10:29 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
61520

Rossiya harbiy-dengiz floti yana 10ga yaqin yangi suv osti kemalarini qabul qilib olgach, 80 tagacha submarinalarga ega boʻladi. Shu jumladan, "Borey-A" loyihasining ikkita strategik kreyseri, ikkita "Yasen-M" koʻp maqsadli suv osti kemasi  va bitta "Varshavyanka"ga.

"Sevmash" korxonasida bu yil dengizda sinovdan oʻtkaziladigan kemalarni topshirish guruhlari tuzilgan. Bu shuni anglatadiki, iqtisodiy qiyinchiliklar va koronavirus pandemiyasiga qaramay, Rossiya harbiy-dengiz floti (HDF) manfaatlarini koʻzlab ikkita atomli suv osti kemalari guruhi muvaffaqiyatli qurilmoqda.

"Yasen-M" va "Borey-A" submarinalari loyihalari tayyorgarlik darajasi turlicha: "Knyaz Vladimir" HDFga topshirilishga tayyorlanmoqda, "Kazan" sinovlardan oʻtmoqda, "Belgorod" va "Novosibirsk" oʻtgan yili ellingdan (kemani qurishga moʻljallangan inshootdan) chiqarildi. Rossiya tez fursatlarda dunyo okeanining istalgan joyida mamlakat manfaatlarini himoya qilishga va NATOning bir tomonlama harbiy hukmronligiga yoʻl qoʻymaslikka qodir yangi suv osti flotini yaratmoqda. Rossiya HDF oʻz tarkibiga  10 tagacha yangi suv osti kemalarini qabul qilib, 80 tagacha submarinalarga ega boʻladi. Shu jumladan, "Borey-A" loyihasining ikkita strategik kreyseri, ikkita "Yasen-M"koʻp maqsadli suv osti kemasi  va bitta "Varshavyanka"ga. Taʼkidlab oʻtaman, suv osti kemalari insoniyatning eng murakkab va mukammal qurolidir.

Rossiya Federatsiyasining strategik suv osti kuchlarini yangilash - yadroviy jilovlash va milliy xavfsizlikni taʼminlashning asosidir. 12-may kuni Severodvinskdan Oq dengizga davlat dengiz sinovlari uchun yoʻl olgan raketali strategik suv osti kreyser(RPKSN) Rossiyaning oʻsib borayotgan mudofaa salohiyatini namoyon qilmoqda. Bir necha kun davomida oʻtkaziladigan barcha tizimlar va imkoniyatlarning suv usti va osti holatida toʻliq tekshiruvidan soʻng, kemaning Shimoliy flotga kiritilish sanasi aniqlanadi. Sinovlarning asosiy qismini, shu jumladan, raketalardan oʻt ochishni, "Borey-A" loyihasining bosh kemasi boʻlgan "Knyaz Vladimir" RPKSN 2019 yil oxirida oʻtgan.

Toʻrtinchi avlod

Rossiya dengiz floti allaqachon uchta strategik "Borey"ga ega: "Yuriy Dolgorukiy", "Aleksandr Nevskiy" va "Vladimir Monomax". Bu seriyada bosh kema "Yuriy Dolgorukiy" raketa tashuvchisi boʻldi (Shimoliy flot tarkibiga 2013 yilda qoʻshilgan). Dastlabki uchta kemaning har biri oʻz shaxtalarida 16dan "Bulava" qitʼalararo ballistik raketalari (MBR)ga ega, keyingilari koʻproq raketalarga ega boʻlishi mumkin (xususiyatlari oshkor etilmagan). Eslatib oʻtaman, Rossiya Mudofaa vazirligi HDFga qoʻshimcha ikkita Borey-A 955A raketa tashuvchisini yetkazib berishni rejalashtirgan, va shuning bilan seriya 8 tadan 10 ta kemagacha koʻpaytiriladi.

Toʻrtinchi avloddagi oʻnta strategik suv osti kemalari (uchta "Borey" va yettita "Borey-A") yaqin oʻn yilliklar davomida Rossiya yadro triadasining dengizdagi asosi boʻlib qoladi, kamida 160 "Bulava" raketalarini oʻz ichiga oladi, bu har biri 100-150 kilogramm boʻlgan 1600 dona boʻlinadigan jangovar kallacha degani. Raketaning harakatlanishi maksimal radiusi - 8000 kilometr. "Bulava" dushmanning raketaga qarshi mudofaasini chetlab oʻtishning zamonaviy tizimi, yuqori tezlik va manevrlilikka, quvvatli qattiq yoqilgʻili dvigatel, kichik hajm va boshqa dengizda joylashgan mukammal qurolga munosib hususiyatlarga egadir.

Kuchlar muvozanati va davlat manfaatlarini himoya qilish uchun ehtimoliy dushmanning suv osti raketa tashuvchilarining koʻp maqsadli "ovchilari" ham muhimdir (ularning vazifasi jangovar patrul hududida AQSH suv osti kemalari va NATOning boshqa yadroviy davlatlarini kuzatib borishdir). Takomillashtirilgan qilingan "Yasen-M" loyihasining birinchi seriyali koʻp maqsadli "Novosibirsk" suvosti kemasi 2019 yil oxirida suvga tushirildi. Tez orada "Novosibirsk" HDF tarkibiga kiritiladi. Rossiya floti ushbu seriyadagi 7 ta kemani oladi.

"Yasen-M" loyihasining suv osti kemalari minalar, 533 millimetrlik torpedalar, "Kalibr" va "Oniks" qanotli raketalari, shuningdek, gipertovushli "Tsirkon"lar bilan qurollangan. Bortida radioelektron qurollarning mukammal majmualari mavjud. 13800 tonna suv hajmiga ega ushbu turdagi kam seziladigan koʻp maqsadli suv osti kemalari 520 metr chuqurlikka shoʻngʻishga qodir. Avtonom xolatda turish - 100 kun, suv osti tezligi - 31 uzel. Ekipaj 64 kishidan iborat. "Yasen"loyihasining buyuk xususiyatlari haqida quyidagilar dalolat beradi: Atlantika okeanidaAQSH harbiy-dengiz kuchlari bir necha hafta davomida Rossiyaning "Severodvinsk" suv osti kemasini topa olmagan. Xizmatning xususiyatlari ana shunday.

Belgilangan vaqtda, suv osti kemasi dengizga chiqadi va shoʻngʻish joyida hech qanday iz qoldirmaydi. Ekipaj xato qilishga haqqi yoʻq va katta chuqurlikda, quyosh nurlarini koʻrmay, ob-havo oʻzgarishini sezmasdan shiddatli xizmatni oʻtaydi. Nafas olish uchun havoni regeneratsiya tizimi taʼminlaydi. Qoʻyilgan vazifa bajarilganidan soʻng, suvosti kemasi xuddi shu shungʻish nuqtasida yuzaga chiqadi, baʼzan bir necha oylar oʻtgach. Bu strategik va koʻp maqsadli suv osti kemalarining afzalliklari uchun muqarrar toʻlovdir: yashirinlilik, ob-havoga qaram boʻlmaslik, dunyo okeanining istalgan qismida jangovar operatsiyalarni bajarish, shu jumladan Arktik muzining ostidan raketa hujumlari.

Bugungi kunda Rossiya beshinchi avlod yadro suv osti flotiga asos solmoqda. Buning uchun qurollar turi yangilanmoqda, maqsadli belgilash, aloqa va boshqarishning ilgʻor vositalari, shuningdek avtomatlashtirilgan razvedka tizimlari joriy qilinmoqda. Beshinchi avlod atomli suv osti kemalarining loyihalash HDFning asosiy talablariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda - yashirinlikni sezilarli darajada oshirish va qurol tizimini mukammallashtirish. Dushman ritorikasining kuchayib borishi va Gʻarbning qoloq, tushkunlikka tushgan "benzokolonka-Rossiya" qiyofasini shakllantirishga urinishlariga qaramay, Rossiya Federatsiyasining koʻplab texnologik choʻqqilari boshqa mamlakatlar uchun yetishib boʻlmasdir.

Gʻarbning gʻazabi

Amerika mutaxassislari Rossiya "bortida qitʼalararo ballistik raketalarga ega 955A "Borey" loyihasining gʻayrioddiy imkoniyatlari bor, yadroli suv osti kemalarini qurayotganini" tan olishga majbur. The Drive nashri "Knyaz Vladimir" RPKSNning eʼlon qilingan xususiyatlari, shovqinni sezilarli darajada kamaytiradigan va suv osti kemasini samaradorligini oshiradigan konstruktorlik yechimlari haqida tashvish bildiradi. OAV maʼlumotlariga koʻra, "Borey" loyihasi kreyserining qurilish qiymati 400 million dollargacha yetadi. Taqqoslash uchun, AQShning koʻp maqsadli Virginia suv osti kemasi Pentagonga 2,5 milliard dollarga tushadi. Shu bilan birga, toʻrtinchi avlodli Virginia shu qadar shovqinli va nomukammal boʻlganki, jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajara olmaydi (maxfiylikni yoʻqotish suvosti kemasi uchun halokatli).

Rossiya HDFda yangi "Knyaz Vladimir" strategik raketa tashuvchisining paydo boʻlishi amerikaliklar va ularning ittifoqchilari tomonidan javob berib boʻlmaydigan mushkullik sifatida qabul qilinadi. Dunyo okeanida yangi gidroakustik tizimlarini (SOund SUrveillance System tizimiga oʻxshash) rivojlantirishni moliyalashtirishga ehtiyojni paydo qiladi(bu juda qimmat va dushmanni 100 foiz aniqlab olish kafolatini bermaydi). Ammo, "Borey"ga jangovar topshiriqni bajarish uchun okeandagi suvosti kemalariga qarshi toʻsiqlarni kesib oʻtishga hojat yoʻq - "Bulava" KBR oʻzining pirslaridan ham uchirilishi mumkin.

AQShda "Yasen" loyihasi yaxshigina maʼlum va hom-xayollarga berilishmayaptilar. Nufuzli The National Interest nashri "Severodvinsk" atomli suv osti kemasi yadro yoki odatiy variantdagi 32 dona 3M-14K "Kalibr" qanotli raketalari bilan qurollanganligini va bu raketalar 2500 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtishga qodir ekanligini maʼlum qildi. "Yasen" sinfidagi suv osti kemalari yuqori tezlikka eka, oʻta shovqinsiz, juda sezgir sensorlar bilan jihozlangan, shuning uchun ular "AQShning asosiy hududiga tahdiddir ". Bundan tashqari, Amerika nashri "Severodvinsk" va "Kazan" Amerikaning sharqiy sohillaridan 1000 kmgacha yaqinlashib, "Buyuk koʻllar, Chikago yoki Sent-Luisda joylashgan nishonlarga"Severodvinsk" i "Kazan" zarba berishi mumkinligini taʼkidlaydi. Nima sababdan Rossiyaning koʻp maqsadli suv osti kemalari AQShning quruqlikdagi nishonlariga zarbalar berishlari kerakligi tushuntirilmadi.

Nima boʻlganda ham loyihaning "ovchilari" asosan dushmanning aviatashuvchi hujum guruhlarini hamda tashuvchisiga asoslangan hujum guruhlarini va "Ogayo" (har birida 12 tagacha 475 kilotonnlik W88 yadroviy kallacha oʻrnatilgan UGM-133 "Traydent" II D5 tipidagi 24 ta ballistik raketalar bilan qurollangan) tipidagi strategik suv osti raketa tashuvchilarini yoʻq qilishga qaratilgan.

Zamonaviy rus strategik suv osti kreyserlari va koʻp maqsadli suv osti kemalari dushmanning muqarrar yoʻq qilinishi uchun yaratilgan va okeanlarda mavjudligining oʻzi bilan mamlakatni himoya qiladi. Rossiya dunyoning istalgan burchagida milliy manfaatlarni ishonchli himoya qilishga qodir boʻlgan HDFni kuchaytirishda davom etmoqda. Rossiyaning oʻsib borayotgan mudofaa potentsialidan Shimoliy Atlantika alyansidagi "hamkorlar" qaygʻuda, ammo ular ehtimoliy harajatlarni hisoblab chiqishni yahshigina biladi va bu jihat bizning koʻp qutbli dunyoimizning nisbatan barqarorligini kafolatlab turadi.

Asosiy mavzular