22:19 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
1211 0 0

"Oʻzbekiston Ekologik partiyasi" raisi Boriy Alixanov Sardoba suv omborxonasidagi asosiy xatarlar, shuningdek, ekspertlar va hukumat komissiyasi aʼzolari tomonidan koʻrilayotgan choralar haqida gapirdi

Sirdaryo viloyatida 1 may kuni Sardoba toʻgʻoni oʻpirilishi yuz berdi. Nafaqat Oʻzbekiston, balki Qozogʻiston janubidagi aholi yashash punktlari suv ostida qoldi. FH yuz bergan hududda tiklash ishlari olib borilmoqda, hukumat komissiyasi tashkil etilgan. Shu bilan bir qatorda qoʻshni respublikaga ham yordam koʻrsatilmoqda.

Boriy Alixanov soʻzlariga koʻra, yetkazilgan zararning aniq miqdori maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi, ammo hozirdan maʼlumki, region ekologiyasiga ziyon yetmasdan qolmagan.

"Ayrim ekin maydonlari suv ostida qoldi, oʻsimliklar zarar koʻrdi, hayvonlar dunyosi ham. Yer masalasiga keladigan boʻlsak, men hodisa joyida boʻldim, holatni oʻrgandim. Biz, ekopartiya vakillari sifatida FH tafsilotlariga oydinlik kiritish ishlarida va zararni hisob-kitob qilish ishlarida ishtirok etyapmiz. Ha, yerlarning qaysidir qismi erroziyaga uchragan, lekin zarar yetmagan va qishloq xoʻjaligida foydalanish mumkin boʻlgan yerlar ham mavjud. Fikrimcha, oqibatlar bartaraf etilgach, audit oʻtkazib, bu singari yerlar kadastrlarini hisob-kitob qilish lozim boʻladi", - deb taʼkidladi ekolog.

Shu bilan birga, Alixanovning aytishicha, kelayotgan yoz mavsumida suv tanqisligi muammosidan qoʻrqmasa ham boʻladi, bahor faslida suv toshqinlari koʻp boʻlgani tufayli, mintaqada namgarchilikda tanqislik boʻlishi mumkin emas.

Ekologning hammasidan ham koʻra bu kabi gidrotexnik inshootlar holati koʻproq havotirga soladi, axir ular istalgan vaqtda minglab odamlar va mamlakat ekologiyasi uchun xavf manbaiga aylanishi mumkin, xuddi Sardobada yuz bergani kabi.

"Asosiysi, bu kabi obʼyektlar mustahkam boʻlishi kerak, ularni barpo etayotganda texnik xatoliklarga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi zinhor. Mamlakatimiz prezidenti ham bejizdan barcha gidroobʼyektlarni ularning barqarorligi va ishonchliligi jihatdan tekshirib chiqish topshirigʻini bermadilar. Aynan shu narsa meni eng koʻp havotirga soladi", - dedi Alixanov.

Bu masalani obdon oʻrganib, yuz bergan hodisa sabablarini aniqlashtirish kerak. Axir - eng muhimi bu odamlar hayoti va sogʻligʻi-ku. Bosh omon boʻlsa, doʻppi topilar, deb bejizga aytmagan dono xalqimiz", - deya xotima qildi "Ekologiya partiyasi" rahbari.

Alixanov oʻzi boshchiligida partiya vaki llari Sirdaryodagi holatni oʻrganishda faol ishtirok etishlarini qoʻshimcha qildi. Toʻliq izohni Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Posledstviya dlya prirodы ot prorыva dambы na Sardobe — mneniye ekologa

Asosiy mavzular