11:20 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Analitika
Havola olish
727 0 0

Bu ikkita yadroviy derjava harbiy qudratini cheklab turuvchi soʻnggi hujjat edi. Xalqaro xavfsizlik tizimining barbod boʻlishi dunyoga qanday xavf soladi - RIA Novosti materialida oʻqing.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik, Andrey Kots. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning soʻzlariga koʻra, Oq uy SNV-3, strategik hujum qurollarini qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomani uzaytirmaslikka uzil-kechil qaror qildi. Bu ikkita yadroviy derjava harbiy qudratini cheklab turuvchi oxirgi hujjat edi. Xalqaro xavfsizlik tizimining barbod boʻlishi dunyoga qanday xavf soladi - RIA Novosti materialida oʻqing.

Xitoyni qoʻshish

Jurnalistlar bilan suhbatda TIV rahbar SNV-3 uzaytirilmagani tufayli vahimaga tushishning hojati yoʻq — Rossiya hatto usiz ham oʻziga xavfsizlikni kafolatli taʼminlashga qodir. Ammo shunday boʻlsada, bu shartnoma juda muhim edi. SNV-3 bitimi Rossiya va AQSH prezidentlari Dmitriy Medvedev va Barak Obama tomonidan 2010 yilning 8 aprelida tuzilgan. Hujjat 2011 yilning fevral oyida kuchga kirgan, uning muddati 2021 yilda oʻz nihoyasiga yetadi.

Bitim Rossiya va AQSH arsenallaridagi yadroviy boyezaryadlarni 1550 donaga, mintaqalararoaro ballistik raketalar, suv osti kemalari ballistik raketalari va ogʻir bombardimonchilar sonini 700 donagacha qisqartirishni koʻzda tutardi.

SNV-3 SNV-1 muddati tugaganidan soʻng roppa-rosa bir yil oʻtgach imzolangan. Agar, 2010 yilning birinchi yarmida bitim uzaytirilishiga shubha qilganlar oz boʻlgan boʻlsa, Oq uyga Donald Tramp kelishi bilan holat keskin oʻzgardi.

Amerika yetakchisi SNV-3ning kelgusida barham topmasligi shartlaridan biri sifatida undagi Xitoyning ishtirokini aytib oʻtdi. XXR TIV qurol-aslahalar ustidan nazorat departamenti direktori Fu Tsun bu ikkita holatda roʻy berishi mumkinligini aytdi: Xitoy yadroviy arsenalini AQSH darajasiga qadar oshirganida yoxud Vashington oʻz yadroviy arsenalini qisqartirganida.

Pekin boshqa variantlarga rozi boʻlmaydi, sababi bu yerda strategik salohiyatlardagi ulkan tafovut hisobga olinmayapti.

Vashington tomonidan ilgari surilgan yana bir shart  esa Moskvaga maʼqul emas. Iyul oyi boshida AQSH prezidentining qurol-aslahalar ustidan nazorat boʻyicha maxsus vakili Marshal Billingsli "Burevestnik" raketalari hamda "Poseydon" dronlari loyihalarini "dahshatli" deb atagan va ular SNV-3 cheklovlariga tushmayotgani bois, ularni yopishga chaqirgan edi.

Amerikaliklar bundan oldin ham Rossiyaning eng soʻnggi qurol-aslahalari, jumladan, kemalarga qarshi noyadroviy gipertovushli "Tsirkon" raketalariga ham cheklov qoʻyishni talab qilishgan.

"Bu AQShda jahon yetakchiligini saqlab qolishda yadroviy shantajdan boshqa richaglari qolmayotganidan dalolat beradi, — deya tushuntiradi RIA Novostiga harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov. — Iqtisodiy tomondan ular bir qancha yoʻnalishlar boʻicha Xitoydan, qator harbiy texnologiyalar boʻyicha esa (masalan, gipertovushdan) - Rossiyadan ortda qolmoqda. Shu bois ham ular bizni eng soʻnggi ishlanmalardan voz kechishga undashga harakat qilishmoqda. Biz bunday hiylalarga berilmasligimiz kerak".

Murosasiz pozitsiya

Sergey Lavrovga koʻra, Rossiya AQShni kelishuvni uzaytirishga koʻndirishga harakat qilmaydi. Garchi Moskva hamisha muayyan yon berishlarga borishga tayyor boʻlgan boʻlsada.

Vazirning soʻzlariga koʻra, amerikaliklar bilan SNV-3 doirasida Rossiyaning eng yangi ikkita strategik tizimlari sonini ular toʻliq oʻrnatilgandan soʻng cheklash imkoniyatlari muhokama qilingan.

Gap gipertovushli rejalashtiruvchi "Avangard" jangovar kallaklari va "Sarmat" - ogʻir mintaqalararo ballistik raketalari haqida bormoqda. 

"Qolgan uchta tizimga keladigan boʻlsak ("Burevestnik" qanotli raketasi, "Poseydon" suvosti droni va gipertovushli "Tsirkonlar") - tahr.), ular yangi boʻlib, SNV-3 taʼsir qiladigan kategoriyalarga kirmaydi, — deb qayd etdi Lavrov. — Ammo biz amaldagi bitim nuqtai-nazaridan klassik qurol-aslaha sanalmagan qurol-aslahalar munozara predmetiga aylanishi haqida muloqotni boshlashga tayyormiz".

Umuman olganda, Qoʻshma Shtatlar javoban yon bosishlari ehtimoli kam. Vashington koʻplab marotaba murosasiz bayonotlar bilan chiqish qilgan: "Yoki sizlar soʻzsiz bizning shartlarimizga koʻnasiz, yoki biz shartnomadan chiqamiz".

Koʻrinib turibdiki, na Rossiya, na Xitoy oʻz milliy manfaatlarini chetga surgan holda amerikaliklar eʼtirozlariga rozi boʻlishni istamayapti. Mutaxassislar fikricha, SNV-3 shartnomasi uzaytirilishi imkoni deyarli yoʻq. Bu esa, xalqaro xavfsizlik tizimi toʻlaligicha oʻzgaradi, deganidir.

Son oʻrniga sifat

"Agar harbiy sohadagi xalqaro xavfsizlik tizimi haqida gapiradigan boʻlsak, tan olish joizki, u allaqachon yoʻq hisob, - deya fikr bildiradi "Arsenal Otechestva" jurnali bosh redaktori Viktor Muraxovskiy. — Bu tizim SSSR va AQSH, soʻngra Rossiya va AQSH oʻrtasidagi bitim tufayli mavjud edi. Bu amerikaliklar ratifikatsiya qilmagan raketalarga qarshi mudofaa, RSMD, yadroviy sinovlarni oʻtkazishga boʻlgan umumiy taʼqiq shartnomalaridir. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik shartnomasi, shuningdek, uni bir qismi boʻlgan - Yevropadagi odatiy qurolli kuchlar haqidagi shartnoma ham AQSH tufayli yakun topdi. Sovuq urushning ziddiyatli mojaroli holatlarida puxtalik bilan qurilgan tizim Vashington tashabbusi bilan barbod qilindi".

Ekspert hozirda amalda boʻlgan SNV-3dan tashqari, raketa texnologiyalari ustidan nazorat rejimi toʻgʻrisidagi shartnoma qolganini aytib oʻtdi. Ammo bu hujjatni ham amerikaliklar oʻziga qulay qilib boʻysundirtirmoqchi. Iyun oyida Reyter agentligi harbiy-sanoat kompleksi va mamlakat rahbariyatidagi manbalariga tayangan holda, Oq uy turli davlatlarga koʻproq harbiy dronlarni sotish maqsadida kelishuv nizomlarini qayta koʻrib chiqishga taraddudlanayotgani haqida xabar bergan edi.  Bu bitimning boshqa ishtirokchilariga maʼqul kelishi amrimahol.

"Taassuf bilan aytish mumkinki, endilikda hammasini boshidan loyihalashtirishga toʻgʻri keladi, — deydi Muraxovskiy. — Bizning prezident ushbu masalani muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik kengashining doimiy besh aʼzosi uchrashuvini oʻtkazish tashabbusini ilgari surdi. Ehtimol, yadroviy qurol-aslahalarni cheklash boʻlmasada, ular ustidan nazorat oʻrnatish haqida xalqaro kelishuvga kelish kerakdir. Ammo Vashington va London siyosati va pozitsiyasiga qaraganda, bu tashabbus istiqboli minimaldir".

Ekspertning taʼkidlashicha, u Rossiya va AQSH yana yadroviy kallaklar va ularni yetkazib berish vositalarini koʻpaytira boshlagach, qurollanishning yangi "miqdoriy" poygasi yuzaga keladi, deya hisoblamaydi. Ammo strategik qurollanish sohasidagi texnologik ustuvorlik uchun kurash juda qizgʻin kechishi hozirdan ayon.

Asosiy mavzular