatsiya quruqlikdagi kuchlarning butun tank safi xizmatini bir hil qolibga tushurish imkonini berdi.

Na poligone v Chirchike proshli sorevnovaniya po tankovomu biatlonu
Ministerstvo oboronы Uzbekistana / Sputnik / Dilshoda Raxmatova

Oʻzbekistonlik mutaxassislarning tanlovi bejiz emas. Rossiyada ishlab chiqarilgan dunyoga mashhur T-72 tanklarida V-shaklidagi 12 silindrli yonilgʻini koʻp hilida ishlaydigan toʻrt pogʻonali suyuq sovutiladigan dizel dvigatellarning turli xil modellari oʻrnatildi: V-46 (quvvati 780 ot kuchi), V-46-6, V-84 va B-84-1 (quvvati 840 ot kuchi, T-72B tankida). Dizel dvigatelning quvvati, tejamkorligi va tashqi va ichki yonilgʻi baklarining hajmi (1600 litr yonilgʻi) yuqori masofani - shosseda 700 kmgacha va notekis yerlarda 320-650 km masofani bosib oʻtish imkonini berdi. Shosseda soatiga 50 km/sgacha va notekis yerlarda 45 km/s gacha tezlikda. Kuchli, tezkor va ishonchli jangovar mashina.

Boshqa tomondan, autentik (Ukraina) T-64 dvigatellarining injiqligi tankchilarga anchadan beri maʼlum. Yangi texnikani oʻzlashtirish bosqichlarida qoʻshinlarda 5TDF oppozit dvigatellarining ommaviy ishdan chiqishi holatlari boʻlgan. Qisman haydovchi-mexaniklarning ishlash qoidalarini yaxshi bilmasligi taʼsir qilgan. Xarkov mahsulotining asosiy muammolari - haddan tashqari qizib ketishi va chang tufayli eskirishidir. Uch komponentli qoʻshimchalar bilan birga sovutish suyuqligini qoʻyish ham ancha mushkul boʻlgan (yozda oddiy suv quyilgan, ammo maxsus sulfofiltr orqali). Chang eskirishi muqarrar ravishda forsunka qistirmalarining kuyishiga olib kelgan, bu dvigatel uchun halokatli emas, ammo tank qoʻshinlarida tartibga zarar yetkazadi.

Yangi ufqlar

Hayot toʻxtab qolmaydi. Yanvar oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan harbiy texnika koʻrgazmasida takomillashtirilgan T-72B tanki namoyish etildi. Minorasining dinamik himoyasi (eksportga moʻljallangan T-90S analogi) ekipajni kumulyativ snaryadlardan, tankga qarshi boshqariluvchi raketalar jangovar qismi va reaktiv granatalardan va podkaliber oʻqlardan himoya qiladi. Tankning quyruq tomoni kumulyativ oʻqlarga qarshi ekranlar bilan ximoyalandi. Mashina rus T-90S, T-90A tanklarining oʻrmalama lentalari va boshqa koʻplab jihatlariga ega boʻldi.

Modernizatsiya bu "eski kiyimlarni almashtirish" emas, balki kelajakka texnologik qadam ekanligini tushunish muhimdir. Masalan, zamonaviy dinamik himoya tizimlari va qoʻshimcha koʻp qatlamli zirh tankni va dushmanning raketa va kumulyativ oʻqlariga deyarli daxlsiz qiladi. Mukammallashtirilgan teplovizion kameralar (nishonga oluvchilar) koʻrish qobiliyati pas sharoitda (tunda, tuman yoki tutun ichida) harakat qilish qobiliyatini taʼminlaydi. Yangi aloqa va navigatsiya tizimlari xududda yoʻl topish, operatsion hududda koʻproq maʼlumot olish va koʻrishga imkon beradi. Avtomatika ekipajning jangovar ishini yengillashtiradi. Dvigatel quvvatining oshishi mashinaning tezligi va manevr qobiliyatida aks etadi.

Yangi oʻq-dorilar zambarakdan otish masofasini oshirish imkonini beradi. Takomillashtirish loyihasi tankning hizmat muddatini 15-20 yilga uzaytirishi mumkin, va tannarxi boʻyicha esa yangi mashinalarni sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻning qariyb 30% ni tashkil etadi. Shu sababli, tanklarni takomillashtirishning turli xil variantlari allaqachon Ozarbayjon, Qozogʻiston, Polsha, Rumыniya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Hindiston, Iroq, Isroil va boshqa mamlakatlarda amalda yoʻlga qoʻyilgan. Ehtimol, T-64 va T-72 rusumidagi tanklarni takomillashtirish dasturi vaqt oʻtishi bilan eng muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Armiyaning kuchi hukumat siyosatidadir.

Zamonaviy qurollarni muntazam ravishda sotib olish bilan bir qatorda, harbiy va maxsus texnikalarni takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi uchun ustuvor vazifa boʻlib qolmoqda. Dunyoning 20 ta yetakchi mamlakati bilan harbiy-texnik hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan, oltita hukumatlararo komissiya faoliyat yuritmoqda, harbiy-texnik sohada hamkorlik toʻgʻrisida oʻndan ortiq bitimlar imzolangan. Rossiya - Oʻzbekistonning eng ishonchli hamkorlaridan biridir.

Asosiy mavzular