16:01 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
333 0 0

Yevropa Ittifoqida navbatdagi inqiroz hukm surmoqda va u anchagina jiddiy. Pandemiya, ayniqsa YEIning shundoq ham zaif aʼzo-davlatlariga ancha qattiq taʼsir qildi.

TOSHKENT, 21 iyul – Sputnik. Sofiya Melnichuk. Yevropa Ittifoqida navbatdagi inqiroz hukm surmoqda va u anchagina jiddiy. Pandemiya iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazdi, ayniqsa YEIning shundoq ham zaif aʼzo-davlatlariga ancha qattiq taʼsir qildi. Biroq, baquvvatlar yordam berishga shoshilmayaptilar - byudjet haqidagi munozaralar tupikga kirib qoldi. Nega boylar boʻlishishni xohlamayaptilar, buni RIA Novosti oʻrgandi.

Byudjet oʻtmaydi

YEI sammitlari tinch Bryusselni doim jonlantiradi. Odatda mehmonxonalar toʻlib ketgan, markaziy koʻchalar yopilgan, muxbirlar koʻp, hamma joyda politsiyachilar, besh yil oldin tashkilotning qarorgohi koʻchib oʻtgan va yigʻilishlar oʻtkaziladigan “Yevropa” binosida yurib boʻlmaydi.

Ammo koronavirus tadbirlar jadvaliga jiddiy oʻzgartirishlar kiritdi. Hamma niqob taqqan, qoʻl siqishlar yoʻq, bitta ham jurnalist yoʻq - matbuotga ruxsat berilmadi.

Ajratilgan ikki kun (17 va 18 iyul) sammitga yetmadi. Uchinchi va toʻrtinchi kunida ham yigʻilishga toʻgʻri keldi. Ammo behuda: qarama-qarshiliklar hamon hal qilinmadi.

Trillionlar taqdiri

Yevroittifoq yetakchilari 2021-2027 yillarga moʻljallangan byudjet boʻyicha, shu jumladan koronavirus taʼsiriga uchragan mamlakatlar iqtisodiyotini tiklashga koʻmaklashish boʻyicha kelisholmayaptilar. Gap 1,82 trillion yevro miqdoridagi mablagʻlar haqida ketmoqda.

“Kecha (yakshanba - tahr.) baʼzida hammasi yomonday tuyulardi, ammo oʻylamanki, umuman olganda, oldinga siljishga erishdik”, - dedi jurnalistlarga Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte. Shu bilan birga ogohlantirdi: natija hozircha boʻlmasligi mumkin.

Germaniya kantsleri Angela Merkel kayfiyati ham optimistik emas edi. Shanba kuni ehtiroslar shu qadar qizidiki, frau va Emmanuel Makron binoni tark etishdi. Frantsiya yetakchisi, OAVlar yozishicha, dushanba kuni yana bir demarsh bilan tahdid qilgan.

Yevropa Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan beri eng koʻlamli retsessiya ehtimoliga yuz tutmoqda. Prognozlarga koʻra, YEI iqtisodiyoti bu yil 8,3 foizga qisqaradi. Biroq, “xasis toʻrtlik” deb ataladigan Niderlandiya, Avstriya, Daniya va Shvetsiya Bryusselning pandemiyadan eng koʻp zarar koʻrgan mamlakatlarga 750 milliard yevrolik paketdan 500 milliard yevroni qaytarish shartisiz ajratish rejasiga qarshi chiqmoqda.

Mablagʻlarni shunchaki berib boʻlmaydi, mablagʻlar maqsadli sarflanishi uchun ularni kredit sifatida berish kerak, deb hisoblaydi “toʻrtlik”.

Bunga qoʻshimcha ravishda, Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte muhtoj davlatlardan oʻz iqtisodiyotlarini isloh qilish rejasini taqdim etishni talab qildi. Italiya va Ispaniya bunga qarshilik bildirishdi. Natijada muzokaralar sammitning birinchi kunidayoq tupikga kirdi.

Reuters manbalarining maʼlum qilishicha “bu barcha tartibsizliklar” uchun Ryutte maʼsul. Italiyaliklar va ispaniyaliklar bu siyosatchiga anchadan beri tishini qayrashadi, ular uni “janob “Yoʻq, yoʻq, yoʻq” deb atashadi.

Tanqidchilar Niderlandiyaning boshqalarga qaraganda katta savdo profitsitiga ega ekanligiga ishora qiladilar, shuning uchun mablagʻlarni sarflashni xohlamasligini sababi yoʻq. Amsterdamda takror va takror taʼkidlashadi: farovonlik – keskin mehnat axloqining natijasidir va bu hatto pensiyaga chiqish yoshi past boʻlganlar bilan pul boʻlishish kerakligini anglatmaydi.

Ichki siyosiy vaziyat ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi: kelasi yil Niderlandiyada saylovlar va Mark Ryuttening Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi yevroseptiklar bilan ovozlar uchun raqobatlashishi kerak.

“Oxir oqibat, YEIning barcha aʼzolari oʻz saylovchilari oldida javobgardir va biz Yevropaning oʻziga xosligi shakllanmayotganini, va bunday ogʻir vaziyatda esa jiddiy muammoga aylanayotganini kuzatmoqdamiz”, - dedi RIA Novosti” bilan suhbatda RFA Jamiyatshunoslik fanlari boʻyicha ilmiy maʼlumotlar instituti direktori v.v.b. Aleksey Kuznetsov.

Karantin iqtisodiyotga jiddiy taʼsir koʻrsatdi va kim toʻlaydi degan savol tugʻilishi tabiiy. “Qiyinchilik shundaki, YEI uzoq muddatli moliyaviy istiqbolga ega, bu boradagi munozaralar doimo tupikga kirib qolmoqda, garchi oxir-oqibat ular murosaga albatta kelishadi”, - deb davom etadi Kuznetsov. Uning eslatishicha, 2014-2020 yillarga moʻljallangan byudjet ham yevro hududidagi inqiroz fonida qabul qilingan.

“Fojiaga albatta yoʻl qoʻyilmaydi. Biz YEI har doim kelisha olishini tushunamiz, hech qanday falajlik roʻy bermaydi, - deya xulosa qiladi suhbatdosh. - Yevroittifoq juda barqaror, ammo u toʻlqinsifat rivojlanmoqda, yevroseptitsizm esa kuchayib bormoqda”.

Demokratiya yoki pul

Biroq, ular nafaqat mablagʻlar haqida, balki maʼnaviy jihatlar haqida ham bahslashmoqdalar. “Biz bir narsani aniq aytishimiz kerak, agar kelishuv toʻhtatiladigan boʻlsa, bu mening aybim emas, balki niderlandiyalik yigitning aybi boʻladi, chunki buni aynan u boshladi”, - dedi yakshanba kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban. U Niderlandiya delegatsiyasini dotatsiyalar evaziga liberal qadriyatlarni singdirishda aybladi.

Vengriya, shuningdek, Sloveniya va Polsha ham Bryusselning siyosiy bosimidan norozi. Gap shundaki, Budapesht va Varshavani doimiy ravishda YEIning mafkuraviy tamoyillarini buzishda ayblashadi.

Masalan, qayta saylangan Polsha prezidenti Andjey Duda oʻziga, gomoseksualizm kommunizmdan ham yomonroq ekanligini taʼkidlashga yoʻl qoʻyadi. Uning “Qonun va adolat” partiyasi esa sudlarning mustaqilligini cheklashga harakat qilmoqda.

Orban esa mart oyida qabul qilingan, mamlakatni parlamentni chetlab oʻtib boshqarish toʻgʻrisidagi qonuni uchun tanqid qilingan. Umuman olganda, u oʻzining avtoritar qiliqlari uchun Bryusseldan tez-tez dakki yeb turadi.

"Bunda gap nafaqat ushbu mamlakatlarning ichki ishlari xaqida ketmoqda, balki ularning YEI tashabbuslariga nisbatan munosabati bilan ham bogʻliq”, - deydi Natalya Yeryomina, siyosiy fanlar doktori, Sankt-Peterburg DU professori. – Vыshegrad guruhi (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya) migrantrlar uchun kvotalarga qarshi chiqqan, Bryussel qarorlariga toʻsqinlik qilgan. Moliyaviy yordamlarni qayta hisoblashdan bosh tortmoqda, byudjet intizomiga rioya qilmaydi”.

Shu bilan birga, Polsha Yevroittifoqda eng koʻp dotatsiyalanadigan davlatlardan biri hisoblanadi, va Vengriya ham dotatsiyalarga jiddiy bogʻliq, deydi ekspert.

“Shuningdek, suverenitet tushunchasi ham mavjud: baʼzi davlatlar milliy manfaatlarni Yevropa manfaatlaridan ustun qoʻyishadi, bu esa integratsiyaga toʻsqinlik qiladi. Bryusselda esa hech qanday maxsus taʼsir dastaklari yoʻq. Yigʻilishlarda qatnashish taqiqlanishi mumkin, ammo ular bunga amal qilmasliklari mumkin”, - deydi Yeryomina.

Uning soʻzlariga koʻra, Bryussel muhtojlarga pul bermay qoʻymaydi: bu oxir oqibat YEIni iqtisodiy guruhlarga tamomila ajratib qoʻyadi. “Boʻlinish muqarrar, ammo ular buni ochiqchasiga maʼlum qilishga jurʼat etolmayaptilar. Vaziyatni boʻlinib ketayotgan non boʻlagi ustiga yogʻni tekkiz surtib chiqishga urinish bilan taqqoslasa boʻladi - bu ish bermaydi”, - deya xulosa qiladi mutaxassis.

Shubhalanishga hojat yoʻq: Yevroittifoqdagi qizgʻin munozaralar bu safar ham tinchiydi. Inqirozlar tez-tez roʻy beradi, yevroseptiklar avjida. Va YEIning yaxlitligiga yaqin kelajakda tahdidlar ham mavjud emas.

Asosiy mavzular