03:28 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
672 0 0

Bugungi kunda choy suvdan keyin dunyodagi eng mashhur ichimlik. Miloddan avvalgi II asrga kelib esa choy ichish odati Oʻrta Osiyoga ham tarqalgan. Xoʻsh, biz u haqida nimalarni bilamiz?

TOSHKENT, 5 may - Sputnik, Vladislav Strekopыtov. Xitoy va boshqa Sharq mamlakatlarida choy shifobaxsh ichimlik deb hisoblanadi. Uni avvalambor faollikni saqlash, kayfiyatni yaxshilash va barcha kasalliklarga, jumladan saraton kasalligiga qarshi profilaktika maqsadida ichishadi. Bunga sabablar, jumladan, ilmiy sabablar ham.

Yoʻqotilgan ajdodlar

Bugungi kunda choy suvdan keyin dunyodagi eng mashhur ichimlik. U Xitoyda dori-darmon va rivojlantiruvchi vosita sifatida 3500–4000 yil oldin ishlatila boshlangan deb taxmin qilinadi, miloddan avvalgi II asrga kelib esa choy ichish odati Oʻrta Osiyoga ham tarqaldi. Ipak va chinni bilan bir qatorda choy Buyuk Ipak yoʻli boʻylab olib oʻtiladigan asosiy tovarlardan biri boʻlgan.

Har qanday choy - qora, koʻk, oq, sariq, ulun yoki puer - Camellia sinensis oʻsimligining quritilgan barglaridan tayyorlanadi. Choy paydo boʻlishining siri shundaki, Camellia sinensis turining barcha mashhur vakillari madaniydir. Tabiatda uning yovvoyi muqobillari topilmadi.

Oʻsimlik nomining ikkinchi qismi "xitoycha" deb tarjima qilinadi. Shunga qaramay, olimlar choy daraxtining uch xil genetik yoʻnalishlarini yoki navlarini ajratib koʻrsatishadi: Xitoy - Janubiy Xitoydan va ikkitasi hind - Xitoyning Yunnan provintsiyasi va Hindistonning Assam mintaqasidan.

Choy nimadan iborat

Choy ichimligi yoqimli taʼmi va aromati bilan bir qatorda choy barglarida hosil boʻladigan ikkilamchi metabolitlarning biologik taʼsiriga asoslangan koʻplab shifobaxsh xususiyatlarga ega. Ushbu kimyoviy moddalar oʻsimlikning omon qolishiga yordam beradi va maʼlum boʻlishicha, baʼzilari odamlar uchun juda foydali. Avvalo, kofein, katexinlar va L - teanin.

Kofeinning taʼsiri yaxshi maʼlum. Bu kuchli psixostimulyator boʻlib, u bosh ogʻrigʻini yengillashtirish, aqliy va jismoniy koʻrsatkichlarni oshirish, uyquchanlik va tushkunlikni yoʻq qilish, nafas olish va yurak faoliyatini ragʻbatlantirish uchun ishlatiladi. Kofein asosan koʻp miqdorda qora choyda, ulun choyida va oz miqdorda yashil va oq choyda.

Katexinlar - bu polifenol birikmalar, oʻsimliklarga oksidlanish stressini yengishga yordam beradigan kuchli antioksidantlardir va inson tanasida ular hujayralarni vayron qilishga qodir boʻlgan erkin radikallarni zararsizlantiradilar. Yashil va oq choyda qora choyga qaraganda katexinlar koʻproq mavjud boʻlib, ular ichimlikka achchiq taʼm beradilar.

Choy tarkibida toʻrt xil katexin mavjud boʻlib, ulardan eng kuchlisi epigallokatexin gallatidir (EGCG). Bir chashka yashil choyda kofeinga qaraganda koʻproq miqdorda.

L- teanin tabiiy aminokislotadan boʻlib, molekulyar tuzilishida glutaminga oʻxshaydi. Ushbu modda tinchlantiruvchi taʼsirga ega, miya faoliyatini faollashtiradi, kognitiv funktsiyalarni yaxshilaydi, ruhiy tushkunlikni yengillashtiradi, kayfiyatni yaxshilaydi. Ayniqsa L- teanin kofein bilan birgalikda samaralidir.

"L- teanin" deb nomlangan yashil choy ekstrakti bozorda stressni yengillashtiradigan, xotira va oʻrganuvchanlikni yaxshilaydigan ozuqaviy qoʻshimcha sifatida taklif etiladi. Ammo tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, teanin qora choy tarkibida yashil choyga qaraganda koʻproq. Va maksimal miqdor esa, paketchali choyda ekan.

Yashil choy saraton kasalligidan himoya qila oladimi?

Yashil choy boy boʻlgan epigallokatexin gallati antikantserogen xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu apoptozga olib keladi - qoʻshni sogʻlom toʻqimalarni saqlab, oʻsimta hujayralarining oʻz-oʻzini yoʻq qilishi. Olimlar ushbu birikma saraton hujayralari apoptozga qarshi turish uchun biomolekulalarni parchalashda foydalanadigan "proteasoma" deb nomlanadigan ferment kompleksini bostirishini aniqladilar.

EGCG va boshqa choy katexinlari shuningdek toksik AFK molekulalari - saraton hujayralarining oʻsishiga hissa qoʻshadigan reaktiv kislorod turlarining shakllanishiga toʻsqinlik qiladi. Shuningdek, u oʻsimtani kislorod va ozuqa moddalari bilan taʼminlaydigan qon tomirlari shakllanishiga toʻsqinlik qiladi.

Hayvonlarda oʻtkazilgan koʻplab tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, yashil choy ekstrakti saratonni oldini olish uchun juda samarali va oʻsmalar oʻsishini muvaffaqiyatli toʻxtatadi. Ammo bunday eksperimentlarda kaxetinlarning dozasi juda yuqori va inson jigariga xavfli boʻlishi mumkin. Bunga parhezni katexinlar bilan vazn yoʻqotish uchun suisteʼmol qilganlar duch kelishdi.

Garchi hayvonlarda oʻtkazilgan tajribalar natijalari odamlarda juda ehtiyotkorlik bilan tadbiq etilishi kerak boʻlsa-da, ilmiy jurnallarda yashil choy yoki uning baʼzi kimyoviy tarkibiy qismlari saraton kasalligidan himoya qilishi mumkinligi toʻgʻrisida muntazam ravishda maqolalar nashr etilmoqda. Shunday qilib, 1990 yildan 2006 yilgacha 164 mingdan ortiq xitoyliklarning sogʻligʻi holatini kuzatgan 2016 yilda oʻtkazilgan keng koʻlamli tadqiqot shuni koʻrsatdiki, yashil choyni muntazam isteʼmol qilish saraton kasalligidan oʻlim xavfini 8-21 foizga kamaytiradi.

Gollandiyada oʻtkazilgan guruhli tadqiqotda 120 ming odamning sogʻligʻidagi uzoq muddatli oʻzgarishlarni tahlil qilgan olimlar choy ichish saraton, yurak-qon tomir kasalliklari va umuman oʻlim sonini kamaytirishini aniqladilar.

Boshqa tadqiqotlarda tibbiyotchi-olimlari kolorektal saraton, prostata, koʻkrak va teri saratoni bilan ogʻrigan bemorlarda tarkibida katexin bor yashil choy ekstrakti solingan kapsulalarni qabul qilishda oʻsmalarning rivojlanishining sekinlashishini va bunday ekstraktni qabul qilgan odamlarda saratonoldi shikastlanishning kamayishi platsebo-guruhlar bilan solishtirganda pasayishini qayd etdilar.

Choy asablarga qanday taʼsir qiladi

Choyning miya va asab tizimiga taʼsiri asosan L- teanin, aniqrogʻi, undan organizmda hosil boʻlgan ikkita neyromediator - gamma-aminomaslyan kislota (GAMK) va glutamin kislota yoki glutamat bilan bogʻliq. Ularning asab tizimiga teskari taʼsiri tufayli GAMK baʼzan "tormozlovchi kislota", glutamat esa "qoʻzgʻatuvchi" deb nomlanadi.

Ushbu ikki moddaning birlashuvi choyga chinakam oʻziga xos xususiyatlarni beradi - ichimlik bir vaqtning oʻzida tinchlantiradi va quvvat beradi, stress omillariga sezuvchanlikni pasaytiradi, uyquchanlikka olib kelmasdan, aksincha eʼtiborni yaxshilaydi. Shu bilan birga, ikkala birikma ham neyrobiologik jarayonlarni qoʻzgʻatadi va bu jarayonlar, natijada, dopamin - "mukofot gormoni" va serotonin - "yaxshi kayfiyat va baxt gormoni"ni ishlab chiqarilishi bilan yakunlanadi.

Oʻtgan yili yapon neyrobiologlari sogʻlom yoshi kattalarda L-teaninning kognitiv funktsiyaga va stressga chidamliligiga taʼsirini oʻrganishgan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, toʻrt hafta davomida kuniga sakkiz stakan yashil choyga toʻgʻri keladigan 200 milligramm L-teaninni qabul qilinganidan soʻng, sinov oʻtkazilayotganlarda stress va ruhiy tushkunlik darajasini pasaydi, oʻziga boʻlgan ishonch oshdi. Odamlar diqqat va reaktsiya tezligini tekshirishning barcha sinovlarida platsebo-guruhiga nisbatan yaxshiroq natijalarni koʻrsatdilar.

Uyqusizlik va dementsiyaga qarshi kurash

L-teanin uyqusizlikni yengishga yordam berishi, uyqu sifatini yaxshilashi, tinchlantiruvchi vazifasini bajarishi, shu bilan birga bezovtalikni kamaytirishi va boʻshashishga yordam beradi.

Xitoy olimlari isbotladilarki, koʻk choyni uzoq vaqt isteʼmol qilish qarilikda dementsiya va Altsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi. Hayoti davomida kuniga kamida bir piyoladan ichganlar, choyni umuman ichmaganlarga qaraganda 55 yoshga kelib maʼlumotni eslab qolishi va qayta ishlashi yaxshiroq kechadi.

Aynan L-teanin kayfiyat va miya faoliyatini yaxshilashda asosiy rol oʻynaydi. U gematoentsefalik toʻsgʻini oson yengadi va miyaning toʻlqin faolligiga bevosita taʼsir qiladi, bunga esa tabiiy nootrop dorilarning juda oz qismi qodir. Biroq, olimlar uning taʼsiri choyning boshqa muhim tarkibiy qismlari - kofein va katexinlar bilan birgalikda kuchaytirilishini aniqladilar. Demak, tabiat allaqachon biz uchun optimal ichimlik yaratgan.

Kim uzoqroq umr koʻradi

Ilmiy jurnallardagi koʻplab nashrlarga koʻra, kantserogen va psixotrop xususiyatlarga qoʻshimcha ravishda choy boshqa foydali fazilatlarga ham ega. U insult va oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi, qon bosimining keskin koʻtarilishlari bilan kurashishga yordam beradi, diabetga qarshi kurashish uchun hujayra mexanizmlarini ishga tushirib qondagi shakar darajasini pasaytiradi, umrni uzaytiradi.

Yaqinda Xitoy Tibbiyot fanlari akademiyasi mamlakat aholisi oʻrtasida yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini baholashga qaratilgan China-PAR loyihasining natijalarini eʼlon qildi. Boshqa omillar qatorida olimlar choyning inson salomatligiga taʼsirini tahlil qilishdi.

Koʻp yillar davomida bu odatni qoʻllab kelgan choy ichishning doimiy tarafdorlari yurak-qon tomir kasalliklari va insultni olish xavfi 39 foizga kamroq, oʻlimga olib keladigan yurak xastaliklarini orttirish esa 56 foizga kamroq. Va har qanday sababdan oʻlim xavfi - bunday tibbiy atama mavjud - choyni doim ichmagan yoki umuman ichmaganlarga qaraganda 29 foizga past boʻlgan.

Manba: RIA Novosti.

Asosiy mavzular